Бошқариш қурилмасидаги сигналлар устида амаллар. Reja: 1. Informatsiya, signal, elektr signali. 2. Signallarni turlari 3. Signallarni parametrlari. 4. Aloqa kanalining parametrlari Informatsiya, signal, elektr signali Informatsiya – bu har xil fizik jarayonlar, jismlar, tarixiy va kundalik xodisalar to‘g‘risidagi malumotdir. Informatsiyani uzatish uchun uni ma’lum bir shaklga keltirish lozim (tekst, jadval, grafik, rasm, harakatdagi tasvir va boshqalar). Bunday shakllanish natijasida informatsiya xabarga aylanadi. Xabarni fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatish uchun xabarni biror bir fizik jarayonga yuklashimiz, ya’ni uni signalga aylantirishimiz lozim. Signal deb biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Signal deb biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Elektr signali deb – elektr jarayonining bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Shovqin ham xuddi signalga o‘xshab vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi jarayondir. Ammo u hech qanday informatsiyani o‘z ichiga olmaydi. Shuning uchun u signalga zararli ta’sir qiluvchi jarayondir. Signallarning turlari 1.1 rasm. Uzluksiz signal 1.1 rasm. Uzluksiz signal 1.3 rasm. Ko’p sathli, vaqt bo‘yicha uzluksiz signal 1.4 rasm. Raqamli signal Signallarni o‘zgarishi va qayta ishlovi tizimlarda amalga oshiriladi. Signallarni o‘zgartirish va qayta ishlov berish tizimlari qurilmalarda yoki kompyuterlarda programmalar yordamida amalga oshiriladi. XM – Xabar manbayi. XSA – Xabarni signalga aylantirgich – xabarni birlamchi elektr signaliga aylantirib beradi. Uz – Uzatgich – birlamchi elektr signalini aloqa liniyasidan uzatishga mo‘ljallangan signalga aylantirib beradi . AL – Aloqa liniyasi, signalni yo‘naltiruvchi muhit. QQ – Qabul qilgich - aloqa liniyasidan kelgan signalni qabul qilib uni birlamchi elektr signalga aylantirib beradi. QQ – Qabul qilgich - aloqa liniyasidan kelgan signalni qabul qilib uni birlamchi elektr signalga aylantirib beradi. SXA – Signalni xabarga aylantirgich - birlamchi elektr signalini xabarga aylantirib beradi. XI – Xabar iste’molchisi. UT – Uzatish tomoni. QQT – Qabul qilgich tomoni. AS – Diskret aloqa sistemasi. si(t) – Aloqa liniyasi bo‘yicha uzatilishga moslashtirilgan signal. ai(t) – Xabar v i(t) – Birlamchi elektr signali. si(t) – Aloqa liniyasi bo‘yicha uzatilishga moslashtirilgan signal. Signallarni parametrlari Real aloqa kanallaridan signallarga xalaqitlar ta’sir qiladi. Agar xalaqit signal bilan qo‘shilsa bu additiv halaqit buladi. Bunday xalaqitlar ga atmosfera shovqinlari, atmosfera razryadlari, industrial xalaqitlar va boshqa aloqa sistemalarini ishlashidan kelib chiqqan xalaqitlar kiradi. Agar xalaqit bilan signal ko‘paytirilsa bu multiplikativ xalaqit bo‘ladi. Bu turdagi xalaqitlar aloqa kanallarining parametrlarini tasodifiy o‘zgarishlaridan hosil bo‘ladi. Signallarni formasini tiklash.Xalaqitlar ikki katta sinfga bo‘linadi : 1. Aditiv xalaqitlar. 2. Multiplikativ xalaqitlar. 3. Aloqa sistemalarining turiga va vazifasiga qarab signallarni qabul qilishida quyidagi uchta vazifa bajarilishi mumkin: - Signallarni bor yo‘qligini aniqlash.
- Signalni farqlash.
1.6 rasm. Signallarning parametrlari. Aloqa kanallarning parametrlari 1)Signalning davomiyligi. Ts ,[sek]. 2)Signalning dinamik diapazoni : 3) Signalning spektr kengligi : Fc , [Gts] 4). Signalning hajmi . Xabarni uzatib olish qobiliyatini ko’rsatadi. (1.3) Signalni yoki xabarni hosil bo‘lgan joydan iste’molchiga yetkazish uchun kerak bo‘lgan texnik qurilmalar va boshqalar to‘plamiga aloqa vositalari deyiladi.
1. Aloqa kanali signalni uzatish vaqti Tk, [sek].
2. Aloqa kanali dinamik diapazoni – Д k
3. Aloqa kanali spektr kengligi - Fk
4. Kanalning hajmi - Vk Tk Дk Fk
Signallarni aloqa kanallardan yo‘qotishlarsiz uzatish uchun quyidagi shart bajarilishi lozim.
Signalning hajmi - (1.5)
1.8 rasm. Analog signalni raqamli signalga aylantirish va qayta tiklash. Foydalanilgan adabiyotlar - A.A. Abduazizov. Elektr aloqa nazariyasi. – T.: “Nashr-matbaa”, 2013y. - 366 b.
- A.A. Abduazizov, M.M. Muxitdinov, Ya.T. Yusupov. Radiotexnik zanjirlar va signallar. –T.: “Sams ASA”, 2012y. - 480 b.
- A.A. Abduazizov. Elektr aloqa nazariyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2010.
- Abduazizov A.A., Faziljanov I.R., Yusupov Ya.T. Signallarga raqamli ishlov berish. – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, – 2013y. –160 b.
Dostları ilə paylaş: |