Boshlang’ich matematika kursida beriladigan geometrik masalalarning o’rni abdullayeva Nafisa Anvarovna


THE ROLE OF GEOMETRIC PROBLEMS IN THE PRIMARY MATHEMATICS



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187426
1   2   3   4   5
boshlang-ich-matematika-kursida-beriladigan-geometrik-masalalarning-o-rni

THE ROLE OF GEOMETRIC PROBLEMS IN THE PRIMARY MATHEMATICS 
COURSE 
Abstract. 
In this article, the creation of geometric shapes in the problem of geometric 
content given in the elementary mathematics course deepens and expands students' knowledge of 
geometric figures, and students of junior school age apply geometric knowledge in solving 
similar practical problems, that is, describing shapes, the importance of being able to make 
curves, plane positions and measurements is highlighted. It is explained that the formation and 
development of spatial imagination in children of primary school age largely depends on the 
system of practical exercises performed by them. 
Keywords
: polygonal model, creation of geometric shapes, content of geometric material, 
spatial representations, symmetrical figure, axis of symmetry. 
KIRISH
Boshlang‟ich sinflarda o‟rganiladigan geometrik material umumiy o‟rta maktab 
matematika kursining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun bu sinflarda geometrik 
materialning mazmunini aniqlashda o‟quvchilarda faqat geometrik tasavvurlar zahirasini hosil 
qilish, ular tomonidan geometrik terminlarni o‟zlashtirishgagina emas, balki mantiqiy fikrlash 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
41 
qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham katta e‟tibor beriladi. Demak, boshlang‟ich matematika 
kursida o‟rganiladigan geometrik material tekis figuralarni o‟rganish, ularning elementlarini 
ajratish va tahlil etish, ular asosida figuralar xossalarini o‟rganish sifatida tavsiflanishi mumkin.
 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
O‟qituvchi tomonidan doimiy va tizimli ravishda olib boriladigan o‟quvchilarni modellar 
bilan ishlashga o‟rgatish, geometrik figuralarni qirqish, qirqilgan bo‟laklardan yangi figuralar 
yasash kabi amaliy ishlar ularning bu figuralar xossalarini ongli o‟rganishi uchun asos bo‟ladi. 
Boshlang‟ich sinflarda geometrik materialni o‟rganishda o‟quvchilarning mustaqil ishlarini 
tashkil etish ularning geometrik materialni ongli va mustahkam o‟rganishi uchun asos yaratadi 
va ta‟lim jarayonida sezilarli ijobiy natijalarga olib keladi. Bunda mustaqil ishlarni shunday 
tashkil etish lozimki, natijada o‟quvchilar o‟rganilayotgan ob‟ektlarga aktiv ta‟sir o‟tkazib, 
mustaqil holda o‟rganilayotgan figuralar xossalarini keltirib chiqishlari uchun asos yaratish kerak 
bo‟ladi.
 
Tizimli ravishda masalalar yechib borish, nazariyani ongli va puxta o‟zlashtirishga 
yordam beradi, uning amaliy qiymatini ko‟rsatadi, shu bilan birga masala yechish 
o‟quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, ijodiy tashabbusini, fahm-farosatlarini tarbiyalaydi va 
ularga qancha zarur amaliy mahorat va malaka beradi.
 
Uyga beriladigan har bir misol va masala o‟qituvchi tomonidan tanlab olingan hamda yaxshi 
o‟rganilgan bo‟lishi kerak. Masala va misol tanlashda o‟rta darajadagi o‟quvchilarni nazarda 
tutish, juda oson ham juda ham qiyin masalalarni olmay, ko‟pchilik uchun o‟rtacha qiyinlikdagi 
masalalarni tanlash zarur. Agar hamma uchun og‟ir bo‟lgan masala berilsa o‟quvchilar ishlay 
olmaydi, bu bilan ularning masala yechishga bo‟lgan qiziqishlari yo‟qoladi.
Geometrik masalalarga kirishish - bu kichik yoshdagi o‟quvchilarni fazoviy tasavvurlarni 
rivojlantirish, ba‟zi bir geometrik figuralar xossalari bilan tanishtirish, amaliy uquvlarni 
shakllantirish, figuralarni yasash bilan bog‟lash va geometrik kattaliklarni o‟lchashdir. Kichik
yoshdagi o‟quvchilarni abstrakt tafakkurlarini rivojlantirish aqliy amallarni shakllantirish 
geometrik materialni o‟rganish muhim masalasidir. Geometrik figuralar haqida fazoviy 
tasavvurlar, geometrik figuralarni chizmachilik va o‟lchash asboblari yordamida va bu 
asboblarning yordamisiz o‟lchash va yasashlarning, ya‟ni ko‟zda chamalash, qo‟lda chizish kabi 
amaliy mashqlar orqali malakalari tarkib toptiriladi, o‟quvchilarning nutqi va fikrlashlari shu 
asosda rivojlantiriladi. Ma‟lumki, boshlang‟ich sinflarda geometrik tushunchalarning ta‟riflarini 
kiritish haqida so‟z ham bo‟lishi kerak emas. Lekin kichik maktab yoshidagi o‟quvchilarning 
geometrik tasavvurlari zahirasi qancha boy bo‟lsa, ular tomonidan geometrik bilimlarni 
o‟zlashtirish, keyingi sinflarda ular tasavvurlarini rivojlantirish shuncha sifatli bo‟ladi. 
Murakkabroq tekis shakllardan geometrik figuralarni ajratib olish uncha qiyinchilik 
tug‟dirmaydi, ammo fazoviy jismlardan tekis shakllarni ajratish o‟quvchilarga qiyinlik qiladi. 
Biroq bunday mashqlarni kiritish qabul qilishning tabaqalashgan samadorligini oshiradi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin