Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob'ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir. Umuman, borliq muammosini tadqiq etishda falsafa kishilarning amaliy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy va shular kabi faoliyatlariga va bilimlariga asoslanadi.
Moddiy borliq 3 turga bo’linadi
1. Tabiiy borliq yoki tabiat borlig’i
2. Insoniy borliq yoki inson borlig’i
3. Ijtimoiy borliq yoki jamiyat moddiy borlig’i
Bunda borliq kategoriyasi u bilan uzviy bog’liq bo’lgan “mavjudlik”, “reallik” va boshqa shular kabi bir qator falsafiy kategoriyalaryordamida o’rganiladi. Falsafa borliq tushunchasini eng umumiy tushuncha sifatida o’ziga boshlang’ich kategoriya qilib qabul qiladi. Lekin borliq kategoriyasini falsafaga bunday boshlang’ich kategoriya qilib kiritishga e’tiroz bildiruvchilar ham mavjud. Ular borliq kategoriyasi narsalarning konkret xossasini ifodalamasligi sababli uni falsafadan chiqarib tashlash kerak, degan g’oyani ilgari suradi. Bu e’tirozning noto’g’rili shundaki, falsafiy kategoriyalar narsalarning konkret belgilarni emas, aksincha, dunyodagi eng umumiy aloqadorliklarni, eng umumiy tomonni, ya’ni hamma moddiy va ma’naviy predmet va hodisalarning realligini ifodalaydi. Ba’zilar esa, borliq, avvalo, mavjudlik orqali ifodalanar ekan, borliq kategoriyalarini ishlatishga ehtiyoj yo’q, chunki “borliq” tushunchasi bilan “mavjudlik” tushunchasi aynan bir narsadir, deyishadi. Gap shundaki, borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudlinigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka nisbatan umumiyroq va kengroq mazmunga ega bo’lgan reallikni bildiradi. Demak, falsafada borliq kategoriyasi dunyo, tabiat, inson, jamiyat, inson ongi, uning individuallashgan va moddiylashgan ko’rinishlarning shunchaki mavjudligini emas, balki ulardagi umumiyroq xarekterga ega bo’lgan reallikka xos eng umumiyroq aloqadorlikni ifodalaydi. Binobarin, dunyo, undagi narsa va hodisalar o’zlarining barcha xususiyatlari va xossalari bilan birlikda mavjud bo’lib, ular o’z realliklari bilan umumiy birlikka egadir, ular o’rtasidagi umumiy aloqadorlik borliq kategoriyasida ifodalanadi. Borliq tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurdagina xos bo’lib, fikrlash jarayonida kishilar, bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, voqea va hodisalar, jarayonlar o’rtasidagi eng umumiy tomon - ularning realligi haqida fikr yuritadilar. Borliq kategoriyasi va oz’iga xos xususiyatlaridan hamda uning falsafada tutgan o’rnidan kelib chiqib, to’g’ri fikr yuritish bilan bir qator sohalarda xatolarga yo’l qo’yishimizni oldini oladi. Masalan, borliqni narsalarga yoki fikrning mavjudligigao’xshatish unchalik to’gri bo’lmaganidak, uni faqat moddiy narslarga nisbatan qo’llash yoki aksincha, uni faqat ma’naviy narsalar: sof fikr, g’oyalar, faqat ong va uning mahsullariga nisbatan ishlatish ham xatodir. Borliq kategoriyasi falsafiy kategoriyalar ichida boshlang’ich kategoriya bo’lib, o’tmishdagi va hozirgi davrdagi juda ko’p faylasufar o’z qarashlarini bu kategoriya orqali ifodalashadi. Shu tufayli falsafada borliq to’g’risida alohida ta’limot mavjudligi haqidagi masala atrofida qizg’in munozaralar davom etib kelmoqda. Falsafiy adabiyotlarda borliq haqidagi ta’limot ontologiya, deb atalib, o’zining kategorial statusiga egadir, degan fikr keng qo’llanilmoqda. Borliqning atributlari. Muayyan jismning aynan shu jism ekanliginibelgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo'ladi. Borliqning ham birqancha atributlari mayjuddir. ular: harakat, fazo, vaqt, in'ikos, ong vaboshqalar. Borliq o'zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo'ladi.Endi borliqning atributlari, ya'ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to'xtab o'taylik.
Dostları ilə paylaş: |