Boqiy darbadar”, “Isyon va itoat” romanlarining qiyosiy tahlili



Yüklə 39,65 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü39,65 Kb.
#150982
11-amaliy.must.adaBoqiy darbadar


Boqiy darbadar”, “Isyon va itoat” romanlarining qiyosiy tahlili .
Har qanday mamlakatning iqtisodiy qudrati og`ir sanoatining qanchalik rivojlanganiga qarab belgilanganidek, har qanday milliy adabiyotning insoniyat estetik tafakkuriga qo’shgan hissasi ham undagi badiiy asarlar salmog`i bilan tayin etiladi. Chunki badiiy asar millat badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasini namoyon etadi. Qahramon atamasiga adabiyotshunoslik atamalari izohli lug’atida shunday ta’rif beriladi: “QAHRAMON, adabiy qahramon – 1) asar personajlari tizimida yetakchi mavqe tutib, g`oyaviy-badiiy kontseptsiyani shakllantirish va ifodalashda muhim ro`l o’ynovchi shaxs obrazi. Terminni bu ma`noda tushunish epik yoki dramatik asar personajlarini darajalashni ko’zda tutadi: syujet voqealari qahramon atrofida uyushtirilib, boshqa personajlar u bilan bog`liq holda asar voqeligiga kiritiladi; ular qahramon bilan integrativ aloqada (hokim-tobe) bo’lib, unga nisbatan yordamchi funksiyalarni bajaradi. Ko’p chiziqli murakkab syujet qurilishiga ega yirik hajmli asarlarda bir emas, bir nechta qahramon harakatlanishi ham mumkin. Bu holda personajlar sistemasi o’z ichida mikrosistemalarga ajralib, ularning markazida qahramonlardan biri turadi” 1 . Darhaqiqat, badiiy asar roman va qissa yoki hikoya bo’ladimi – har bir asarning o’z qahramoni bor. Shunday ekan bularning namoyon bo’lish qirralarini tasniflab o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Nasrning bugunini tushunish va istiqbolini bashorat qilish uchun bu janrning nima uchun, qachon va qaerda paydo bo’lganini aniqlash hamda unga xos etakchi belgilarni tayin etish lozim bo’ladi. Bugungi kunda o’zbek nasri o’z taraqqiyotining polifonik bosqichiga yetib keldi. Endilikda, mavzuning dolzarbligi, voqealarning qiziqarli yoxud tilning shirali ekani asarni o’qishli qilgani holda, uning umrzoqligini ta`minlay olmasligi mumkinligi anglab etildi. Zamonaviy o’zbek nasri muallifidan har bir qahramonini tushunish va aks 1 Qurоnоv D vа bоshq. Аdаbiyotshunоslik tеrminlаri luғаti. –T.: «Аkаdеmnаshr» 2010 y. 277-bеt. 28 ettirishning birovnikiga mutlaqo o’xshamaydigan konseptsiyasiga ega bo’lish talab qilinadi. Bu borada faol qalam tebratayotgan U.Hamdam, I.Sulton kabi nasrnavislar ijodini keltirish mumkin. Ulug`bek Hamdam badiiy izlanishlarida – turfalik ko’zga tashlanadi. U xar bir asarida qahramon ruhiyatiga to’laligicha kirib tasvirlaydi. Adibning 2003 yilda yozilgan «Isyon va itoat» romanida Akbar xarakterini to’la namoyon qilishga erishgan. Unda Akbarning safari natijasida ko’zdan kechirgan ziddiyatli munosabatlar – og`ir yo’qotishlar yozuvchining o’y-xayollari mahsuli emas, u hayot bilan uyg`un tarzda yaratilgan voqelik sifatida ko’z o’ngimizda zohir bo’ladi. Akabar – ilm izlagan kishi bo’libgina qolmay, u baxt va iqbol yo’lida tinimsiz kurashuvchan qahramon bo’lib tasvirlanadi. Ma`lumki, badiiy asarni tahlilga tortayotib, psixologik tasvirning turli asarlarda turlicha vazifalarni bajarishini nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Ba`zi asarlarda ruhiy tahlil va psixologik detallar unchalik ko’p emas, faqatgina muallif niyatini amalga oshirishga yordamlashib yuborish uchun ishlatiladi. Bunday hollarda biz faqat psixologik tasvir elementlari haqida gapirishimiz mumkin. Ayrim hollarda esa, psixologik tasvir matnning salmoqli qismini band etish barobarida boshqa unsurlarga nisbatan mustaqillik kasb etadi va asar mazmunini tushunishning favqulodda muhim jihatiga aylanadi. Bizningcha, bunday asarda alohida badiiy sifat – psixologizm yuzaga keladi. Psixologizm bu badiiy tasvir vositalari ko’magida qahramon ichki olami: uning fikrlari, kechinmalari, xohishlari, hissiy holatlarini batafsil tasvir orqali kashf qilishdir. Psixologik tasvirning uch asosiy formasi mavjud bo’lib, ichki olam tasviridagi barcha konkret usullar alal-oqibat o’shalarga borib taqaladi. Bu uch formaning ikkitasi nazariy jihatdan rus adabiyotshunosi I.V.Straxov tomonidan ajratib ko’rsatilgan edi: “Psixologik tahlilning asosiy formalarini xarakterlar tasvirining “ichki” – harakatdagi shaxslarning ichki dunyosini ularning ichki nutqlari, xotira obrazlari va tasavvurlari ko’magida badiiy 29 ifodalash; “tashqi” – yozuvchining nutqni, nutqiy o’zini tutishning ifodaviy xususiyatlarini, mimika va psixikaning boshqa tashqi ko’rinishlarini ruhiy tahlil qilishi kabilarga ajratish mumkin” 1 . Psixologik tasvirning birinchi shaklini shartli ravishda bevosita, ikkinchisini esa bilvosita deb ataymiz. Chunki uning ko’magida biz qahramon ichki olamini bevosita emas, balki ruhiy holatning tashqi belgilari orqali bilib olamiz. Psixologizmning asosiy usullari haqida gap ketganda, birinchi navbatda, yozuvchining hikoya qilish usuliga to’xtalib o’tish kerak bo’ladi. Inson ichki olamining tasviri birinchi shaxs tilidan ham, uchinchi shaxs tilidan ham berilishi mumkin. Bu hikoya qilish shakllarining har biri turlicha imkoniyatlarga ega. Birinchi shaxs tilidan hikoya qilish qahramon ruhiy suvratining haqiqatga yaqin illyuziyasini yuzaga keltiradi. Chunki o’zi haqida insonning o’zi gapirayapti. Ko’p hollarda birinchi shaxs tilidan hikoya iqror xarakterida bo’ladiki, bu o’z navbatida ta`sirchanlikni kuchaytiradi. Hikoya qilishning bu shakli ko’pincha asarda bosh qahramon bitta bo’lib, muallif va kitobxon uning ongi va ruhiyatidagi o’zgarishlarni kuzatib borayotgan hollarda qo’llaniladi. Qolgan personajlar ikkinchi darajali bo’lib, ularning ichki dunyosi aytarli tasvirlanmaydi. Uchinchi shaxs tilidan hikoya qilish ichki dunyo tasviri bobida kengroq imkoniyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bu shunday usulki, uning yordamida muallif kitobxonni hech qanday cheklovlarsiz personaj ichki dunyosiga olib kiradi va ruhiyat iqlimlarini chuqurroq, batafsilroq ko’rsatadi. Qahramon qalbida muallif bilmaydigan sir yo’q – u qahramon haqida hamma narsadan voqif, muallif ichki jarayonlarni miridan-sirigacha tahlil qilishi, tuyg`ular, fikrlar, kechinmalar o’rtasidagi sabab-shart aloqalarini tushuntirishi ham mumkin. Hikoyachi qahramonning o’z-o’zini tahlil qilishini sharhlab o’tishi, hatto 1 Strахоv I.V. Psiхоlоgichеskiy аnаliz v litеrаturnоm tvоrchеstvе: pоsоb. dlya stud. /V 5 ch./ - Sаrаtоv: Izd. Sаrаtоvskоgо univеrsitеtа, 1973. –CH. 1. S. 14. 30 qahramon o’zi ilg`amagan yoki tan olishni istamagan ruhiy kechinmalar haqida so’zlashi mumkin. Bir vaqtning o’zida roviy qahramonning tashqi o’zini tutishini, mimikasi, plastikasini psixologik tahlil predmetiga aylantirishi ham ehtimoldan xoli emas. Uchinchi shaxs tilidan hikoya qilish asarga psixologik tasvirning turli usullarini jalb etish imkonini beradi. Bunday hikoya to’qimasiga ichki monologlar, oshkora iqrorlar, kundalik va maktublardan parchalar, tushlar, gallyutsinatsiyalar yengilgina qorishib ketaveradi. Uchinchi shaxs tilidan hikoya badiiy vaqt bilan erkin munosabatga kirisha oladi, qahramon ruhiyatida kechadigan oniy holatlar tahlili chog`ida vaqt uzoq muddatga to’xtab qolishi yoki asarda tasvirlanayotgan uzoq muddatli voqealar haqida qisqa ma`lumot berilishi mumkin. Bunga syujet tarmoqlarining aloqasini misol keltirish mumkin. Bu muallifga umumiy hikoya qilish tizimida psixologik tasvirning salmog`ini orttirish, kitobxon e`tiborini voqealar tafsilotidan histuyg`ular tafsilotiga ko’chirish imkonini beradi. Shuningdek, bunday sharoitda psixologik tasvir o’zining maksimal detallashtirilgan darajasiga ko’tariladi: daqiqalar va hatto soniyalar ichida yuz beradigan ruhiy o’zgarishlar tasviri bir necha sahifani egallaydi. Nihoyat, uchinchi shaxs tilidan hikoya qilish orqali bir emas, bir necha qahramonlar ichki olamini tasvirlashga erishiladi. “Badiiy asarda bosh qahramon asarning asosiy g`oyasi va umumiy ruhini pafos darajasida ushlab turishi lozim. Yo’qsa, asar pafosiga ham, qahramon jozibasiga ham putur etadi” 1 , - deb yozadi akademik B.Nazarov. U.Hamdamning qahramonlar xarakteristikasi ustidagi izlanishlarining ajralib turadigan o’ziga xosligi qahramonning avvalboshdanoq ekzistentsial kayfiyatda ekanligida ko’rinadi. Qahramon hayoti davomida ko’rgankechirganlaridan xulosa chiqara-chiqara, odamlardan “begonalashib” boradi. Asrlar mobaynida echimini topmagan masalalardan charchagan paytlari “o’ziga 1 Nаzаrоv B. Dаvr vа qаhrаmоn // O’zbеk аdаbiy tаnqidchiligi. –T.: Fаn. 1979. 96, 215 – bеtlаr. 31 qamalib olgisi” keladi. Xuddi shu erda tasvirlanayotgan barcha voqea-hodisalar ruhiylashadi va ruhiy tahlil foydasiga ishlaydi. Adabiyotshunos olim K.Jo’rayev e`tiroficha: «Isyon va itoat»dagi voqealar tasviri ichida ham yozuvchi shaxsi yaqqol ko’rinib turadi. Faqat ijodkorning mahorati shundaki, u yaratgan obrazlarning hammasi har xil, biri ikkinchisiga o’xshamaydi, individual, o’ziga xos. Ular she`riyatdagi lirik qahramon yoki timsollar prototipi emas. Ammo shu bilan birga yozuvchi o’sha qahramonlari ichida, qalbida, ular bilan maslakdosh. Qahramonlarining ichki monologlarida ekzistentsial adabiyot vakili, yozuvchi, dramaturg, esseist, aktyor va teatr rejissyori Al`bek Kamyu eafasi eshitilib turganday, uning tanqidiy ruhi, isyonkor absurd tuyg`usi sezilib turadi» 1 . “Isyon va itoat” romanida qahramonni tipiklashtirishning lirik tamoyili ustunlik qiladi. Akbarning psixologik o’zini tutishi realistik jihatdan to’la shartlangan. Yozuvchining personajlar ichki dunyosini ziddiyatlar, tangliklar, azob-og`riqlardan iborat ruhiy holatlar, og`ir kechinmalar orqali chizishi ham shundandir. Biroq bu qahramonlarning o’zlari uchun emas, balki ularning g`oyaviy-ma`naviy izlanishlarining intensivligi va inson tabiati bitmas-tuganmas sinoatlar makoni ekaniga urg`u berish maqsadida qilingan. Bilamizki, U.Hamdam qahramonlarining ichki dunyosi hamisha ikki qutb, bir-biriga zid ikki hol ko’lamida harakatlanadi. Ruhiyat murakkabliklariga bunday – iloji boricha ko’lamdor yondashish, chuqurroq kirib borishga intilishlik uni mutlaq anglab bo’lmaslikni to’la tushunish orqali yuzaga chiqadi. Psixologik detallar inson ichki dunyosini gavdalantiradi. Qalb tebranishlari – fikrni to’liq aytolmasdan, faqat ishora bilan cheklanish usuli yoki “og`zaki bo’lmagan dialogga mansub unsurlar: kinesik holatlar – xatti-harakat, mimika va pantomima elementlari hamda kulgi, yig`i, nutq tempi kabi paralingvistik elementlar psixologik detal shaklini ifodalaydi (I.V. Straxov) yoki personaj dinamik portretining detallari (mimika, plastika, ma`noli harakatlar, 1 Jo’rаеv K. Yozuvchi isyoni vа itоаti. Bu hаqdа qаrаng: intеrnеt mаtеriаli: www.ulugbekhamdam.uz 32 tinglovchiga qaratilgan nutq, fiziologik o’zgarishlar) deya nomlanadi. Ruhiy tavsifning umumlashma-belgili shakliga nisbat beradigan bunday detalni adabiyotshunos A.P. Skaftimov “hislarning verbal (og`zaki) belgilanishi 2 ” deb ataydi. Misol uchun, romandagi ijobiy obrazlardan biri tabib inson DNKsi ustida tadqiqotlar olib borayotib, o’zi ishlaydigan bo’lim boshlig`i, professorning g`alamisligini, insoniyatga dushmanligini sezib qoladi. Shuning ortidan qamoqqa “yo’llanma” olgan bo’lishiga qaramay, keyinchalik professorning “Grippning davosini topishga umrni sarflab o’tirishning hech hojati yo’q. Odamzod dardini olaman, deb ovorai sarson bo’lib, alal-oqibat na boshqalarga, na o’ziga yordami tekkanlarni ko’p ko’rganmiz. Ha endi, odamlarning o’zi ham bunga arzimaydi-da. Qaytaga grippga o’xshagan kasalliklarni vaqti-vaqti bilan kuchaytirish, tarqatib borish kerakki, o’shanda mo’rtroqlar-u zaifroqlardan tozalanib turardik. Bu yog`i dori-darmondan ancha-muncha pul ishlab olish mumkin bo’ladi...” degan gaplaridan achchiqlanmay ham qo’yadi. Bu yerda umr bo’yi o’z-o’zi bilan kurashib kelgan insoning itoatga kelishi, psixologik detal yuz ochgan. Romandagi personajlarning aksariyati (ikkinchi darajali qahramonlar) J.Joys asarlaridagi personajlarni eslatadi. U.Hamdam psixologik tasvirning portret xarakteristikasi, dialogik sahanalar, bosh qahramon xarakterini emperik ifodalash, mimika, jest, so’zlar talaffuzidagi o’zgarishlar kabi usullaridan foydalangan. Diana, Larisa xola, Tursunboy jontalash, Marat, Iskandar, Mahkam, Farida, Sadir kabi personajlar asosan Akbar va qisman Tabibning ichki dunyosini ochib berishga xizmat qilishgan. Personaj xarakterini ochish psixologik tasvirning birlamchi muhim vazifasidir. Yuz-ko’z ifodasi, mimika, imo-ishora, gavda holati kabi noverbal xatti-harakatlar ko’pincha personaj ko’nglida kechayotgan hislardan guvohlik beradi. U.Hamdam “Isyon va itoat” romanida Akbarning nafaqat tashqi 2 Skаftimоv А. P. Nrаvstvеnnые iskаniya russkiх pisаtеlеy. – M., 1972. S 437. 33 qiyofasini, balki tashqining nuqsi orqali shakllangan ruhiy olami – qalb dramatizmini chizishga bag`ishlaydi. Yozuvchi ayniqsa, qahramonlarining ahvoli-ruhiyati, ichki holati yuzaga toshgan paytini mohirlik bilar tasvirlaydi: “Akbarning oyoq-qo’llari qaqshab og`rirdi. Ular kaltak zarbidan chunonam bo’lmasdi. Garchi zo’ravonlar ketgan kezda, yarim yo’lda fikrini o’zgartirib qaytib kep qolsa nima bo’ladi? Ustiga-ustak Akbarga mardlik qilib bir bog`lam pul tashlab ketishgan bo’lsa... Akbar tishini tishiga qo’yib harakatga keldi, nariroqda turgan stul oldiga bordi-da, unga suyanib o’rnidan turib oldi va shunda chap qo’lidagi kuchli, chidab bo’lmas og`riqqa duch keldi: u singan edi...” (21-bet.) Tashqi ko’rinish ba`zida personaj xarakteriga ishora qiladi. Muallif Akbarning portretini chizar ekan, uning haqiqiy o’zbekligini, soddaligini, pokdomonligini ko’rsatish uchun boshqalardan ayricha ekanligiga shama qiladi. Uning ko’nglidagi isyon hech narsadan qoniqmaslik va buning ortidan kelib chiqadigan xatti-harakatlardan iborat edi. Kitobxon roman boshidayoq qahramonning g`ayrioddiyligidan voqif bo’ladi. Personaj portreti – bu uning tashqi ko’rinishi: yuzi, jussasining statik yoki dinamik (yuzdagi ifoda, ayniqsa ko’z, mimika, xatti-harakat, qiliq va yurishidagi o’ziga xoslik) tasviridir; personaj libosi – portretning bir qismidir. Portretning ba`zi bir tabiiy qirralari badiiy asarda muhim o’rin tutadi. Ular kitobxonda personajning qaysi millatga mansubligi va ijtimoiy kelib chiqishi haqida dastlabki tasavvurlarni uyg`otadi. Bunda uning liboslari, ma`naviyatidan dalolat beruvchi manerasi katta ahamiyat kasb etadi: “Ulkan chuqurlikda joylashtirilgan va chor tomoni panjara bilan o’ralgan bu mashina go’sht maydalaydigan bahaybat “myasorubka” ekanligini Akbar endi angladi. Tiliga duo ko’chib chiqdi. Ko’z oldida o’g`li va qizi namoyon bo’ldi. So’ng ular achchiq yoshga to’ldi. - Hali vaqt bor, tiz cho’kib yolborsang, tirik qolishing mumkin, o’zbek!.. – orqadan “Boss”ning ovozi eshitildi. 34 - O’zbekligimdan tashqari yana men erkakman!!.. – baqirdi Akbar unga behuda hamla qilib” (17-bet). Ushbu sahnadan ko’rinib turibdiki, o’lim yoqasida turgan Akbarning portreti dinamik tarzda chizilgan: uning qiliqlari, o’zini tutishidagi alohidalik psixologik tasvir orqali amalga oshirilgan. Aynan shu qilig`i va so’zlaridan so’ng “Boss”ning “erkak”ligi tutib qoladi va uni o’ldirmasdan, qo’yib yuborishni buyuradi. Qahramon portretining o’ziga xosligi asarning qaysi adabiy janrga mansubligiga ham bog`liqdir. Dramada muallif asosan personajning yoshi, harakatdagi shaxslar ro’yxatida tutgan mavqei, o’zini tutishi bilan bog`liq detallarni remarkada ko’rsatib o’tish bilan cheklanadi. Personajni mayda tafsilotlari bilan tasvirlash eposga xos xususiyat bo’lib, aynan epik asarlarda qahramon portreti favqulodda batafsil ko’rinish oladi, uning jamiyatdagi mavqei va xarakteri haqida mufassal taassurot uyg`otadi. Adabiy qahramon zamonaviy nazariyotchilar nazdida “harakat, kechinma, fikr sub`ekti” (L.V. Chernets), odat va qiliqlar, mulohaza va noverbal xulq-atvor jamuljamidan tug`iladigan ko’ptarkibli mukammal strukturadir. Badiiy asar dunyosining portret, peyzaj, interer kabi komponentlari syujetni tashkil etadigan voqealar va personajlarni tasvirlash bilan turli darajada aloqadordir. Portretni tasvirlash yo’llari, yo’sinlari ham rang-barang. Epik asarlarda portretlarni ekspozitsion (saraxbor) va dinamik (o’suvchan, rivojlanuvchan) portretlarga ajratish mumkin. Ekspozitsion portret – bu odatda, asarda ilk marta ko’rinish bergan qahramon tashqi ko’rinishidagi detallarning birma-bir sanab o’tilishidir. Ekspozitsion portret qator tipiklashgan xarakteristikalar yig`indisidan iborat bo’lib, personaj ruhiy holatining qandayligidan qat`iy nazar, o’zida shaxsning o’zgarmaydigan, barqaror sifat va xislatlarini aks ettiradi. U badiiy umumlashtirilgan bo’lib, ayni paytda, asosiy qahramonlar taqdiriga ta`sir etuvchi kuchlarning alomatlarini ham o’zida ifodalaydi. Bunga romandagi Tabib portretini misol qilib keltirsa bo’ladi: 35 “Tabiblik o’zi shunaqa: bir kun bemorga qo’shilib yig`lasang, boshqa kun u bilan birga kulasan. Tursunboy jontalashning o’limi tabibni qanchalik ezgan bo’lsa, Nigina qizning kundan-kunga sog`ayib borayotganligi shuncha quvontirardi. Ha, tabib shunaqa edi. Har bitta kasalni davolay boshlqar ekan, o’sha bemordagi dardga qarshi o’zi jangga kirishar, yengib chiqqanda hammadan ko’ra ko’proq sevinar, yengilganda esa o’zini qo’ygani joy topolmay qiynalar, o’zini – insonni ojiz sezib tipirchilardi” (59-bet). Asliy-psixologik portret nafaqat qahramon tashqi qiyofasini, balki uning shaxs sifatidagi tadrijiy dinamikasini ham aks ettiradi. Bunday portret badiiy asarlarning markaziy qahramonlari uchungina xos. Tavsiflanish yo’siniga qarab psixologik portret pinhoniy yoki ochiqdan-ochiq tasvirga ega bo’lishi mumkin. Umuman, portretlarni tasvirlash usullari turli-tuman bo’lib, unda muallifning xolis xarakteristikasi ham, qahramonning nutqida anglashiladigan taassurotlari ham, ichki sub`ektiv idroki ham ko’zga chalinadi. Akbarning roman oxirlagani sayin shaxs sifatida intensiv shakllanib borishi yozuvchi tomonidan ochiqdanochiq ruhiy tahlil orqali tasvirlangan-ki, alal oqibat uning o’zi Ustozlik maqomiga ko’tariladi, Iskandarga yo’l ko’rsatadi. Psixologik portretda muallifning asosiy diqqat-e`tibori qahramon xarakterini ochadigan, o’y-kechinmalarini ifodalaydigan qabariq (noyob) detalga qaratiladi. Obrazni ruhiy va axloqiy-ma`naviy mazmun bilan to’ldiradigan bunday detal` portretda o’ziga xoslik kasb etadi. U orqali qahramonning ruhiy belgilari aniq-ravshan ko’rinadi: “Odamga ruh hayotidan judayam oz ilm berildi”, deyiladi muqaddas kitoblarda. “Ehtimol shu bexabarlikdadir inson iztiroblarining bir uchi, tag`in kim biladi deysiz”, - deb yashadi butun umr Akbar. Endi... qachonki uning bag`rida gurillab yongan isyon gulxani o’chgach, g`ofillik ham uni qiynamay qo’ydi. Qaytaga, isyon o’rnida tug`ilgan o’sha kayfiyat – o’sha itoat... ruhida qandaydir bir ma`rifat bor edi. Ma`rifatki, g`ofillikni, uning alamini yuvib yuborishga 36 qodir... Ma`rifatki, butun umr jizg`anagi chiqib kuygan ko’ngilga, qio’ib ketgan ko’ngilga bir yengil, bir sarin, bir yoqimli shabbodaday ta`sir qiladigan...” (133- bet.) Razm solinsa, shu birgina parchadan inson qalbi evrilishlarining tasviri personaj xarakteristikasida qanchalik katta ahamiyat kasb etishini sezish mumkin. Personaj nutqida anglashilayotgan muallifning xolis xarakteristikasi ham, Akbarning ichki sub`ektiv idroki ham portretda yaqqol namoyon bo’layotir. Muallif birgina itoat detalidan foydalanib qahramon ruhiyatining iqlimini tahlilga tortmoqda. Dinamik portret, asarda qahramon tashqi qiyofasining batafsil tasviriga yetarli o’rin ajratilmagan hollarda, roman bo’ylab sochilib ketgan alohida detallar shaklida bo’y ko’rsatadi. Yozuvchi qahramonni yangi qirralar bilan boyitish, tashqi ko’rinishi va o’zini tutishidagi o’zgarishlarni qayd etish maqsadida portretga qayta-qayta murojaat etishi mumkin. “Isyon va itoat” romanining avvalida yosh, qiziqqon Akbarning qamoqqa tushib qolishi tasvirlansa, syujet siljishi davomida u ulg`ayadi, farzandli bo’ladi, asar so’ngiga kelib ustozi – Tabib qatori bo’lib qoladi. Muallif o’z qahramonini shunchalik chuqur biladiki, tasvir va portret bir yo’la berib borilaveradi. Portretni bu tarzda berish xarakter tabiiyligini belgilaydi, uni jonlantirib yuboradi. Ayrim hollarda portret boshqa bir personaj nigohlari orqali ham berilishi mumkin. U holda portret o’zlashtirma taassurotlarni uzatadi. Bunday portret shunisi bilan ahamiyatliki, u bir vaqtning o’zida personajni ham, unga qarab turganlarni ham xarakterlaydi: “..Diana Akbarning quloq chakkasida paydo bo’lgan bir-ikki oq tolalarni payqadi-yu, o’zida – shaxsiyatida, qarashlarida qittay bo’lsa-da bir cho’kishni, qartayishni, taqdirga tan berishni ko’rmadi, sezmadi. Aksincha, ayol bu g`alati sehrga ega erkakning dunyosiga qanchalik kirgani sayin unga shunchalik yaqinlashib, bog`lanib, mehr-muhabbati ortib borardi” (108-bet). 37 Adabiy portretlar – xarakterlar badiiy tasvirining asosiy vositalaridan biri sifatida muhim ifodaviy funktsiyalarni bajaradi: xarakterga “kirish” hisoblanadi; uning muhim qirralarini belgilaydi; xarakter to’laligiga, butunligiga aniqlik kiritadi; birgina personajning bir yoki bir nechta portreti orqali xarakterning jonsiz yo dinamikligi ko’rinadi. U.Hamdam qahramon haqidagi to’la tasavvurni kitobxon fantaziyasiga ishonib topshiradi-da, uni tasvirlash bobida bor-yo’g`i bir nechta yorqin detal bilan cheklanib qo’ya qoladi. Yozuvchining diqqati personajning alohida qirralariga qaratilgan bo’lishi mumkin, qolganini esa o’zimiz, xayolimizda tiklaymiz, chizib olamiz. Xullas, psixologik tasvir orqali qahramonning ma`naviy dunyosi aniqravshan ko’rinadi. San`atkor obrazning qalbini, ichki dunyosini chuqur yoritish uchun portretni harakatda berishga tirishadi. Barchamizga ma`lumki, keyingi yillarda yaratilayotgan, xususan epik janrlar orasida ikmoniyati, mavzu doirasi anchayin keng romanda ramziymajoziy talqin yetakchi unsurlar sirasiga kirib bormoqda. Aslida, avvalliga nazmiy asarlarda, ya`ni jadid adabiyotigagacha bo’lgan davr oralig`ida hissiy kechinmani (bu hol ko’proq lirikada) hayotiy ma`no va falsafiy-ruhiy tasavvurlarni tabiat jonzotlari timsolida, ba`zan uyg`un ravishda idrok etish ana`nasi kuchaygani barchamizga oydek ravshan. Buning yorqin misolida Gulhaniy masallari, Turdi Farog`iy, So’fi Ollohyor lirikasida ko’rishimiz mumkin. Adabiy tadrij davom etgani bois, XX asr ibtidosida nasriy asarlar urf bo’la boshlagan bir davrda Qodiriy, Cho’lpon kabi zabardast nosirlar ijodida bunga o’zgacha yondashildi. Xususan, shakllangan adabiy an`analar istiqlol davriga kelib o’zgacha mohiyat kasb etdi. «Bizdagi adabiy-ilmiy talqinlar va tahlillar doirasi kengaymoqda; jahon adabiyotshunosligidagi o’tkinchi va etakchi tamoyillarga qiziqish kuchaydi» (B.Karim). Ayni ushbu e`tirofda jon bor. Endilikda badiiy shakl (roman) butun murakkabligicha ramz va majozga yo’g`irilib, aynan shu kechinma orqali inson ruhoniy borlig`ini – jamiyat 38 hayotini, odamzod tabiatini tasvirlashga alohida e`tibor berilmoqda. Bu borada «tadrijiy epik ko’lam» desak to’g`riroq bo’lar, negaki har qanday yangilik avvalida o’sha davr kayfiyatidan kelib chiqib iste`molga kiritiladi. Demak, badiiy talqinlarda real hayotning qaynoq nafasini ramzlarda aks ettirish ham bir san`at ekanligi ayonlashadi. Bu xildagi fikrlarni o’rtoqlashishdan maqsad shuki, adiblar ijodida tamomila ramziy-majoziy tasvir shartliligi, yaxlitligi o’ziga xos tarzda ifoda etila boshlandi. X.Do’stmuhammad, O.Muxtor, U.Hamdam, T.Rustam kabi romannavislar badiiy izlanishlarida, N.Eshonqul, E.A`zam, S.Vafo kabi iste`dodli qissanavislar ijodida u yoki bu darajada ramziy-majoziy talqin orqali inson va davr kayfiyati, bir so’z bilan aytganda o’y-kechinmalarini tasvirlash jiddiy ko’zga tashlanadi. Aynan, yuqoridagi adiblar qatorida yozuvchi U.Hamdam «Isyon va itoat» romanida davr kayfiyati va inson ruhiyatini real hayot va ramziy-majoziy talqinni – sinkretik (qorishiq) holda tasvirlaydi. Davr muammolarining tub ildizi – isyon-u itoatning ibtidosi Odam Ato va Momo Havo davriga borib taqalishini, ildizi ana shu oraliqda bo’y ko’rsatishini xilmaxil personajlar tabiati, taqidiri, qismati asosida chizishga musharraf bo’ladi. Roman janri bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarimizdan biri Islomjon Yoqubov e`tiroficha «Roman olamning o’ziga xos siqiq manzarasini mujassamlashtira boshladi. Ko’p planli mazmun, sertarmoq sujet, kompozitsion rang-baranglik, jahon epik tajribasiga xos tasviriy vosita va usullarni qo’llash, shakliy ixchamlikka intilishni o’zlashtira bordi» 1 . Darvoqe, olimning ushbu fikrini «Isyon va itoat» romaniga ham mengzash mumkin bo’ladi. Shu jihatidan olib qaraydigan bo’lsak, U.Hamdam romanlarida «kompozitsion rangbaranglik»ning mantiqiy tadriji ko’zga tashlanadi. Binobarin, romanda o’zligini, tabiatini, ojizligini anglash sari intilayotgan, umuminsoniy muammolar xususida mulohaza yuritayotgan Tabib, yolg`izligidan siqilib, real hayotda ham ko’plab odamlar – do’st-u birodarlari orasida dili kemtikligidan iztirobga tushayotgan Larisa xola, umrini mehnatga bag`ishlagan, o’zini asrab-avaylamagan 1 I.Yoqubоv. Bаdiiy-estеtik so’z sеhri. –T.: «FTM nаshriyoti». 2011. 283-bеt. 39 Tursunboy jontalash, boylik, rohat-farog`at quchog`ida yashashni maqsad qilgan Mahkam, o’z go’zalligiga shaydo bo’lib, guldek umrini xazonga aylantirgan va bu yo’ldan qaytishga jazm etgan Diana kabi personajlar asar komponentlarida etakchilik qiladi. Bularning taqdirini, kelajagini, hayotdagi o’rnini, jonli, real lavhalarda tasvirlagan yozuvchi har biriga alohida mehr bilan yondashadi. Chunki bani inson baxtli yashash uchun intiladi, bu borada o’zligidan kechishga ham tayyor yashaydi. Sababki, xatolardan xulosa chiqarib yashash, shu yo’l bilan o’z hayotini o’nglashga intilish har bir ojiz bandaning am`molidir. Biroq ba`zan qismatga ko’nikish uchun qanchadan-qancha zahmatlar chekilishi «Isyon va itoat»da o’z tajassumini topgan.
Yüklə 39,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin