72
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning shaxsan tashabbusi va
sa‟y-harakatlari bilan yana ikkita: O„zbekiston Respublikasining
“Jurnalistlik kasbini himoya qilish to„g„risida” hamda “Axborot
olish
kafolatlari va erkinligi to„g„risida” Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar
tom ma‟noda ko„plab taraqqiy etgan mamlakatlarda ham mavjud
bo„lmagan qonunlardir. Ushbu qonunlar fuqarolarning axborot qidirib
topish, olish, uzatish va tarqatish huquqini to„la miqyosda ta‟minlaydigan
huquqiy qurol bo„lib, aholi uchun axborot olish va yetkazishning bosh
vositachisi deb qaraluvchi jurnalistning samarali faoliyat ko„rsatishi uchun
huquqiy asosni vujudga keltirdi.
O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ommaviy
axborot vositasi to„g„risida 1-chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining (1996-yil, avgust) 6-sessiyasida shunday degan edi:
“Matbuot, axborot vositalari demokratik
rivojlanishi uchun ulkan
ahamiyatga ega. Biroq shuni ham e‟tirof etish kerakki, demokratlashtirish
jarayonida hozircha ommaviy axborot vositasining faol roli sezilmayapti.
Ular shu paytgacha o„zlarini “to„rtinchi hokimiyat” sifatida namoyon
qilganlari yo„q.
O„zbekiston mustaqilikka erishgandan so„ng xorijiy ommaviy axborot
vositalari bilan aloqa o„rnatish masalasi tashqi siyosiy faoliyatimizning
asosiy yo„nalishlaridan biriga aylandi. Chunki O„zbekistonning jahon
hamjamiyatiga qanchalik tez kirib borishi ana shu axborot vositalari
tarqatadigan xabarlarining to„g„riligiga bog„liq.
Ayni paytda shu ommaviy axborot vositalari har bir kishi o„z fikrini
ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo„lishi kerak. Ayni
vaqtda ular jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini
himoya qilishi,
odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini
shakllantirish bo„yicha faol ish olib borishi lozim.
Birinchi
Prezidentimizning
“O„zbekiston
ijtimoiy
hayotida
televideniye va radio rolini ko„tarish to„g„risida”gi 1997-yil 7-maydagi
Farmoni yuqorida ko„rsatilgan masalalarni me‟yoriy tartibga solishda
ko„riladigan chora-tadbirlarning ommaviy ifodasi bo„ldi.
Ta‟kidlash joizki, mustaqillik yillarida yaratilgan boshqaruv tizimi va
uning qonunchilik asoslari, fuqarolik jamiyati mamlakatda inson
huquqlarini himoya qilishga va huquqiy demokratik davlat barpo
etilganligini kafolatlaydi. Zero, Birinchi Prezident I.Karimovning Oliy
73
Majlis II chaqiriq IX sessiyasida so„zlagan nutqi (2002-yil, 29- avgust),
Qonunchilik palatasi va Senat qo„shma yig„ilishidagi ma‟ruzasida (2005-
yil, 28-yanvar) ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o„rni
va rolini oshirish to„g„risida amaliy takliflarni ilgari surdi.
“Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy
asoslarini mustahkamlash borasida qator ishlar qilindi. “Ommaviy axborot
vositalari to„g„risida”, “Axborot olish
kafolatlari va erkinliklari
to„g„risida”, “Jurnalistlarning kasbiga doir faoliyatini ximoya qilish
togrisida”, ”Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”
qonunlari qabul qilindi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O„zbekistonning milliy
demokratik taraqqiyoti, yurt istiqbolini demokratik tamoyillar asosida
rivojlanish yo„lini tanladi. Yangi milliy davlatchilikni barpo etish
arafasidayoq
I.A.Karimov
Milliy
Mustaqillikni
rivojlantirish,
mamlakatning jahon hamjamiyatidan o„ziga munosib o„rinni
egallashiga erishishi, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta‟minlash
kafolatlarini mamlakatda huquqiy davlat
va fuqarolik jamiyati
shakllantirishda deb bildi.
O„zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
qurish jarayonlarida milliy an‟analar va qadriyatlarga muhim e‟tibor
berish, davlat boshqaruvini demokratik tamoyillar bilan uyg„unlashtirish,
barcha sohadagi islohotlarning milliy manfaatlar asosida amalga
oshirilishiga e‟tibor berildi. Shu bilan birga, I.A.Karimov “umuminsoniy
tamoyillar va me‟yorlarni, butun dunyoda chuqur ildiz otgan demokratik
qadriyatlarni o„rganmay va ulardan foydalanmay turib, demokratik
institutlarni
shakllantirish, fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratish
mumkin emas” ligini ham ko„rsatib berdi.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadlarida erkinlashtirish
mafkurasini milliy qadriyatlar va an‟analar bilan uyg„unlashtirish asosida
islohotlarni chuqurlashtirishning “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik
jamiyati sari” konseptual tamoyiliga asos solindi. Mamlakatdagi
islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo„nalishi sifatida
“mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish” yo„li tanlandi.
Dostları ilə paylaş: