Bosh miya yarim sharining po’stloq qismi, uning tuzilishi. Reja
Energiya-o’zgartiruvchi metabolizm (katabolizm) energiyaga boy moddalarning (jumladan Yog’lar, uglevodlar, oqsillar), menshe energiya ajralgan holda tarkibida energiya kamroq bo’lgan moddalarga parchalanishini o’z ichiga oladi (= dissimilyatsiya).
Energetik talablari Inson tanasining energiya ehtiyojlari va energiyani o’zgartirishi uning yoshi, jinsi, vazni, atrof muhitning harorati va jismoniy faolligi kabi ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi, hamda to’liq tinch bo’lgan holatida ham ancha farqlanadi (bazal metabolizm). Demak, moddalar almashinuvini standart sharoitda o’lchangan asosiy almashinuvga (ertalab, och qoringa, tinch dam olib turganda, tananing harorati normal bo’lib, atrof muhitning harorati maqbul bo’lganda) va turli sharoitlarda o’lchangan mashqlar paytidagi ortiqcha metabolizmga ajratish mumkin.
Ozuqa moddalarining energetik miqdori Metabolik jarayonlardan olingan energiya, boshqa jihatlardan tashqari, metabolizlanadigan moddalarning (oqsillar, yog’lar va uglevodlar) tabiatiga bog’liq bo’ladi. Agar, masalan, biz tanadan tashqari ayrim ozuqa moddalarining energiya miqdorini o’lchamoqchi bo’lsak, biz ularni yondirish kamerasida (kalorimetr) yondirib, ozod etiladigan issiqlik yoki energiyani o’lchashimiz mumkin (kaloriyalikning fizikaviy kattaligi). Natijalari kaloriyalarda (kal) yoki Joullarda (J) ko’rsatilishi mumkin, lekin amalda eng ko’p ishlatiladigan kaloriyalilikning birligi: 1 kal 4.185 J ga mos keladi.