299
Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi...
bdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yil-
da Andijon shahrining Qatorterak mahallasida
tug‘ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muham-
mad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilari-
dan bo‘lib, savdogarlik bilan shug‘ullanar edi. U
zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar,
o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda
bo‘lajak shoir ning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon
tuzganligi haqida ma’lumotlar bor.
Cho‘lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli
bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Negaki,
u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshi-
gina xabardor bo‘lgan.
Abdulhamid avval eski maktabda o‘qidi. Vaqti yetgach,
Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning
talabini ilg‘agan Sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida
ham o‘qitdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullanishi va tabiiy
iste’dodi tufayli o‘zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu til-
Dostları ilə paylaş: