“O„zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, maqsad va
vazifalari, fanining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari, usullari va
tamoyillari.
Ma‟ruzachi ushbu masalani yoritishda quyidagi masalalarga
e‟tibor qaratishi kerak bo„ladi: 1. Fanning predmeti; 2. Maqsad va
vazifalari; 3. Metodologiyasi; 4. Ilmiy-nazariy asoslari; 5. Usullari va
tamoyillari.
Bunda mavzuni quyidagicha yoritish talab etiladi. Avvalo,
“O„zbekistonning eng yangi tarixi” fani masalasi va uni fan sifatida
o„rganishning yo„lga qo„yilishi, uning predmetiga e‟tibor qaratiladi. Unda
Vatanimiz tarixida mustaqillik arafasi va mustaqillik yillaridagi yuzaga
kelgan jarayonlarni o„rganish, xususan, mamlakatimizda mustaqillik
arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, mustaqillik sari yo„l tutilishi va bu
jarayonlarda mamlakatimiz bosib o„tgan tarixiy yo„lining mohiyati va
mazmunini anglab yetish talab etiladi. Bu jarayon qanday borganligini,
mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim.
O„zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya
unsurlari: o„zini-o„zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig„inlari,
oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi
kunda ushbu institutlar tomonidan an‟anaviy funksiyalar bajarilishining
o„zi bilan qanoatlanib bo„lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr
talablariga mos yangi mazmun bilan to„ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik
jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz
Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni
boshqarishda keng ishtirok etishini ta‟minlovchi siyosiy institutlarning
xilma-xilligiga
asoslangan
yangi
demokratik
tizim
negizlarini
shakllantirish zarurligiga alohida e‟tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs
ustidan yalpi hukmronligini o„rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy
himoyalanmagani, boshqaruvning ma‟muriy-buyruqbozlik usullari, har
qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko„p odamlarda
chorasizlik tuyg„usini uyg„otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi.
“Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o„sishi jamiyatda
ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo„ldi.
O„zbekistonning eng yangi tarixini o„rganishda yuqorida ta‟kidlab
o„tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi
o„zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global
7
va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog„liq
masalalarning to„g„ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga
yetkazish burchimizdir.
Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo„lgan jamiki voqea va
hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa
va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini
o„rganishdir.
Fanning obyekti aniq tarixiy davr, makon, zamon hamda geografik
va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma‟lum xalqlar, mamlakatlar tarixi
bilan bog„liq jarayonlar bo„lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va
yaxlitlikda qamrab oladi.
Fanning maqsadi vatanimiz tarixining mustaqillik arafasi va
mustaqillik yillarida bosib o„tgan shonli va murakkab tarixiy yo„lini,
xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‟naviy hayotini
xolisona o„rganish orqali fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida tarixiy xotira,
ular qalbida vatanparvarlik, g„urur va iftixor tuyg„ularini shakllantirishdan
iboratdir.
Fanning metodologik, ilmiy-nazariy asoslari O„zbekistonning eng
yangi tarixini rivojlantirishga doir davlatimiz rahbarining qarori, tarixiy-
ma‟naviy merosimizga tayangan holda mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ko„plab dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot ishlari, darslik
va qo„llanmalar, monografiyalar, ilmiy asarlar asos bo„ladi.
Fanni o„rganishda ma‟lum ilmiy, nazariy-metodologik tamoyillarga
tayanish ham muhimdir. Mazkur tamoyillar va metodlar quyidagilardan
iborat:
- ilmiylik, tarixiylik, xolislik (obyektivlik) metodi;
- tarixiy tahlil va qiyosiy taqqoslash metodi;
- mantiqiy davomiylik va uzviylik metodi;
- vorislik va izchillik metodiga asoslanish;
- tarixiy xronologik ketma-ketlik tamoyili;
- g„oyaviylik va vatanparvarlik tamoyili;
- xolislik va o„zaro hurmat tamoyiliga asoslanish metodi;
- kuzatish, solishtirma taqqoslash asosida umumlashtirish va zarur
xulosalar chiqarish metodi;
- bahslashish, munozara yuritish va isbotlash metodi;
- matematik hisoblash, shakl va modellashtirish metodi;
- ayrimlikdan umumiylikka va umumiylikdan ayrimlikka o„tish
metodi;
8
Shuningdek etnografiya, arxeologiya, antropologiya fanlarida qabul
qilingan moddiy va yozma ma‟lumotlarga tayangan holda ish yuritish
metodi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi savol yuzasidan qisqa
xulosa qilinadi va keyingi savolni o„rganishga o„tiladi.
Dostları ilə paylaş: |