Bosh miyaning tuzilishi



Yüklə 34,44 Kb.
səhifə2/12
tarix13.01.2023
ölçüsü34,44 Kb.
#79152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3 2 мавзу

KEYINGI MIYA
Keyingi miya uzunchoq miya bilan Varolio ko’prigidan iborat. Uzunchoq miyaning asosiy funksiyalari unda hayot uchun muhim markazlarning borligidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, orqa miyadan markazga intiluvchi yo’llar, shuningdek bosh miyaning yuqoridagi boplimlaridan markazdan qochuvchi yo’llar keyingi miya orqali o’tadi. Uzunchoq miyadagi ba’zi nerv hujayralarining opsiqlari orqa miyaning turli boiimlariga boradi va uzunchoq miya bilan orqa miyani bir-biriga bog’laydi.
Boshqa nerv hujayralarining opsiqlari esa, uzunchoq miyadan kelib chiqib. bosh miya nervlarini hosil qiladi.
Uzunchoq miyada nerv hujayralarining topplamidan vujudga keladigan markazlar muhim reflektor aktlarni yuzaga chiqaradi.
Yuqorida aytilganidek, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan. nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomirlarni harakatlantiruvchi markaz, modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir.
Bu markazlaming fiziologiyasi darslikning tegishli boblarida mukammai bayon qilingan.
Nafas markazida qo’zg’alish reflektor yopl bilan, shuningdek qonning ximiyaviy tarkibining ta’siri tufayli kelib chiqadi.
Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali o’pkadan keluvchi impulslar nafas markazini refleks yopli bilan uzluksiz qo’z gpab turadi. Qondagi karbonat angidrid asosan ximiyaviy ta’sir lovchi ekanligini yuqorida aytilganlardan bilamiz.
Shunday qilib, nafas markazining faoliyati refleks yopl bilan ham, ximiyaviy yopl bilan ham idora etiladi.
Yurak faoliyatining markazi nerv hujayralarining topplamidan iborat. Bu markazning asosiy ahamiyati yurakning ishini idora etishdan iborat. Nafas markazi kabi, yurak faoliyatining markazi ham refleks yopl bilan va ximiyaviy moddalar ta’siri bilan qo’zg’aladi. Aorta yoyidan va umumiy uyqu arteriyasining tashqi hamda ichki uyqu arteriyalariga bo’linadigan joyidan boshlanuvchi reflekslar yurak faoliyati markazining refleks yopl bilan qo’zg’alish iga misol bopla oladi. Yurak-tomir tizimining boshqa ko’p qismlari kabi shu qismlarida ham qon bosimi oshganda yurak faoliyati refleks yopli bilan tormozlanadi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi umumiy markaz ham reflektor va ximiyaviy ta’sir lar ostida bo’ladi.
Bu markaz orqa miyadagi tomirlarni harakatlantiruvchi markazlaming faoliyatiga ta’sir etadi. Aorta yoyidan va uyqu arteriyasidan boshlanuvchi refleks (yuqoriga qaralsin) tomirlami harakatlantiruvchi markazning faoliyatiga ta’sir etib, tomirlami kengaytiradi. Simpatik nerv tizimi esa tomirlami toraytiradi.
Modda almashinuvi markazlari modda almashinuvini idora etadi. Uzunchoq miyaning muayyan qismlariga igna sanchilganda siydik bilan qand chiqa boshlaydi yoki suv va tuz almashinuvi buziladi.
Metabolizm, energetik talablar va ozuqa moddalari Metabolizm organizmni yaratish, o’zgartirish va parchalash yo’li bilan hayotni saqlab turish uchun zarur bo’lgan barcha biokimyoviy jarayonlarni o’z ichiga olgan bo’lib, uni konstruktiv (produktiv, anabolik) va energiyani o’zgartiruvchi (katabolik) metabolizmga bo’lish mumkin. Anabolizm (konstruktiv metabolizm) organizmning o’sishida ishtirok etuvchi hujayra moddalarini ishlab chiqarish, ya`ni endogen moddalarni (organizmning o’z moddalarini) sintez qilishni (jumladan Oqsillar, uglevodlar, yog’lar) o’z ichiga oladi.
Umuman olganda biz moddalar, o’zga jismlar organizmning o’z moddalariga aylanadigan jarayonlarni organizmning assimilyativ energiya iste`mol qiluvchi (anabolik) jarayonlar deb ataymiz. O’simliklarda assimilyatsiya (fotosintez) quyosh nurini singdirib olishni o’z ichiga oladi, uning yordamida energetik past anorganik moddalar energiyaga boy organik moddalarga aylanadi (avtotrof organizmlar).

Yüklə 34,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin