Harakat
Harakat — borliqning ajralmas xususiyati
boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang
Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik)
ifodalovchi falsafiy kategoriya. H.
tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka
aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni,
olamning betoʻxtov yangilanib borishini
aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon
H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday
oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat
moddiy obʼyektlarga emas, balki
maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham
xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy)
obʼyektning mavjudligi undagi H. va
oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu
sababli H. borliqning asosiy mavjudlik
shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy
borliqning quyidagi H. shakllari ajratib
koʻrsatiladi: 1) mexanik H. — jismlarning
fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa
jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha
jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga
nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi
jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga)
nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan
jismning H. i qaysi jismga nis-batan
oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq
jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan
boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar
Yerning Quyosh atrofidagi H.i haqida
gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi.
H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-
qaytma (mas, porshenning H.i), toʻgʻri
chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon
va boshqa turlari farqlanadi. 2) fizik H.
(elementar zarralar, atom yadrosi va
atomning H.dan tortib, olamning
fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va
maydon H.igacha, yorugʻlikdan tortib
koinotning gravitatsiya kuchigacha
barchasi shu H. shakliga mansubdir); 3)
kimyoviy H. (bunga mole-kulalarning
assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar
H.i, moddaning muzlashi va kristallanish
jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy
sintez va parchalanish, yonish va ok-
sidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar
kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar).
Ayrim manbalarda kimyoviy H.dan keyin
moddiy obʼyektlarning progressiv va
regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab,
yuksaklikka — biologik H.ga va quyi
yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik
H. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida
jonli organizmlarning halok boʻlishi
oqibatida katta-katta materiklar, marjon
orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning
tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H.
(jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning
namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari,
inson aql-zakovati hamda axborot
jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy,
maʼnaviy koʻrinishdagi H. shakllari ham
mavjud. Tafak-kur — fikrning H.i,
informatsion H., gʻoyaning H.i, maʼnaviy
H., xayoliy H. va boi|qalar shular
jumlasiga kiradi. /Hning eng sodda shakli
mexanik H. boʻlib, uning man-bai tashqi
taʼsirda, H. murakkab shak-llarining
mayabai esa ichki aloqadorliklarda-
‘Qadimdan H. va uning manbalari haqida
turli konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni
olamning asosiy mohiyati deb qarash
Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil,
Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari
H.ning mohiyatiga oid maxsus asarlar
yozishgan. Ular H.ning xususiyatlari,
shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni
ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa
H.ning mavjudligini ham inkor etgan.
Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-gini oʻzining
"Axill va toshbaqa", "Dixatomiya",
"Uchayotgan kamon oʻqi" kabi mashhur
aporiyalarnda isbotlashga uringan.
Sharq falsafasida esa Forobiyning
falsafiy risolalarida bu muammo
mukammal asoslab berilgan. Yangi davr
falsafasida Gegel H.ning mohiyatini
formal mantiq vositasida ifodalash
mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik
mantiq doirasidagina izohlash
mumkinligini taʼkidlagan. H.ni
tushuntirishda H.ning moddiy tashuvchisi,
manbai haqidagi gʻoyalar muhim
ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland
(1670—1722) H.ni materiya bilan bogʻlab
tushuntiradi. Uning fikricha, H.siz
materiya boʻlmaganidek, materiya ham
H.siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr
materialistik falsafaning asosiy
tamoyiliga aylandi.
H.ning moddiy tashuvchisi tushunchasi
H. oʻz-oʻzicha mavjud emas, u har doim
"nimaningdir" H.i, "nimaning-dir" oʻzgarishi
degan maʼnoni bildi-radi. Oʻsha "nima"
H.ning moddiy tashuvchisi boʻladi (u H.
shakllarini ajratib koʻrsatishda taʼkidlab
oʻtildi). Gʻoyaviy shakldagi H.lar toʻgʻrisida
gap borganda "H.ning moddiy
tashuvchisi" tushunchasi oʻz maʼnosini
yoʻqotadi. Uning oʻrnini "harakatlanuvchi
sistema" tushunchasi egallaydi. Bunday
sistema moddiy yoki maʼnaviy shaklda
boʻlishi mumkin. Inson tafak-kuri,
axborotlar sistemasi, maʼnaviy sistema,
gʻoyaviy sistema va shahrik. maʼnaviy
shakldagi harakatlanuvchi sistemaga
misol boʻlishi mumkin. H.ning manbai
haqida gapirganda mutafakkirlar
qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi.
Ichki ziddiyatlar H.ning ichki manbaidir.
Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki
dastlabki turtkini H. manbai deb bilishadi.
Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik
hukmron boʻlib, keyin dastlabki turtki
tufayli u H.ga kelgan. Aslida. voqelik
H.siz boʻlishi mumkin emas, u doimo
H.da, oʻzgarishda. Bu oʻzgarishlar ichki va
tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi.
Ibn Sino jism bir joyda va bir paytning
oʻzida H.da ham, sukunatda ham
boʻlmaydi, H. zid-diyatlidir va uning
natijasidir, deb koʻrsatgan edi. Ziddiyatlar
jismni H.ga keltiradi, shu maʼnoda har
qanday H.ning manbai ziddiyatdadir. H.
shakllari borliqsagi oʻzaro
aloqadorliklarning namoyon boʻlishidir.
Oʻzaro aloqadorlik moddiy va maʼnaviy
shakllarda boʻladi va olamning yaxlitligini
taʼminlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4
xil — gravitatsion, elektromagnit, kuchli va
kuchsiz yadroviy oʻzaro aloqa-dorliklar
yotadi. Aloqadorliklar esa qoʻshilib fazo
va vaqt strukturasini tashkil etadi. H. yoki
harakatlanuvchi sistema xoh moddiy
koʻrinishda, xoh maʼnaviy koʻrinishda
boʻlishidan qatʼi nazar, olamning
oʻzgarishi va rivojlanishi asosida yotadi.
H. — mavjudlik boʻlsa, hara-katsizlik-
sokinlik — yoʻqlikka mos keladi. Shu
sababli H. borliqning adabiy va mutlaq
xususiyati, sokinlik esa oʻtkinchi va nisbiy
xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan
yuqoriga boʻladigan H. rivojlanish
deyiladi, aksi regressiv H.dir.
Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik, T.,
2001; Ibn Sina, Izbrannme filosofs-kiye
Adabiyot
proizvedeniya, M., 1980; Fayzullayev
A.F., Prinsip ustoychivosti i izmenchi-
vosti v prirode, T., 2000.
Baxtiyor Toʻrayev.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Harakat&oldid=2176509
"
Soʻnggi tahrir 13 kunlar avval 31.40.27.134 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |