Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85)
50
BOSHLANG`ICH MATEMATIKA KURSIDA OG`ZAKI
HISOBLASHGA O`RGATISHNING O`RNI
Sh.N. Ergashova
1
, G.I. Ortiqova
2
Maqolada boshlang`ich matematika kursida og`zaki hisoblashga o`rgatishning
o`rni haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar:
matematika, ta’lim, og`zaki hisob,
matematik tusubcha, o`qituvchi,
o`quvchi.
Matematik ta’lim sohasi bo`yicha standart ko`rsatkichlar bolalarda natural
sonlar va nol to`g`risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko`nikmalarini hosil
qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo`llay
olishga o`rgatish, eng sodda geometrik shakllar hamda og`zaki hisoblash va matematik
munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan
belgilandi.
Og`zaki hisoblashga doir mashg`ulotlarning samaradorligi mashqlarning hajmi
va
mazmunigagina emas, balki ularning berilishi va tekshirilishi, o`quvchilarning
bilimini sinash, og`zaki va yozma mashqlarning almashtirib turilishiga ham bog`liqdir.
Og`zaki hisoblash malakalarining uzluksiz takomillashib borishi uchun og`zaki va
yozma hisoblash usullarini qo`llashda to`g`ri munosabat o`rnatish, chunonchi og`zaki
hisoblash qiyin bo`lgandagina yozma hisoblash zarur. O`quvchilarning topshiriqni
eshitib qabul qilishlarida o`qituvchi topshiriqni o`qib beradi, ular esa eshitadi. Bunda
asosiy kuch xotiraga qaratiladi, bunday mashqlar juda foydali bo`lib, eshitish xotirasini
rivojlantiradi.
Bolalarning og`zaki hisoblash malakalarini har doim tekshirib turish kerak.
Og`zaki hisoblashga doir mashqlarni birinchi
darslardanoq kiritilsa, samarasi ancha
yuqori bo`ladi. O`quvchilarning og`zaki hisoblash malakalari turli-tuman mashqlarni
bajarishlari jarayonida shakllanadi.
Asosiy matematik tushunchalar hosil qilish, sonlarning xossalarini va arifmetik
amallarning qonunlarini o`rganish bilan bir qatorda boshlang`ich ta’limda bolalarda
hisoblash malakalari hosil qilish doim eng muhim o`rin tutib kelgani hammaga ma’lum.
Bolalarga hisoblashni o`rgatish sistemasi va metodikasida
turli zamonlarda va turli
mamlakatlarda prinsipial farqlar faqat og`zaki va yozma hisoblash usullarini
aniqlashga, hamda tegishli malakalar hosil qilish yo`liga nisbatangina bo`lgan.
Har bir kishi uncha murakkab bo`lmagan hisoblashlarni ”zehnda” tez va to`g`ri
bajarishni bilishining amaliy ahamiyatidan tashqari, og`zaki hisobni o`zbek
uslubshunoslari doim bolalarning arifmetika darslarida olgan nazariy bilimlarini
chuqurlashtirishning yaxshi vositalaridan biri deb qaraydilar. Og`zaki
hisob asosiy
matematik
tushunchalarni
shakllantirishga
sonlarning
qo`shiluvchilardan,
ko`paytuvchilardan iborat tarkibi bilan yanada chuqurroq tanishishga, arifmetik
amallarning qonunlarini va boshqalarni yaxshi o`rganishga yordam beradi. Og`zaki
hisob mashqlarga tarbiyaviy jihatdan ham yuksak baho berib kelingan: og`zaki hisob
bolalarda fahm-farosat, zehn, diqqatning rivojlanishiga, bolalar xotirasini, aktivligini,
chaqqonligini, sezgirlik va fikrlashda mustaqilligini rivojlantiradi deb hisoblangan.
Hozirgi zamon maktabida og`zaki va yozma hisoblar qanday o`rin tutishi kerak?
Shu asosiy masala bilan bog`langan qanday xususiy masalalar maktab tajribasida
tekshirib ko`rishni talab qiladi.?
Hisoblashning ikkala turi ham boshlang`ich matematika ta`limi
sistemasida
muhim ro`lini saqlashi kerak. Matematik ma’lumotnoma jadval o`quvchilar turmushda
uchratadigan hollarning hammasini o`z ichiga ololmaydi. O`quvchilar mustaqil
bajargan arifmetik shakl almashtirishlar ularga shakl almashtirishning o`zi nima
1
Ergashova Shalola Norpo`lot qizi
- Shofirkon tumani 29-maktab boshlang`ich
sinf o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston).
2
Ortiqova Gulsanam Ilhomovna
- Shofirkon tumani 29-maktab boshlang`ich sinf
o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85)
51
ekanini tushunishga yordam etadi, busiz o`quvchilarga jadvallarni tushunib olishning
o`zi ham qiyin bo`ladi. Ammo dasturga hamda metodikaga maqsadga muvofiq
o`zgarishlar kiritib, og`zaki va yozma hisoblashni o`rgatishni ratsionallashtirish zarur.
Bundan buyon yozma hisoblash usullarini, hozirgi dastur bo`yicha
nazarda
tutilganidek, ming ichida emas, balki, mumkin bo`lgancha ilgariroq, yuz ichida kiritish
mumkinligini tekshirib ko`rish kerak. Mingni alohida konsentr qilib olishni bekor qilib,
konsentrlarni kamaytirish imkonini ham tekshirish lozim.
Dasturdagi yozma hisoblashning ko`p xonali sonlarga taalluqli ba’zi xollarini
qisqartirish masalasini qo`yishga jiddiy asoslar bor. Birinchi navbatda uch xonali songa
ko`paytirish va bo`lishning ba’zi xollarini qisqartirish o`rinli bo`lsa kerak. Hisoblash
usullari kichik sonlarga nisbatan qanday bo`lsa, katta sonlarga nisbatan ham
shundayligicha qoladi. O`quvchilar kichik sonlar bilan ish ko`rganlarida
bu usullarni
to`la egallab oladilar. Agar o`quvchiga amaliyotda katta sonlar bilan hisoblash kerak
bo`lib qolsa, u hisoblashni uddalay oladi. Hisoblash usullari o`quvchida paydo bo`lgan,
faqat butun hisoblash jarayoni davomida diqqat-e’tiborni saqlash kerak bo`ladi, xolos.
Shuni ham qayd qilib o`tish lozimki, maktabda bolalar (katta sonlar bilan) yozma
hisoblashlarda ko`p xato qiladilar; buning sababi ular hisoblashni bilmaganliklaridan
emas, balki hisoblash jarayoni ustida o`z diqqatlarini tutib tura olmaganliklaridadir.
Og`zaki mashqlar o`qituvchiga darsda o`quvchilarni birоz erkin va qulay
tutishiga imkоn bеradi.