59
Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o„z-o„zini
boshqarish organlariga o„tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini
takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni,
samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999-yil aprel oyida Oliy Majlis
tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish organlari
to„g„risida”gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan.
O„z-o„zini boshqaruvning moliyaviy faoliyatini mustahkamlovchi
choralardan yana biri-aholiga kompleks tarzdagi savdo, maishiy va
madaniy xizmatlar ko„rsatadigan guzarlar faoliyatidir.
Bunday iqtisodiy erkinliklar fuqarolarda mustaqil O„zbekistonda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ishonchini
mustahkamlaydi. Shuningdek, har bir shaxsning fikri, ovozi e‟tiborga
olinishi, ularni fuqarolik jamiyatining a‟zosi ekanligini his qilishlari uchun
asosiy omil bo„lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: