O‘lchov va o‘lchash birliklari odamzotning rivojlanish tarixida,
umuminsoniy sivilizatsiyasida qanday o‘zgargan?
Vaqt o‘tishi bilan savdo,sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning
rivojlanishi mobaynida o‘lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o‘zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o‘nlab
yangi va mukammalroq o‘lchash birliklari hosil bo‘la boshlagan.
Bu birliklarning o‘zaro bog‘liqligi masalalari esa tobora muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. Shu bois olimlar bir asosiy kattalikning o‘lchash birligini boshqa asosiy kattalikning o‘lchash
birligibilan bog‘liqligini ta’minlash ustida bosh qotira borganlar.
Bundayana bir talabkattalikning turli o‘lchovlarining qiymatlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik muayyan qonuniyat asosida bo‘lishini ta’minlash
lozim bo‘lgan. Uzoq tadqiqotlardan so‘ng olimlar qadimgi Bobil
davlatida qo‘llanilgan «o‘nlik tizimi»ga qaytishgan. Aynan shu tizim
asosida metrik tizim ta’sis etilgan.
Vaqt o‘tishi bilan o‘lchamlari o‘zgarmaydigan ob’ektlarning o‘lchamlari o‘lchov birligini aniqlash uchun tanlab olindi. Masalan uzunlikning
o‘lchov birligini aniq qilish uchun Yerning meridiani, massaning
o‘lchov birligini aniq qilish uchun bir litr suvning massasi o‘lchab olindi. Vaqtning o‘lchov birligi azaldan hozirgi vaqtgacha Yerning Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanish vaqti bilan bog‘liq.
Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik Konvensiyasi nomini olgan. Metrik Konvensiya metrologiya bo‘yicha ilmiy faoliyat ko‘rsatuvchi birinchi xalqaro kelishuv hisoblanadi. Konvensiya metrik etalonlarni
saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida o‘lchovlar va
tarozilar xalqaro byurosini ham ta’sis etadi.
Shu asnoda yuqoridagi talablarning to‘liq ta’minlanishiga erishilgan,
ya’ni kattalikning turli qiymatlari o‘zaro o‘nga karrali bog‘lanishda
bo‘lgan bo‘lsa, bir nechta asosiy kattaliklarning birliklari orasida o‘zaro bog‘lanishga ham erishilgan (Yer meridianining qirq milliondan bir
ulushi bo‘yicha "metr", bir kub detsimetr suvning temperaturasi
4OS bo‘lgandagi massasi - "kilogramm" va hokazolar).
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o‘lchamlarini
muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday
faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’nimetrologiya yuzaga keldi.
Rossiyada o‘lchovlarni metrik tizimi 1899 yil 4 iyun kuni qonun bilan
ixtiyoriy tartibda qo‘llanishga, majburiy tartibda esa Rossiya
14.09.1918 yilda chop etilgan dekretiga muvofiq qo‘llanishga qabul
qilingan.O‘rta Osiyoda o‘lchovlarning metrik tizimi 1923 yil 18 aprel
Turkiston Respublikasi SNK qarori bo‘yicha “O‘lchovlar va tarozilar
to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan va ichki savdoni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘mita huzurida o‘lchovlar va tarozilarning Turkiston byurosi
tuzilgandan so‘ng boshlangan.
Ko‘pgina olimlar o‘lchashlarni ahamiyatini yuqori baholaganlar.
Masalan, buyuk rus olimi D.M. Mendeleyev bu haqda shunday degan
edi; “Har qanday fan o‘lchashdan boshlanadi, aniq fanni o‘lchovsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi”.
U. Kelvin esa o‘lchash to‘g‘risida shunday degan; “Har qanday narsa uni qay darajada o‘lchanish darajasi orqali aniqlanadi”.