111
Respublikada nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tarixiy madaniy
qadriyatlarni tiklash va saqlash borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilgan.
Hozirga kelib 4 ming 308 arxeologik, 2 ming 79 me’morchilik obidalari, 694
san’at asari, 395 diqqatga sazovor joylar, jami 7 ming 476 moddiy-madaniy meros
obyektlari davlat himoyasiga olingan.
«Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi sa’yi-harakatlari tufayli amalga
oshirilgan ishlar natijasida boy va ko‘hna tarix, nodir va betakror hunarmandchilik,
gullab yashnagan shaharlar, noyob qo‘lyozma asarlar haqida ko‘plab ma’lumotlar
qo‘lga kiritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda
jamg‘armaning bo‘limlari tashkil etildi. O‘tgan yillar mobaynida jamg‘arma
muzeyi 400 ga yaqin qadimiy qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar, 40 dan ortiq
kartinalar, arxeologik va hunarmandchilik ashyolari bilan boyidi. 100 dan ziyod
qadamjo, ziyoratgoh va obidalar obodonlashtirildi va qayta tiklandi.
Mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasi va ularni
qo‘llab–quvvatlashga ham alohida e’tibor berilgan. 1991-yil 25-fevral Respublika
Xotin-qizlar kengashining ikkinchi plenumida ayollarning ijtimoiy, fuqarolik,
madaniy va iqtisodiy huquqlarini himoya qiluvchi ilk jamoat tashkiloti
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etildi. 1991-yil 21-iyunda O‘zbekiston
ishbilarmon ayollari «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi ro‘yxatga olindi. Shundan
so‘ng uchinchi yirik nodavlat notijorat tashkilotlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston
olima ayollari «“Olima » uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tdi.
O‘zbekistonda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor tufayli ayollar nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatining kuchayishi va ularning sonini ko‘payishiga
sabab bo‘ldi. 1998-yilda 9 ta xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari tuzilib, 7
tasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 1999- yilga kelib 25 ta shunday tashkilot
tuzilib, ulardan 19 tasi adliya idoralarida ro‘yxatga olingan.
2000-yilga kelib respublikada, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida
ro‘yxatga olingan 91 ayollar nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatlarini olib
bordilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach
nogdavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratildi. Davlat
tomonidan bunday tashkilotlar faoliyatining ham huquqiy, ham iqtisodiy asoslari
kafolatlab berildi. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlar sonining ortishi va jamiyat
hayotidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shishga
imkoniyat yaratdi.
Dostları ilə paylaş: