Bolaning ijtimoiylashuvi va shaxs sifatida shakllanishida monologik va dialogik nutqning ahamiyati



Yüklə 34,36 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü34,36 Kb.
#168738
1   2   3
Yuldasheva Yoqutjon

1-topshiriq. “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rovojlantirishda madaniyatli nutqni shakllantirishning ahamiyati” mavzusida esse yozing.
Bola ulgʻayar ekan, unda soʻzlashishga ehtiyoj paydo boʻla boshlaydi, - deydi Farahnoz Begmurodova. - Dastlab atrofdagilarini taniydi, eshitgan soʻz va jumlalarini asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Tilga kirgach esa uning soʻz boyligi jadal oʻsadi. Oddiy soʻzlar, keyinchalik sodda gaplardan va toʻliq, yoyiq gaplardan foydalanadi. Dialogik nutq oilada, ota-ona, aka-opalar davrasida vujudga keladi. Oʻziga kerakli narsani soʻrash uchun harakat qiladi, muloqotga kirishadi. Maktabgcha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda oldindan tayyorlangan mavzularda suhbatlar, teatrlashtirish usullari, sahnalashtirish o‘yinlari, savol-javoblar juda foyda beradi.
Ta’kidlash joizki, bola uchun katta yoshli odam savollarga javob topishning yagona vositasi, qiziqarli taassurotlar manbai hisoblanadi. Bola kattalar bilan dialogga kirishishga, narsalar va oʻyinchoqlarga egalik qilishga intilarkan, u ushbu maqsadlarga erishish uchun soʻzdan foydalanishga ehtiyoj sezadi, bа’zida oʻzi tashabbus koʻrsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishish jarayonida bolaning bir soʻzli fikrlarini grammatik jihatdan toʻliq shakllantirilgan soʻzlarga aylantirish orqali uning kamchiliklarini tuzatadi. Bola o‘rganganlarini faol oʻzlashtiradi va undan oʻz nutqida foydalanadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda uning ota-onasi, aka-opalari va tarbiyachilarining hissasi katta
Bola kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’ulari, o’zaro muomala va muloqotga kirishish xususiyatlari, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik sifatida aks etgirish maqsadida turli xil o’yinchoqlar va ularning vazifasini o’tovchi narsa-buyumlardan keng foydalanadi. U mustaqil ravishda o’ynayotganda nutqiy faoliyat orqali muloqotga kirishish xususiyatini yuzaga chiqaradi. Muxlisa Mullajonova (3 yoshu 9 oy) o’yin chog’ida doimo onasi
tomonidan o’ziga nisbatan aytilgan so’zlar bilan o’yinchoq quyonchasiga,
qo’g’irchoqlariga murojaat qiladi. Hilolaxon Erkinova (5 yoshu 8 oy) esa qish
faslida bog’chaga ketishdan oldin uyda yasatilgan archaning oldiga borib, Xayr,
archa - deb u bilan xayrlashadi. Sarvarbek Umarov (3 yoshu 10 oy) nutqida ham
yuqoridagi kabi misollarni ko’plab kuzatish mumkin. U uxlashdan oldin ‘Mikki
Maus’ o’yinchog’iga: Xayr, yaxshi uxab tuy - deb xayrli tun tilaydi.
Albatta, bunday holatlarda bola jismlarga ijtimoiy mazmun ifoda etuvchi
voqelik sifatida yondashadi. Ushbu fikrga dalil sifatida Hayrulla Hamdamov (3
yoshu 10 oy) nutqida uchragan quyidagi misolni keltiramiz. U o’yin jarayonida
velosiped minib yurib, oyog’i bir oz toliqib qolganidan so’ng shunday deydi:
Velsapetim charchab ketti, garajga oborib ko‘yaman-da, charchab bo‘sa
haydab ketaman
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda
umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson
madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi.
– Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha
yoshga to‘g‘ri keladi.
– Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi,
uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.
– Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarakatrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari
orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga
tayanib bilib oladi.
– Bola nutqini rivojlantirish’ hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur



  1. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta imloviy xato qilgan bo‘lsa, 3, 4 ball qo‘yiladi.

  2. Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 1, 2 ball qo‘yiladi.

  3. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.

  1. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘raladi.

  2. Topshirish muddati: _30.10.2023. Soat: 23:59.

  3. Omad tilayman!!!




Yüklə 34,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin