Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Yüklə 326,49 Kb.
səhifə8/91
tarix05.12.2022
ölçüsü326,49 Kb.
#72420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi

Kognitik psixologiya.
Bu ham zamonaviy psixologiyaning yangi maktablaridan biridir. U intellektualizm natijasida paydo bo’lgan insoniyat qobiliyatlari va atrof muhitga moslashuvi yashash uchun kurashini o’rganuvchi yo’nalishdir. Bu yo’nalishning boshlang’ich ildizlari gestalistlar fikrlariga borib taqaladi.[14]
This new school of contemporary psychology is the result of the wave of intellectualism demonstrating faith in the higher cognitiveabilities and capacitiesof human beings for his adaptation to his environment and struggle for perfection. The roots of this psychology may be discovered in the cognitive outlook of the gestalists who advocated an overall mental functioning by bringing the idea or Gestalt and insight in place of a molecular and mechanistic approach for the study of human behaviour.
Kognitik psixologiya insoniyat tafakkuri, xotirasi, nutqi, rivojlanishi, qabul qilishi kabi xususiyatlarini o’rganadi.Kognitiv psixologiya bixevioristlar yondashuvi mutlaqo qarama qarshi turadi.
Shu tarzda,Kognitik psixologiya ruhiyat mexanizmining ishlash tizimini tushintirib beradi. Bu ttizimda barcha ta’sirlar, atrof-muhit ta’siridan kelib chiqadi.
Inson onggining kognitik funksiyasi, misli bir uning ishlab chiqariluvchi mahsuloti sifatida ish yuritadi.
Kognitik psixologiya kundan-kun mashxur bo’lib bormoqda. Edvard Tolmen kognitik psixologiyasining asoschilaridan biri bo’lib, bu borada ko’plab bilim va malakaga ega bo’lgan. U ongli organizmlarning ruhiyatidagi muammolarni yechishda mana shu organizmlarning aqliy gipoteza yordamida topishga harakat qilgan. Keyin uni amalda qo’llashga va uni tekshirib ko’rishga hrakat qilgan.
Shveysariyalik psixolog Jan Piaje , u kognitik psixologiya bo’yicha eng taniqli shaxslardan biri bo’lgan . U bolalarda kognitik psixologiyaning ta’siri va funksiyalarini o’rgangan. U bolalarning biologic tayyorgarligiga qarab iqtidorlarining rivojlanishi bosqichlarini aniqlagan.
Qisqacha xulosa.
Psixologiya fanining rivojlanish evolutsiyasi tarixdan o’rganish oson va u o’z navbatida 3 qismga bo’linadi:

  1. Ilmiy davri,

  2. Imiy va zamonaviy davri,

Zamonaviy davri.
Ilmiy psixologiya (o’n to’qqizinchi asrning o’rtalariga qadar davom etgan) uning dalillari quyidagilar:
1.Inson ruhiyati -ma’lum bir qadimgi irimlarga ko’ra insoniyatga aloqasi bo’lmagan, noreal borliq sifatida tushinilgan,ya’ni planeta va iblis, ruh va boshqa g’ayritabiiy kuchlar bilan ta’riflangan.
2. Suqrot, Platon , Aristotel kabi faylasuflar nuqtai nazari bo’yicha irimlarning hayotdagi ma’nosini tugatish kerak edi. Aynan shuni o’zgartirish uchun 17 asrda yetakchi psixologlar tomonidan falsafa asoslari paydo bo’lib, renessans davrida Dekardning dualiz, empirizm kabi tushunchalari paydo bo’ldi. [15]
The age of pre-scientific psychology (stretched upto the middle or the 19th century) witnesses the following trends:
(i) In the earliest of superstitions causes and forms of humanbehaviour were being located in something outside the human being i.e., planets or demons, spirits. and other Supernatural powers.
(ii) Subsequently, philosophers like Socrates, Plato and Aristotle etc., with their philosophical viewpoints tried to do awaywith the evils of superstition. Specially alter the renaissance in the 17th century there emerged quite a dominating philosophical basis of behaviour in the philosophies like dualism propagated by Descartes and empiricism advocated by JohnLocke and Kant.
3. O’n to’qqizinchi asrda Lokk nuqtai nazariyasi. Kann va uning shogirdlari Buyuk Britaniyada psixologiyada birinchi assotsionizm maktabini yaratishdi. U bunda tuyg’u va fikrlarni bir-biriga bog’laydi.
4. Assotsionizm va emperizmlarning kuchli ta’siri psixologiyada yana bir yangi naturalistic yo’nalish yaralishiga sabab bo’ldi. Bu yo’nalishni tarqatuvchilari Russo, Pestalotsiy, Fredel, Kristian Volf.
5.Yigirmanchi asrda nemis professori Gerbart tomonidan yaratilgan yangi gerbartian psixologiyasi , psixologiya fakultetida yangi tushunchalarni kiritdi.
Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
O’n to’qqizinchi asr o’rtalaridan boshlab, zamonaviy ilm va texnika davrida inson ruhiyatini o’rganuvchi yangi ilmiy metodlar yaratildi.Quyidagi yo’nalishlar aynan shu davrda yaratilgan:
1.Strukturalizm, nemis professori Vilgelm Vundt (1832- 1920) aqliy faoliyat va uning tuzilishi , taxlilini yaratgan.
2.Funksionalizm, amerikalik psixolog Uilyam Jeyms(1842-1910) ong evolutsiyasi jarayonida rivojlangan, buning sababi bo’lsa atrof-muhitga moslashish bo’lgan deb tushintiradi. U yana bu yo’nalishda nerv sistemasini ham yoritib o’tgan.
3. Bixeviorizm, Jon B. Uotson o’zining bor e’tiborini inson ruhiyati va xatti-harakatlariga qratgan.
4.Germaniyada bir qator psixologlar guruhi bixeviorizmdan ajralib turuvchi yangi geshtaltpsixologiya maktabini yaratdi.
5.Psixoanaliz.Zigmund Freyd yangida –yangi fikrlarni kiritdi. U tajribalarini ongli va ongsiz ravishda, ruhiyatni psixoanaliz orqali o’rgangan.
6.Shaxsiy va analitik psixologiya.Keyingi davrda Alfred Adler(1870-1937) va Karl Yung (1875-1960)ikkalasi ham Freydning izdoshlari bo’lib, ular ham jinsiy aloqa borasida o’z maktablarini yaratishdi.
Zamonayi psixologiyadagi oxirgi tendensiyalar.
Psixologiya dunyosining rivojlanishida turli xil yo’nalish va maktablarning aralash bo’lishi kata o’rin tutadi. Masalan; bixeviorizm, psixoanaliz, gumanistik psixologiya,transpersonalogik psixologiya va kognitik psixologiya
Gumanistik psixologiya asoschilari Maslou, Rodjers, Artur Kombs,Gordon Olportlar insoniyatni psixologiyadagi eng oxirgi tendensiyalarini tushintiradi.
Transpersonalogik psixologiya insonning his-tuyg’ulari, ong ta’siridagi o’zgarishlarni o’rganadi.[16]
Kognitik psixologiyaning chuqur ildizlari geshtaltpsixologiyaga borib taqaladi. Edvard Tolmen va Jan Piaje uning keying tarqalishidagi xissalari kata bo’lgan,
O’n sakkizinchi asrda emperik va assotsianistlar fikri bilan bir qatorda psixologiyaning yangi oqimi dunyoga keldi.Bu oqimni Frebel,Pestolotsiy,Russo kabi naturalistlar ommaga targ’ib etishgan.Ular ratsionalist va emperiklar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori ong nazariyasiga qarshi turishgan.Ular odam faqat aql va fikrdan iborat degan tushunchaga qarshi xissiyot va tuyg’u birinchi o’rinda turishini ta’kidlab kelishgan.[17]
Empirik va naturalistlarning nazariyasiga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan psixologiyaning yangi yo’nalishi paydo bo’ldi (nazariyaga muvofiq qalb va ruhiyat tafakkur,tafakkur,xotira kabilarga bo’lingan).Bu oqim o’n sakkizinchi asrning birinchi yarmida nemis tafakkurchisi Kristian Volf tomonidan amalda qo’llana boshlandi.Psixologiyaning bu yo’nalishi o’n to’qqizinchi asrgacha, ya’ni nemis olimi Gerbart yaratilgan yangi gerbartian yo’nalishi paydo bo’ldi.Shu nazariyaga muvofiq yangi fikrlar eskisidan ustun chiqdi.Shaxsning harakatlari va aqliy faoliyati Gerbartning aytishicha fikrlar o’rtasida doimo kurash bo’lib o’tadi, har bir fikr harakatda va ularning hammasi inson onggida qolishga harakat qiladi.Manashu tushunchani isbotlash uchun u matematik formulalar,aqlni tashkil etuvchi qonun-qoidalarni ishlab chiqqan.
Shu bois psixologiya fan davriga qadar ma’lum bir darajadan boshqa bir darajaga o’tib kelgan.
O’n to’qqizinchi o’rtasiga kelib, psixologiyaning noilmiy darajada rivojlanib kelishi to’xtadi va boshqa fanlar singari ma’lum bir fan mavqeyida qarash boshlandi.
Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
O’n to’qqizinchi asrning ikkinchi yarmiga kelib fizika,kimyo,zoologiya,geologiya va boshqa fanlarni o’rganish chuqurlashgai natijasida insonning ruhiyati ma’lum bir laboratorik tajribalariga asoslanib emas, balki ilmiy metodlar bilan o’rganish mumkinligi ilgari surila boshladi.[18]
Strukturalizm: Vilgelm Vundt psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida katta xissa qo’shgan(1832-1920 nemis professori birinchi bo’lib 1879-yilda Leypsigda psixologik laboratoriyani ochdi).Uning bu yondashuvi psixologiyada strukturalizm deb atalgan.
Vundt va uning shogirdlari tajriba xonalarida o’z-o’zini analiz qilish va kuzatish bo’yicha ko’plab tajribalar o’tkazishgan.Tajribalar mobaynida ular nur,rang,tovush va sezgi orqali tajriba o’tkazilayotganlarning qanaqa his-tuyg’ularni his etayotganliklari aniqlangan.
Leyosigdagi laboratoriyada ko’plab yetuk psixologlar yetishib chiqqan.Ular ichidan eng mashxurlaridan biri Edvard Bredford Titchener Amerikaning Kornelsk Universitetida yetuk professor psixologlaridan biri bo’lgan.Uning so’zlari bo’yicha psixologiya ong va tajribani o’rganadigan fan.Ong yoki tajriba faqat uch holatda yuzaga chiqishi mumkin:**anan sezish,tuyg’u va obrazlar(masalan,xotirlash va orzu). Masalan, bizning banan bilan bo’lgan tajribamizni izohlash uchun biz avval uni **onan his qilishimiz mumkin(ya’ni uni ko’ramiz), sezamiz(ya’ni bananni yoqtirish yoki yoqtirmasligimiz) keyin oldingi banan bilan bo’lgan tajribalarimizni eslaymiz.
Shu orqali, Vundt va uning Titchener kabi izdoshlari, aqlni uning tuzilishi orqali o’rganishga harakat qilib kelishgan.
Shu bilan birga, yaqin yillarda struktualizm maktabi ko’plab tanqidlarga uchradi va aniq,ishonchli ma’lumotlarni isbotlab berolmagani uchun muvofaqqiyatsizlikka uchradi.
Funksinalizm:Strukturalistlarning sharofati bilan psixologiya mustaqil fan sifatida qarala boshlandi.Bu inson ruhiyatini o’rganishga yangidan yangi foydali yo’llarni ochib berdi.
Shunday qilib, yangi funksionalistik maktab paydo bo’ldi.[19]
Amerika psixologiyasining asoschisi Uilyam Jeyms(1842-1910), psixologiya maktabining tuzilishiga juda katta xissa qo’shgan psixologlaridan biridir. U Darvin nazariyasining ta’sirida , bundan tashqari anatomiya, fiziologiya va meditsinaga qiziqishi tufayli psixologiyaning o’rganishda biologic usullardan foydalandi.U Vundt va Titchenerning fikrlari noto’g’ri ekanligini ta’kidlab kelgan.Ongning tuzilishi va tarkibini bilgan holda uning faoliyati va vazifalarini o’rganish mumkin.Uning ta’kidlashicha, evolutsiya jarayonida ilk ongli rivojlanish boshlangan,buning sababi esa atrof-muhit ta’siriga moslashuv bo’lgan. U o’zining nuqtai nazarini rivojlantirgan holda, odat bu faqat asab tizimining ma’lum bir vazifasi degan qarorga keldi.Ma’lum bir faoliyatni takrorlanayotgan vaqtda , asb tizimi shu faoliyatga mos ravishda o’zgaradi va kelgusi marta shu faoliyatni beixtiyor takrorlaydi.
O’n to’qqiz va yigirmanchi asrning keying yillarida Uilyam Jeymsning fikrlari Jon Dyu(1859-1951), Jeyms Roulend Enjel(1869-1949) J.M.Kattel, L.Edvard, Torndayk va R. S.Vudvard kabi psixologlar tomonidan yanada mustahkamlanib,rivojlantirib borildi.
Bixeviorizm:Strukturalizm va funksionalizmga mutlaqo qarama qarshi holatda Jon B.Vatson yangi bixeviorizm nomli yo’nalishni kiritdi.Uning fikricha,Ongni ilmiy tarafdan tasvirlab berib bo’lmaydi,uni ko’rish ham , tegib ko’rish ham mutlaqo bo’lmaydi.Xatto u mavjud bo’lsa ham uni ilmiy nuqtai nazardan o’rganib bo’lmaydi.Shu sabab psixologiya fanini ilmiy tomondan emas, balki ma’lum bir tajriba va kuzatuvlar orqali bayon etish mumkin.
Shunga ko’ra, bixeviorizm inson ruhiyatini o’rganish uchun o’zini bor diqqtatini kuzatiluvchining xatti-harakatiga qaratadi.Mana shu maqsadda inson faoliyatini , fikrlarini ,his-tuyg’ularini butunlay tushuntirib berish uchun kuzatish va har birini yozib boorish kerakligini bayon etadi.[20]
Mana shu tufayli, bixevioristlar,masalan, aynan qo’rquvning o’ziga emas , balki yurak urishini tezlashishiga, arterial bosimga e’tibor berishgan.Chunki,qo’rquvni uni o’zini o’lchab bo’lmaydi,ularni va ma’lum bir darajada o’rganish mumkin.Bixeviorizm nazariyasi rus psixologi Ivan Pavlov(1849-1936 )ning nazariyalariga asoslanib Uotson tomonidan faktlarga asoslanib yaratilgan.
Pavlov o’z nazariyasi tajribasida kuchukni avval faqat qo’ng’iroq tovushiga , keyin uni go’sht xidiga almashtirib kuchukning har bir javib reaksuyasiga atrof muhit ta’sir qilishini aniqladi. Uotson shu usulni inson psixologiyasini o’rganib ko’rishga qo’llab ko’rdi. U 11 oylik Albert ismli chaqaloqqa o’z tajribasini o’tkazdi. U chaqaloqni avval kalamushlarga bo’lgan qo’rquvni yaratib, keyin uni to’satdan baland shovqinga o’zgartirdi. Shunga ko’ra, u bizning har bir xatti-harakatimizni atrof muhit ta’siriga nisbatan bo’lgan javob reaksiyasi ekanlligini isbotladi.
Quyida ko’rsatilganidek Uotson 1926-yilda qat’iy tarzda inson avtomatik ravishda javib berishi atrof-muhit ta’siri ekanini isbotladi:
“Menga bir qator yosh, sog’lom bolalarni bering, men ularni o’z dunyoyimda o’zgartirishga kafolat beraman, ularni har qanaqa kasb egasi bo’lib yetishib chiqishiga olib kelaolaman.Masalan, shifokor,yurist,rassom savdogar ,kambag’al odam va o’g’ri , buni barchasini ularni qobiliyati ,iqtidori, mavqei va qaysi elatga mansub ekanligiga qaramasdan bajara olaman”.
Uotson va shogirdlarining yangi bu bixeviorizm yo’nalishi eramizga psixologiyaning yangi mexanik, materialist, obyektiv, fizik va boshqa aniq fanlar ko’rinishini olib kirishdi. Ammo buning ham o’ziga xos kamchiliklari mavjudligi sabab, zamonaviy psixologlar tomonidan bir qator tanqidlariga uchradi.
Geshtaltpsixologiya.
Amerikada strukturalizm va funksionalizmga qarshi bo’lganlar chegarasiz edi. Germaniyada bixeviorizmdan ozroq farq qiluvchi yangi geshtaltpsixologiya nomli maktab ochildi.[21]
Bu maktabning eng mashxur namoyandalari: Vertgeymer (1890-1943), Koffka(1886-1941),Volfang Keler(1887-1967) va Kurt Levin (1990-1947). Geshtalt so’zi nemischa ot bolib. Geshtaltni inglischa tarjimasi “Konfuguratsiya” yoki oddiy kilib “uyishik butun”. Shuning uchun geshtalt-psixologiyasi atomistik va molekulyar yondashuvlarga karshi tura oladi. Bu bilan birgalikda inson murakkab bulaklarning kolleksiyasi yoki element kilib emas buyumni butun kabul kiladi. Geshtalt-psixolog , sezgilar yoki idrok ma’nosi har doim umumiy vaziyat bilan bog’lik. Narsa jinsdagi alokadek kabul kilinadi. U o’z ichiga narsa, tamoshabin va murakkab fonni ichiga oladi. Geshtalistlar bundan tashkari mexanik yondashuv yurishini rad qilishdi, oddiy stimul – reaksiya orqali qoriqlanuvchi tarzda. Ular shuni tastiklashtiki stimul bilan reaksiya o’rtasida o’zini rodidagitashkilotlar mavjud va ular yangi geshtalt shakillanishiga yordam beradi.Gestalistlarning ta’kidlashlaricha behosdan fikrda(ongda,tafakkurda) yangidan barpo bo’lgan narsalarning tuzilishlari eskilariga nisbatan yanada mukkamalroq va zarurroq holatda o’zicha kelishlari mumkinmi,natijada ular bir biridan umuman farq qilishlari ham mumkin.Natijada inson tafakkuri oddiy rag’batlantirilishining natijasigina emas,balki uning rivojlangan intelek onggining , tafakkurining xulosasiga aylanadi.
Individ-sharoitni yaxshilab o’rganib vaziyatga turlicha berilgan fikrlar bilan tanishib, haqiqatga yaqinroq bo’lgan yo’lni “qarorni” tanlaydi va uni amalga oshirish maqsadida kutilmagan,qat’iy qarorlarni qabul qiladi.
Gestalt-psixologiya RZM(sayt)- insonning xususiyatlarini rivojlanishini uch turga ajratadi:
a)sharoitni bor holatda qabul qilish;
b)sharoitni ko’rib ,o’rganib ,uni kelib chiqish sabalarini aniqlash;
v)tezlik bilan qaror qabul qilish va shu asosida faoliyat olib borish.
Shunday qilib, Gestalt-psixologiya qat’iy ravishda sharoitni strukturalash(kesimlarga ajratish), funksiyalash (vazifalash) va qilinishdan iborat bo’lgan ilmiy psixologiyaga qarshi chiqdi.Jumladan, u bu tizimning tuzilishiga “g’isht va quyma”, o’zaro bog’lanishiga ularni kesimlarga “g’isht” ajralishiga qarshi chiqdi va ular to’g’risidagi tushunchalarni achinarli hol deb hisoblagan.[22]
Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. Chunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. Yoqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G‘.B.Shoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi.[1]
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘r­ganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘zbekistonda psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilishi lozim. Ya’ni, ishlab chikarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o‘zbek psixologlaridan o‘z echimini kutmoqdaki, ularda ilg‘or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o‘ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.[2]
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G‘.B.SHoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. YUqorida nomlari tilga olingan olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan «mustaqillik», «tanqidiylik» kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar.
Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg‘ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi
Bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o‘rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhandislik psixologiyasi («inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o‘rganuvchi mehnat psixologiyasining bo‘limi); koinot psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini o‘rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o‘rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo‘limlarga shakllandilar.[1]
Psixologiyaning ko‘plab sohalari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo‘yicha faoliyat maqsadiga ko‘ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi (yangi bilimlarga ega bo‘lish va ularni qo‘llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq etish predmetiga ko‘ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.
Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o‘tadilar. Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan.
Shuningdek, psixologiyaning maxsus bo‘lim va yo‘nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o‘rtasidagi individual tafovutlarni o‘rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi.
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo‘lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o‘sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, e**ish qobiliyatlar psixologiyasi, ko‘zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko‘rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik psixologiyasi, o‘quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o‘qituvchi psixologiyasi, tashqi ko‘rinish psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo‘rquv psixologiyasi, o‘lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
An’anaviy psixologik fanlar – umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya chuqur o‘zgarishlarga uchramoqda.
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganuvchi umumiy psixologiya tashkil etadi. U ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy konsepsiyalar va tajriba tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o‘z oldiga asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bundan farqli o‘laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan ish ko‘radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar, xususan: psixodrama, **oniy treninglar, NLP-treninglar, o‘zini o‘stirish treninglari, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o‘sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar.

Yüklə 326,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin