Book · February 022 citations reads 60,716 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


 Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/149
tarix15.07.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#136647
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149
1.14-

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. 
Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati 
 
1990-yillardan boshlab Orol fojiasining halokatini boshidan kechirayotgan 
barcha mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek boshqa xalqaro 
va mintaqaviy 
tashkilot 
minbarlaridan 
jahon 
hamjamiyatining 
diqqat 
e’tiborini ushbu muammoga, uni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan 
chambarchas bog‘liq ekanligiga jalb etib kelishmoqda.
Orol fojiasi va uni bartaraf etish choralarini qidirish O‘zbekiston tashqi 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom 
Karimov 1993-yil sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 
1995-yil oktabrdagi 50-sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik halokat bo‘lgan Orol va Orolbo‘yini 
qutqarishda ko‘mak berishga chaqirdi.
Mazkur global muammoni BMT shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, 
rivojlangan davlatlar ko‘magisiz amalga oshirish mumkin emasligiga BMTning 
e’tiborini qaratdi. 1993-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston 
va O‘zbekiston ta’sisligida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) tashkil 
etildi.


165 
2010-yil «O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal 
etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro 
konferensiyada Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda 
adolat tamoyiliga rioya etish zarurligi, aks holda mintaqaning eko olamiga ulkan 
fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma’lum qildi.
2013-yilda Orolbo‘yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini 
tashkil etish, sho‘rsizlantiradigan qurilmaga ega suv chiqarish inshootlarini qurish, 
himoya o‘rmonini tashkil etish kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga 
mablag‘lar ajratish rejasi tasdiqlangan.
2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi va OQXJ-ning o‘sha paytdagi 
Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-
sessiyasining rasmiy hujjati sifatida «Orolning qurishi oqibatlariga barham berish 
va Orolbo‘yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi» ilgari surildi.
Global miqyosda 
va 
mintaqamizda 
ekologik 
vaziyatning tobora 
yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv 
resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb masalaga aylandi. 
Orol dengizi tarihiga etibor bersak, u boy tabiiy resursi bilan mashhur 
bo‘lgan. Bu dengiz biologik jihatdan boy ekotizim sifatida e’tirof etilgan. 1964 
yilgacha dengiz hududi 68,9 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Yiliga 30-35 
ming tonnagacha baliq etishtirilgan. Noyob flora va faunasi dunyoga mashhur edi. 
Afsuski, suvdan noto‘g‘ri va tartibsiz foydalanish natijasida so‘nggi 50-55 yil 
ichida suv hajmi 15 barobarga tushib, sathi 29 metrga pasaydi. Dengizning qurigan 
hududini oq tuz konlari egalladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi tobora yo‘qolib 
bormoqda. 
Dengizning qurib qolgan tubida vaqti-vaqti bilan chang va sho‘r bo‘ronlar 
kuzatiladi. Jumladan, har yili 100 million tonnaga yaqin qum-tuz bo‘ronlari bo‘lib, 
400 kilometrdan ortiq masofaga tarqaladi. Bu esa insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatmoqda. Hududda nafas yo‘llari, onkologik, surunkali bronxit kabi 
kasalliklar kuzatilmoqda. Atrof-muhitning buzilishi iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
pasayishiga ham sabab bo‘ladi. Hududda chorvachilik va baliqchilik sohasi 
oqsamoqda. Iqtisodiy zarar ko‘rsatkichi ortib bormoqda. 
Orol dengizi fojiasi natijasida yuzaga kelgan suv resurslari tanqisligi, yer 
degradatsiyasi, cho‘llanishning kuchayishi, bioxilma-xillikning keskin kamayishi 
va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. 
Orol halokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha mintaqa hududida 500 dan 
ortiq keng miqyosli loyihalar amalga oshirildi, qurigan dengizning 350 ming gektar 
maydoniga saksovul va sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilib, butazorlar barpo etildi. 
Bugun bunday hududlarning umumiy maydoni qariyb 700 ming gektarga yetdi. 
Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 2017-2021- yillarda 
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi. Moliya vazirligi 
huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi va unga 200 
milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Hozirda ushbu mablag‘lar hisobidan 
amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm 
viloyati 
aholisining 
suv 
ta’minoti, 
turmush 
sharoitini 
yaxshilashga 
ko‘maklashilmoqda. 


166 
Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 
72-sessiyasida Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish 
xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirish, BMT tomonidan Orol 
fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2017 - yil qabul 
qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi masalasiga jahon hamjamiyati 
e’tiborini qaratgan edi. 
Shuningdek, joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 
«Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangi 
yondashuvlar, innovatsion echimlar va investitsiyalar» mavzusidagi xalqaro 
anjumanda qabul qilingan rezolyutsiya bu borada amaliy yechim sifatida xizmat 
qilishi shubhasiz. 
Darhaqiqat, hozirgi kunda Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni 
yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolariga yechim 
topish bo‘yicha qo‘shni davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish lozimligi 
yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. 
Yaqinda Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni 
qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining 
majlisida Prezidentimiz ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, Orol 
fojiasi oqibatlarini yumshatishda mintaqadagi davlatlarning o‘zaro hamkorligi 
borasida ustuvor ahamiyatga molik konstruktiv yo‘nalishlar Markaziy Osiyo davlat 
rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
Prezidentimiz Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb 
masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon to‘planib qolgan savollar ochiq va 
konstruktiv muhokama qilinganini, endi qog‘ozdan amaliy ishga o‘tilishini alohida 
ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, mintaqa davlatlari umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan 
holda, ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolariga 
yechim topish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish lozimligi qayd etildi. 
Darhaqiqat, mintaqa davlatlarining barchasi Jamg‘arma faoliyatida, jumladan, Orol 
dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha to‘rtinchi Dasturni 
ishlab chiqish va o‘zaro kelishish jarayonida to‘laqonli qatnashishi bu boradagi 
umumiy muammolarni hal etish va tahdidlarni bartaraf qilishda muhim ahamiyat 
kasb etishi shubhasizdir. 
Davlatimiz rahbari tomonidan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish yuzasidan 
taklif etilgan konstruktiv yo‘nalishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof 
etilmoqda. 
So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan Orol dengizining qurishi 
natijasida mintaqada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolarni 
bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi uch yil ichida Orolning 
qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha dunyoda muqobili bo‘lmagan 
ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. O‘tgan davr mobaynida qariyb 2 million 
gektar maydonda o‘rmonlashtirish ishlari amalga oshirilib, saksovul va cho‘lga 
chidamli boshqa o‘simliklar urug‘lari sepildi. 
Shuni alohida qayd etish joizki, Orol dengizining qurigan tubini 
o‘rmonlashtirish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik mintaqa 


167 
ekotizmini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu chora tadbirlar 
tabiiy resurslar degradatsiyaning, shuningdek, dengizning qurigan tubidan qum va 
chang ko‘tarilishining oldini olishni ta’minlaydi. 
Bugun Qoraqalpog‘istonda hayot butunlay o‘zgarmoqda. Barcha shahar va 
tumanlar, qishloqlar, mahallalar yangicha qiyofa kasb etmoqda. Zamonaviy 
korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy sohaning boshqa 
obyektlari, kommunikatsiya tarmoqlari qurilmoqda. Bu esa, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan o‘rnining 
tobora oshib borayotganligidan darak beradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bularning hammasi bizlar uchun cheksiz 
faxr-iftixor emasmi? Yangilangan, tobora yasharib, ko‘rkam bir diyorga 
aylanayotgan 
Qoraqalpog‘istonimizning 
o‘rni 
O‘zbekistonda 
yarqirab 
ko‘rinmoqda. Nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham, dunyoning 
boshqa davlatlarida ham bu maskanga bo‘lgan qiziqish, e’tibor, hurmat 
ortayotganini ko‘rib quvonamiz. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin