31
asoslangan, qoloq va mo‘rt iqtisodiyotga ega bo‘lib, bu holat respublika aholisi
daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta’sir ko‘rsatdi.
Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar
bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda
oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni,
daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi
o‘rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish
bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab
chiqarish bo‘yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5
barobar, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar,
aholining o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari
iste’moli bo‘yicha 2 barobar orqada qolgan. O‘sha davrda kun kechirish uchun
oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo‘lgani holda, 75 so‘mdan kamroq
yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq bo‘yicha 12 foizdan sal ko‘proq
bo‘lsa, O‘zbekistonda 45 foizga yetgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil
etgan. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan
keladigan ishni topa olmagan, ya’ni ishsiz bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: