306
Tomchilari yomg‘ir kabi ucharkan,
Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar?
Yov bormi, deb to‘rt tarafni tinglaylar?
Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida,
Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar
Har qorong‘i, qo‘rqinch
tunning betida
Shifo istab kelmasin der, qo‘noqlar.
– Bu nega?
Ayt menga.
Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,
Ustlarida na poda bor,
na yilqi,
Podachilar qaysi dorga osilg‘on?
Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga
– Oh, yig‘i,
Bu nega?
Tumorchalar, hamoyillar
1
taqingan,
Dalalarda
lola bargi yopingan,
Tog‘-toshlarda o‘yin qilgan,
Chopingan
Go‘zal qizlar, yosh kelinlar qayerda?
Javob yo‘qmi ko‘klardan-da, yerdan-da,
Xarob bo‘lgan eldan-da.
Ot minganda qushlar kabi uchguvchi,
Erkin-erkin havolarni quchguvchi,
Ot chopganda
uchar qushni tutguvchi,
Uchar qushday yosh yigitlar qayerda?
Tog‘ egasi: sor
2
, burgutlar qayerda?
Sening qattiq sirt-bag‘ringni ko‘p yillardir ezganlar,
Sen bezsang-da, qarg‘asang-da, ko‘kragingda kezganlar,
Sening erkin tuprog‘ingda hech haqqi yo‘q xo‘jalar,
Nega seni bir qul kabi qizg‘anmasdan
3
yanchalar?
1
Ham
о
yillar
– qo‘ltiq tagidan o‘tkazib
taqiladigan yomоn
ko‘zdan asrоvchi tоshli tumоr, bеzaktоsh.
2
S
о
r
– qarchig‘aylar turiga mansub yirtqich qush.
3
Qizg‘anmasdan
– ayamasdan.
307
Nega sening qalin tovshing
1
«ket» demaydi ularga?
Nega sening erkli ko‘ngling erk bermaydi qo‘llarga?
Nega tag‘in tanlaringda qamchilarning kulishi?
Nega sening turmushingda umidlarning o‘lishi?
Nega yolg‘iz qon bo‘lmishdir ulushing?
Nega buncha umidsizdir turishing?
Nima uchun ko‘zlaringda tutashguvchi olov yo‘q?
Nima uchun tunlaringda bo‘rilarning qorni to‘q?
Nima uchun g‘azabingni uyg‘otmaydi og‘u – o‘q?
Nima uchun borlig‘ingda bu daraja buzg‘unlik?
Nima uchun o‘ch buluti sellarini yog‘dirmas?
Nima uchun kuch tangrisi bor kuchi-la soldirmas?
...Kel, men senga qisqagina doston o‘qiy,
Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy.
Kel, ko‘zingning yoshlarini so‘rib olay...
Kel, yarali tanlaringni ko‘rib olay, to‘yib olay...
Nima uchun ag‘darilgan,
yiqilgan
Og‘ir tojning zahar o‘qi ko‘ksingda?
Nima uchun yovlaringni bir zamon
Yo‘q qilgunday temirli o‘ch yo‘q senda?
Ey, har turli qulliklarni sig‘dirmagan, hur o‘lka,
Nega sening bo‘g‘zingni bo‘g‘ib turar ko‘lanka?
1921
Dostları ilə paylaş: