Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Ortiqov Uyg‘un Davlatovich
Toshkent moliya instituti “Bank hisobi va audit kafedrasi” dotsenti
i.f.n.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada banklarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va boshqarishda rivojlangan mamlakatlari 
tajribasi o‘rganilgan va asosiy ko‘rsatkichlar tahlili ko‘rib chiqilgan. Tijorat banklari moliyaviy resurslarni boshqarishning 
nazariy jihatlari, boshqarishning zarurligi va o‘ziga xos jihatlari hamda boshqa qator jihatlari atroflicha o‘rganildi va tadqiq 
etildi. Mazkur maqolada ayrim rivojlangan mamlakatlar, xususan AQSh, Xitoy kabi mamlakatlar tijorat banklari moliyaviy 
resurslarini boshqarish tajribasi va rivojlanish xususiyatlari borasida tadqiqot ishini davom ettiramiz. Rivojlangan mam-
lakatlar bank amaliyotida resurslarni jalb etish holatini taqqoslama tarzda o‘rganish respublikamiz tijorat banklari resurs-
larini samarali boshqarish yuzasidan chora–tadbirlar va tegishli siyosatni ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.
Tadqiot material va metodlariga ko‘ra mavzu yuzasidan bir qator xorijiy hamda mamlakatimizning iqtisodchi-olimlari to-
monidan berilgan ta’riflar hamda fikrlari o‘rganilib, muallif tomonidan sharhlanib ularning mazmuni ochib berilgan. 
Shuningdek maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish bo‘yicha normativ 
huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda, tijorat banklarida aktivlarni boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini 
ishlab chiqish borasida taklif va amaliy tavsiyalar berilgan.
Rivojlangan mamlakatlari tajribasini o‘rganish davomida mamlakatimiz tijorat banklarida moliyaviy resurslarni boshqarish, 
ularni boshqarishning qulay bo‘lgan usullarini qo‘llashga doir nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirish yo‘llari o‘rganilib, 
iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlarida bank faoliyati bilan bog‘liq fanlarni o‘qitish, o‘quv dasturlari, darslik va 
o‘quv qo‘lanmalarni tayyorlash, shu bilan birga tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar 
uchun manba sifatida keng foydalanish masalalari bo‘yicha takliflar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banki, resurs, aktiv, majburiyat, depozit, kapital, investitsiya, jalb qilingan mablag‘, regulyativ kapital, 
qimmatli qog‘ozlar.
ОПЫТ В НЕКОТОРЫХ РАЗВИТЫХ СТРАН В УПРАВЛЕНИИ ФИНАНСОВЫМИ СРЕДСТВАМИ В БАНКАХ
Аннотация:
В данной статье изучен опыт развитых стран по формированию и управлению финансовыми ресурса-
ми в банках и рассмотрен анализ основных показателей. Были тщательно изучены и исследованы теоретические 
аспекты управления финансовыми ресурсами коммерческих банков, необходимость и особенности управления и 
ряд других аспектов. В данной статье мы продолжим исследование опыта и особенностей развития коммерческих 
банков в некоторых развитых странах, особенно в США и Китае. Сравнительное изучение состояния привлечения 
ресурсов в банковской практике развитых стран имеет важное значение при разработке мер и соответствующей 
политики, связанных с эффективным управлением ресурсами коммерческих банков нашей республики.
По материалам и методам исследования изучены определения и мнения, данные рядом зарубежных и отече-
ственных экономистов-ученых по теме, и автором объяснено их значение. Кроме того, в статье приведены пред-
ложения и практические рекомендации по разработке проекта нормативно-правового документа по управлению 
финансовыми ресурсами коммерческих банков Республики Узбекистан, и разработке программы мероприятий, 
направленных на управление активами в коммерческих банках.
В ходе изучения опыта развитых стран, путей расширения теоретических и практических знаний по управлению 
финансовыми ресурсами в коммерческих банках нашей страны, использования удобных методов их управления, 
преподавания предметов, связанных с банковской деятельностью, в высших учебных заведениях по специально-
сти экономики, подготовка учебных программ, учебников и учебных пособий, тем самым наряду с предложениями 
по вопросам широкого использования в качестве ресурса для исследователей, проводящих научные исследова-
ния по теме исследования.
Ключевые слова:
коммерческий банк, ресурс, актив, пассив, депозит, капитал, инвестиции, привлеченные сред-
ства, регулятивный капитал, ценные бумаги.


107
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
EXPERIENCE IN SOME OF DEVELOPED COUNTRIES MANAGEMENT OF FINANCIAL RESOURCES IN BANKS
Abstract:
In this article, the experience of developed countries in the formation and management of financial resources 
in banks is studied and the analysis of the main indicators is considered. The theoretical aspects of financial resources 
management of commercial banks, the necessity and specific aspects of management and a number of other aspects 
were thoroughly studied and researched. In this article, we will continue research on the experience and development 
characteristics of commercial banks in some developed countries, especially the USA and China. A comparative study of 
the state of attracting resources in the banking practice of developed countries is important in the development of mea-
sures and relevant policies related to the effective management of the resources of commercial banks of our republic.
According to the research materials and methods, the definitions and opinions given by a number of foreign and domestic 
economists-scientists on the topic were studied, and the author explained their meaning. In addition, the article provides 
proposals and practical recommendations for the development of a draft regulatory legal document on the management 
of financial resources of commercial banks of the Republic of Uzbekistan, and the development of a program of measures 
aimed at managing assets in commercial banks.
During the study of the experience of developed countries, the ways of expanding theoretical and practical knowledge 
on the management of financial resources in commercial banks of our country, the use of convenient methods of their 
management, teaching of subjects related to banking activities, preparation of training programs, textbooks and training 
manuals in higher educational institutions in the fields of economy were studied. along with suggestions on issues of wide 
use as a resource for researchers conducting scientific research on the research topic.
Key words:
commercial bank, resource, asset, liability, deposit, capital, investment, raised funds, regulatory capital, se-
curities.
K I R I S H
Banklarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va boshqarishda doimo ularning daromadliligi va likvidliligi 
degan bozor unsuri faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat banklari moliyaviy resurslarni shakllantirish va ularni daromadlili-
gini ta’minlash bilan bir qatorda banklar dikvidliligini yo‘qotmagan holda – o‘z mijozlari va kontragentlari oldidagi 
majburiyatlarini bajararishi zarurdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son “2020–2025-yillarga mo‘ljal-
langan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida tijorat bankla-
ri kredit portfelini va ular faoliyatidagi risklarni boshqarish sifatini oshirish mamlakat bank tizimini isloh qilishning 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan 
[1]
. So‘nggi yillarda aholining banklarga bo‘lgan ishonchini yana-
da mustahkamlash, bank aktivlari likvidliligi, to‘lovga qobiliyatliligi va barqarorligini ta’minlash borasida ulkan 
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Respublikamiz banklarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator 
dolzarb muammolar mavjud. Xususan, Respublikamizda pandemiya sababli banklardagi muammoli kreditlar-
ning (NPL) jami kreditlardagi ulushi 5–6 foizgacha keskin ko‘tarildi. Pandemiya bilan bir qatorda davlat dastur-
lari asosida kreditlash va banklar tomonidan muammoli kreditlar hisobini yuritishning takomillashtirilishi natijasi-
da muammoli kreditlar miqdori sezilarli o‘sdi. 2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning muammoli kreditlar 
ulushi (4,9 foiz) Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari (5,9 foiz) hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz 
mamlakatlari (5,2 foiz) bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastroq bo‘ldi. Tarmoqlar qirqimida muammoli kreditlar 
sanoat va qishloq xo‘jaligida sezilarli oshgan 
[2]

Shuningdek, (Basel Committee on Banking Supervision. (2021) bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel qo‘mi-
tasining Bazel–3 talablariga asosan, bank aktivlari likvidliligiga, jumladan, tijorat banklari likvidliligiga alohida e’ti-
bor karatilgan 
[3]
. Xalqaro Bazel qo‘mitasining tavsiyalariga asosan tijorat banklari likvidliligini baholashda yangi 
me’yoriy ko‘rsatkichlar joriy qilindi. Jumladan, joriy likvidlilik va leveraj ko‘rsatkichidan tashqari tijorat banklari 
uchun – likvidlilikni qoplash me’yoriy koeffitsiyenti va sof barqarorlashtirish me’yoriy koeffitsiyenti joriy qilindi. 
Markaziy bank tijorat banklari tomonidan ushbu me’yorlarni bajarishini ta’minlash orqali banklarning likvidliligi 
hamda bank aktivlarining likvidliligini o‘rnatilgan me’yor darajasida nazorat qilish imkoni mavjud bo‘ladi.
Bank aktivlari likvidliligi barqaror bo‘lishi bank mijozlarining bankka bo‘lgan ishonchini ortishiga va shu 
orqali bank tizimida moliyaviy mablag‘larning oqimini kengayishiga olib keladi. Bank aktivlari likvidliligi nobarqa-
ror bo‘lgan holatda mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi kamayib, ular o‘z mablag‘larini banklardan olib 
chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, iqtisodiyotda bankdan tashqari aylanmalarni oshishiga olib keladi.
Shu sababli ham bank aktivlari likvidliligiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganib chiqish lozim. Har bir omilning 
bank aktivlari likvidliligiga ta’siri qanday darajada ekanligi, qaysi omillarni o‘zgartirish orqali eng yaxshi natijalar-
ga erishish mumkinligi bo‘yicha aniq tahlillarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Iqtisodiy adabiyotlarda bank aktivlari likvidliligiga iqtisodchilar tomonidan deyarli bir xil ta’rif beriladi. Jum-
ladan, bank aktivlari likvidliligi (Yensu Joseph, Hadrat Yusif, 2021) bank aktivlarining tez pulga aylanish dara-
jasidir 
[4]



T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
108
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Bank boshqaruvi va bank tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar (Farag, Harland, va Nixon, (2013) 
to‘g‘risida izlanishlarda esa bank aktivlari likvidliligiga qulay bahoda, talab qilingan miqdorda va kerakli vaqtda 
likvid aktivlarni topa olish qobiliyati deb ta’rif berilgan 
[5]
.
AQShlik taniqli iqtisodchi olim J. Sinkining fikriga ko‘ra, tijorat banklari likvidliligini ta’minlashda feder-
al fondlar, depozit sertifikatlari kabi aktivlarini sotish va Repobitimlaridan keng ko‘lamda foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi, bu esa, ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi va kutilayotgan daromad 
nazariyasini amaliyotda qo‘llanilayotganligi bilan izohlanadi 
[6]
.
J. Sinkining ushbu xulosasi respublikamiz bank amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bue-
sa, respublikamizda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanmaganligi va tijorat banklarining yuqori likvidli qim-
matli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarining brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining kichik ekanligi bilan izohla-
nadi. Shusababli, yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida mamlakat 
fond bozorida operatsiyalarning yillik hajmini hozirgi 200 mln. AQSh dollaridan 2026-yilga borib 7 mlrd. AQSh 
dollariga yetkazish vazifasi belgilangan 
[7]
.
Rossiya banklari likvidliligini qanday qilib tiklash (Prokofyeva, 2019) bo‘yicha ham izlanishlar olib borilgan 
bo‘lib, o‘z tadqiqotida bank likvidliligiga ta’sir qiluvchi omillarni ichki va tashqi o‘laroq ikkiga o‘rgangan, hamda 
bank likvidliligi tushunchasiga yanada kengroq yondashgan holda bankning qarz, moliyaviy va balansdan tash-
qari majburiyatlarini bajara olish qobiliyati deb ta’rif bergan 
[8]

Rossiyalik iqtisodchi olimlardan (Abdullazanova, Kalacheva 2020) bank aktivlari likvidliligiga asosiy e’tibor 
qaratgan holda amalda bank likvidlilik talabini doimo mavjud aktivlari hisobiga emas, balki banklararo kredit 
resurslari bozoridan resurs jalb etgan holda ham bajarishi mumkinligi to‘g‘risida aytadi va bank likvidliligi umum-
lashgan ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, bank faoliyati ishonchliligini ko‘rsatadi hamda agar mijozlar oldidagi ma-
jburiyatlarini o‘z vaqtida va hech qanday yo‘qotishlarsiz bajara olsa, bank likvid hisoblanadi deya ta’rif beradi 
[9]
.
Bank aktivlari likvidliligi bank tomonidan o‘zining joriy va kelajakdagi majburiyat va to‘lovlarini hamda kredit 
olish borasidagi mijozlarning talablarini o‘z vaqtida bajarish uchun muhimdir.
Endi bank likvidliligini boshqarish to‘g‘risida olib borilgan ilmiy izlanishlar va nazariyalar to‘g‘risida to‘xtaladigan 
bo‘lsak, ushbu mavzuda ham xorijiy va mamlakatimiz olimlari tomonidan ilmiy qarashlar va nazariyalar mavjud.
Iqtisodiyotda moliyaviy inqirozlarning bir necha-marta takrorlanishi oqibatida banklar o‘sib boruvchi likvidli-
lik riski bilan to‘qnashadi va bu o‘z navbatida banklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ana 
shunday paytda bank aktivlarida likvidlilik riski yuzaga kelganda, likvidlilik holatini boshqarish jarayonida likvidli-
likning muvozanatda bo‘lishi yoki salbiy holatga tushib qolishida, birgina muhim strategik qaror qabul qilinishi 
orqali bank likvidlilik ahvolining yomonlashuvini oldini olish va majburiyatlarni to‘liq bajarishiga erishish mumkin 
(Mukherjee, Pana, 2018) 
[10]
.
Bank boshqaruvi doirasida bank aktivlari likvidliligini boshqarish (Bakhriddin Berdiyarov (2021) bo‘yicha 
yozilgan maqolada ham bank aktivlari likvidliligini boshqarishning mavjud strategiyalari yoritib berilgan 
[11]
. Ush-
bu maqolada likvidlilikni boshqarish aktivlarni boshqarish, faqat passivlarni boshqarish hamda bir vaqtning 
o‘zida ikkala, ya’ni aktivlarni va passivlarni boshqarishga asoslanganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, har bir 
nazorat usullari o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega ekanligini inobatga olib, har bir bank ko‘rsatayotgan 
operatsiyalari harakteridan kelib chiqqan holda qo‘llanishi to‘g‘risida fikr bildirilgan. 
Odatda likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul 
ko‘rinishida bo‘lmagan aktivlar naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag‘lar yuzaga keladi.
Bank tizimi likvidliligi (Challoumis, 2019) yuqori likvidli mablag‘lar hajmi, to‘lov tizimining uzluksiz ishlashi
markaziy bank tomonidan umumiy nazoratni o‘rnatilganligi, shuningdek, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
barqarorligi bilan ta’minlanadi 
[12]
.
Banklar faoliyatining samaradorligi – mijozlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajara olishi bilan belgi-
lanadi. Tarixdan ma’lumki (Abdullayeva 2003) pul almashtiruvchi sarroflar o‘z majburiyati va qarzlarini to‘lay ol-
masa yoki topshiriqlarni bajara olmasa, ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, ularning stollari 
sindirilgan va “banco rotto”, ya’ni bankrot deb e’lon qilingan 
[13]
.
Bank likvidliligi bo‘yicha risklarning ortishiga ta’sir qiluvchi bir qancha omillar mavjudki, bu omillar bank 
likvidliligiga alohida ahamiyat berishni va bank likvidliligi bo‘yicha riskni doimiy ravishda kuzatib borishni talab 
qiladi. Shu sababli banklar o‘z daromadidan kechib bo‘lsa ham, likvidlilikni saqlab turishga majbur. 
O‘z navbatida, resurslar banklarning daromadliligini oshirish maqsadiga yo‘naltirilsa, unda bu bankning 
likvidliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, banklarning likvidliligi va daromadliligi o‘zaro teskari mutanosiblikda namo-
yon bo‘ladi.
Bank aktivlari likvidliligiga tijorat banklari likvidliligi, markaziy bank monetar siyosat instrumentlarian foyda-
langanlik darajasi va markaziy bank nazorat funksiyalarining samaradorligi ta’sir ko‘rsatadi.
Bank aktivlari likvidliligini, bu orqali esa bank tizimi likvidliligini ta’minlashda markaziy banklar muhim rol 
o‘ynaydi. Ular o‘zlarining monetar vositalari orqali banklarning likvidliligiga ta’sir ko‘rsatadi, tijorat banklari uchun 
likvidlilik me’yorlarini belgilaydi va uni bajarishi ustidan monitoringini o‘rnatadi.


109
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Shu boisdan, tijorat banklari resurslari mohiyatini ta’riflaganda nafaqat ularning qaysi manbalar hisobidan 
tashkil qilinganligini e’tiborga olish, balki u mablag‘lar bankning maqsadli faoliyati uchun zarur va muhimligini 
hamda ularning samaradorligiga erishishni ham ko‘zda tutish lozim.
M A T E R I A L VA M E T O D
Maqolada tahlil qilingan ma’lumotlar asosan tijorat banklarining yillik hisobot ma’lumotlari, shuningdek 
Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlaridan olindi.
Ilmiy tadqiqotni bajarishda statistik guruhlash, induksiya va deduksiya, ekspert baholash, qiyosiy va trendli 
tahlil usullaridan foydalanildi. 
Shuningdek, maqolada analitik tadqiqot sifatida bo‘ylama kesim (Longitudinal) tadqiqotlari metodologiyasi-
dan foydalangan holda tahlil birligi sifatida obyekt tanlab, ma’lumotlarni bir necha yil davomida o‘rganish orqali 
tadqiqot muammosini o‘zgarish dinamikasini tahlil qilindi.
N A T I J A L A R
Rivojlangan mamlakatlar, xususan AQSh, Xitoy kabi mamlakatlar tijorat banklari moliyaviy resurslarini 
boshqarish tajribasi va rivojlanish xususiyatlari borasida tadqiqot ishini davom ettiramiz. Rivojlangan mamlakat-
lar bank amaliyotida resurslarni jalb etish holatini taqqoslama tarzda o‘rganish respublikamiz tijorat banklari 
resurslarini samarali boshqarish yuzasidan chora-tadbirlar va tegishli siyosatni ishlab chiqishda muhim his-
oblanadi.
E’tirof etish lozim, rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida bank resurslarini boshqarish yuzasidan 
ma’lum darajada tegishli tajriba va andozalar mavjudki, ularning ijobiy jihatlarini mamlakatimiz tijorat banklar-
iga tatbiq etish foydadan holi bo‘lmaydi. Lekin, shuni aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda ham tijorat 
banklari resurslarini boshqarish masalasi 1980-yillardan boshlab dolzarb vazifalardan biri sifatida-maydonga 
chiqdi va hozirgi paytda doimiy takomillashib borish jarayonini boshidan kechirmoqda 
[14]
.
AQShda tijorat banklarida resurslarni boshqarish bank sanoatining murakkab tabiati tufayli yuzaga keladi-
gan turli masalalar va muammolarni o‘z ichiga oladi. Ushbu qiyinchiliklar banklarning samaradorligi, rentabelligi 
va umumiy faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Biz dastlab AQShdagi tijorat banklarida resurslarni boshqarishda 
mavjud asosiy muammolar o‘rganamiz va ularni hal qilish bo‘yicha potensial strategiyalarni muhokama qilamiz. 
Shundan so‘ng AQSh banklaridan ayrimlarini moliyaviy hisobotlarining amaliy jihatlari bilan tanishib chiqamiz. 
Xususan, AQShda ayni paytlarda tijorta banklari resurslarini boshqarishda quyidagilar dolzarb hisoblanadi. 

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin