Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

lib, besh yuz sarboz qorovul qo‘yiladi. Qiz Ravshan bilan 
yashirincha maslahatlashib, uning ota-onasiga xat yozadi.
Zulxumoroyim o‘z qo‘li bilan bir xatni bitdi: «Hasan 
mardning o‘g‘li, xon Dallining jon-u dili, oti bek Ravshan, 
Shirvon mamlakatiga kelib bandi bo‘ldi. Qirq kun muhlat 
qi lib, zindonga soldi. Shu qirq kunning o‘n to‘qqiz kuni 
o‘tganda shu xat bo‘ldi, namozshomda bitildi. Tong otmay, 
Chambilbelga to‘ramning eliga yetadi. …Ravshanning mu-
rabbiylari bo‘lsa, kelsa, ayirib olsa». Xatni mahkam qildi, 
o‘rab berkitib, bir narsa zarar qilmasday, yomg‘ir bo‘lsa 


148
o‘chmasday qildi. Shu xatni mayna qushning bo‘yniga 
mahkam boylab, tushib qolmasday qilib, maynaga necha 
bir so‘zlarni tayin qilib, mayna jonivor ham oqshom uch-
moqqa taraddud qilayotir.
Beklar minar bedov otning sarasin,
Yaxshi tulpor uzoq yo‘lga yarasin.
Qichay berdi jonvor mayna g‘ayratman,
Sahar vaqti oldi Chambil qorasin.
Uchmoqdan maynada armon qolmadi,
Biror yerda mayna damin olmadi.
Borib qo‘ndi bir hovlining ustiga
Har paridan chakillab ter tomadi.
Sahar vaqti xon Dalli yolg‘iz bolasi, ko‘zining oq-u 
qorasi …Ravshan bolasini sog‘inib, dalaga chiqib bora 
turib: «Boy Ravshan!» – dedi. Buni jonivor mayna eshitib, 
shul ayol Ravshanbekning enasi ekanligini bilib, bir qaqir-
lab, qattiq sayradi. Buni xon Dalli eshitib, maynaga qarab, 
bolasini so‘rab, bir so‘z deb tururi:
Sahar vaqti, mayna gulday jaynading,
Osoyishta tanda jonim qiynading,
Hayron qoldim dovushingdan, maynajon,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Sen bunday sayraysan, jonim olasan,
Meni endi har xayolga solasan,
Ne sababdan, mayna, bunday sayrading?
Joningni achitib dovush qilasan.
…Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga,
Mayna yetdi talab qilgan eliga.
O‘tirgan joyidan uchib shu mayna
Kelib qo‘ndi xon Dallining qo‘liga.
Xon Dalli qarasa, qushning dodi bor,
Ko‘p uzoqdan qistagan holati bor.


149
Xon Dalli qo‘liga olib qarasa,
Maynaning bo‘ynida arza xati bor.
Xon Dallidan xatni olib o‘qib, voqeadan xabar top-
gan Hasanxon Go‘ro‘g‘lining G‘irko‘k otini minib, zud-
lik bilan Shirvonga jo‘nashga qaror qiladi. Xatdan ayon 
bo‘lishicha, Qoraxon bergan qirq kunlik muhlatning 
roppa-rosa yigirma kuni o‘tgan. Yigirma kundan keyin 
Ravshan yo begona dinga kirishi, yo dorga osilishi kerak...
Ana endi Go‘ro‘g‘libek shoshib-surinib, yig‘lab-em-
ranib, Hasan mardga oq fotiha berib yubordi. Hasanbek: 
«Hayt!» – deb, G‘irko‘kni o‘ynatib, suvliqni chaynatib, 
dushmanlarning zardasini qaynatib, «Shirvon, qayda-
san?» – deb, yakka-tanho savab ketib borayotir, huv deb 
ketib borayotir:
Sovutini bo‘ktarib
1
,
Qalqonini do‘ngtarib
2
,
Yo‘lga tushdi mard Hasan
Shirvon elin axtarib...
Ot boradi arillab,
Otgan o‘qday parillab,
Ot alqimi
3
tong shamol,
Mis karnayday zarillab,
Suvsiz cho‘lda G‘irko‘k ot
Borayotir karillab.
Tonglar otib boradi,
Kunlar botib boradi,
Suvsiz cho‘lda mard Hasan
Yakka ketib boradi.
Dushmanlarning qonini
1
 Bo‘ktarmоq – egar оrqasiga bоg‘lamоq.
2
 Do‘ngtarmоq – yеlkasiga do‘ng tоmоnini sirtiga qilib, to‘nta-
rib оsib оlmоq.
3
 Alqim – shiddat, epkin. 


150
Bo‘z tuproqqa qotsam
1
deb,
Qoraxonday podshoni
Yerman yakson etsam deb,
Yuragin qon etsam deb,
Bek Ravshanning ustida
Katta to‘fon etsam deb.
Qulon
2
yurmas yerlardan
Quvib o‘tib boradi.
Bulon
3
o‘tmas yerlardan
Burib o‘tib boradi.
Qarsoq
4
yurmas yerlardan
Qalqib o‘tib boradi.
Bo‘ri yurmas yerlardan
Bo‘zlab ketib boradi.
Polvon Hasan dovushin
Sozlab ketib boradi.
Bek Ravshanni tinmasdan
Izlab ketib boradi...
Yo‘lbars yurmas yo‘llardan
Yo‘rtib o‘tib boradi.
Bek Ravshanning alamin
Tortib o‘tib boradi...
Hasan mard yo‘lni qichab ola bersin, Shirvonga yaqin 
kela bersin, shu so‘z shu yerda qola bersin. Endi Ravshan-
xonning enasidan... eshiting. Ravshan Shirvon elida o‘g‘il 
tutingan kampir ning avval olti o‘g‘li bor edi, oltovi ajda-
hor edi... Har biridan Qoraxon podsho qo‘rqar edi, oltovi 
olti yerda qal’a-qo‘rg‘on qilib turar edi. Olti o‘g‘li o‘lib 
ketdi. Kampir bolalarining o‘tiga kuyib-yonib, o‘rtanib, 
1

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin