Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi


Oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davr(1917 yilgacha)



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davr(1917 yilgacha) 
Bu davrda Zardushtiylik dinining chuqur ildiz otishi va shu dinning 
muqaddas kitobi ―Avesto‖ning Markaziy Osiyo va Eron kabi mamlakatlar 



o‗rtasida yoyilishi, islom dinini Markaziy Osiyoga kirib kelishi, tarqalishi va 
aholini bu dinni qabul qilish bilan boshlanadi. 
Ma‘lumki, 7 asrgacha, ya‘ni arablar istilosidan oldin Markaziy Osiyoda 
zardushtiylik dini keng tarqalgan bo‗lib, Turon, Eron, So‗g‗d va Xorazm 
xududlarida yashagan xalqlar asosan zardushtiylik ta‘limotiga muvofiq o‗z 
farzandlarini ibratli ahloq-odob qoidalari asosida tarbiyalaganlar. Zardushtiylik 
dininig asoschisi va ―Avesto‖ kitobining muallifi Spitama Zaratushtra ta‘lim-
tarbiya masalalariga xam katta ahamiyat began holda mana bunday deydi: 
―Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi tayanchi bo‗lib hisoblanishi lozimki, u 
avvalo yaxshi o‗qishni, keyin esa yozishni o‗rganish bilan eng yuksak pog‗onaga 
ko‗tarilsin‖. 
―Avesto‖da bolalarni o‗qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda 
tavsiya etilgan: 
a) diniy va ahloqiy tarbiya; 
b) jismoniy tarbiya; 
v) o‗qish va yozishga o‗rgatish; 
Zardushtiylik ta‘limotiga ko‗ra, 15-yosh balog‗at yoshi hisoblangan. 
Balog‗atga yetgan bolalar zardushtiylikka e‘tiqodi ramzi sifatida beliga yung 
ipakdan to‗qilgan kamar bog‗lab yurishi va ―otashparastlar‖ ibodatxonasida 
o‗tkazilgan diniy marosimlarda qatnashishi shart bo‗lgan. Bolalarni kohinlar 
zardushtlik rasm-rusumlarini bajarishga, falsafa, odob-axloqqa o‗rgatishgan. 
Zardushtiylikda ma‘rifat va bilimning kuchiga qattiq e‘tiqod qilinadi va 
oqibat natijada ma‘rifat yutib chiqadi, deb hisoblanadi. O‗sha davrda bolalarning 
faqat sihat-salomat va jismonan baquvvat bo‗lishi haqidagina emas, balki ilmu-
ma‘rifat olishi va ma‘naviy sofligi, yaxshilik, ezgulik hislatlarini egallashlari 
to‗g‗risida xam g‗amho‗rlik qilingan. Asosan, bolalarda ahloqiy poklik, 
mehnatsevarlik, rostgo‗ylik, saxovatlilik fazilatlarini tarbiyalashga muhim 
ahamiyat berilgan. Jismoniy tarbiyadan nazarda tutilgan asosiy maqsad: bolalarni 
harbiy ishga tayyorlash va ularni jismonan chiniqtirishdan iborat edi. Darvoqe, 
harbiy tayyorgarlik jarayonida bolalar otda chopish, ov qilish, qilichbozlik va 


10 
qalqonda raqibidan o‗zini himoya qila bilish, suvda suzish, uzoqqa yugurish, 
sakrash, nayza irg‗itishni egallashi majburiy bo‗lgan. Biroq, diniy- ahloqiy va
harbiy-jismoniy tarbiyani egallash barcha tabaqadagi kishilarning farzandlari 
uchun shart bo‗lsa-da, ammo o‗qish, yozish va hisoblash (sanash)ni o‗rganish esa 
faqat yuqori tabaqadagi kishilarning bolalari uchun edi, xolos. [30.33] Yuqori 
tabaqadagi kishilarning bolalari uchun saroy va ibodatxonalar qoshida maxsus 
maktablar mavjud bo‗lib, bu yerda ularga tajribali ustozlar saboq berishar, taniqli 
lashkarboshilar esa harbiy san‘at sir-asrorlarini puxta o‗rgatishar edi. 
O‗qituvchilar ulamo kohinlar bo‗lib, ular jamiyat ma‘naviy xayotida muxim 
mavqega ega edilar. Maktabda kichik yoshdagi bolalarni o‗qitish jarayonida 
ko‗rsatmali qurollardan, hikoya qilish va suhbat-muloqot usullaridan keng 
foydalanardilar. Darsda o‗quvchilardan o‗tilgan mavzuni shovqinsiz takrorlash 
talab qilinar edi. Bolalarda yoshlikdan mehnatsevarlik va kasb-hunar egallash 
malakasi hamda ko‗nikmasini shakllantirishga katta e‘tibor berilgan. Ular yosh 
paytidanoq daraxt ko‗chati o‗tkazish, uy-ro‗zg‗or qurollari yasash, yerga ishlov 
berish va chorva bilan shug‗ullanishga o‗rgatilgan. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, o‗sha davr kishilarining orzusi 
hayotda farovon turmush kechirish uchun faqat mehnat qilishdan iborat bo‗lgan. 
Zero, inson mehnatisiz tirikchilik qila olmaydi. Shuning uchun inson kamoloti va 
ahloqiy sog‗lomligi manbai sifatida mehnat ulug‗lanadi. 
Xulosa shuki, qadimgi bobokolonlarimiz ko‗ziga to‗tiyo qilgan ―Avesto‖ 
muqaddas kitobi faqat diniy qo‗shiq, hikoyat va rivoyatlardan iborat bo‗libgina 
qolmasdan, balki tabiiy fanlar, xususan, tabobat, ta‘lim-tarbiya masalalarini ham 
o‗z ichiga olgan. Biz bu qadimiy noyob bilimlar xazinasini bilan tanishar 
ekanmiz, Zardushtra payg‗ambarning o‗z hayoti haqida, zamondoshlari haqida, 
shuningdek, u targ‗ib qilgan ta‘limotiga sig‗ingan mamlakatlarning davlat 
tuzilishi, ta‘lim-tarbiya va ahloq-odob to‗g‗risida ko‗p narsalarni bilib olamiz. 
Zardushtiylik dinining afzal tomonlaridan biri shu ediki, unda hukmdorlar 
saltanatini mustahkamlovchi rasmiy aqidalar bilan birga, insonni o‗z hayotining, 


11 
o‗z taqdirining yaratuvchisi sifatida ulug‗lovchi insonparvarlik g‗oyalari ham 
qaror topgan edi. 
2.Beruniy Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad (973-1048), eng avvalo, 
qomusiy olim sifatida butun dunyoga manzur va mashhurdir. Uning dastlabki 
yirik asari ―Al-asror alboqiya an al-qurun al-holiya‖ (―Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar‖) bo‗lib, buni u 27 yoshida yozgan edi. 486 sahifadan iborat bu asar 
o‗zbekchaga 1968 yili tarjima qilingan. Olimning 364 sahifadan iborat ―Tahdid 
nihoyot il-amokin li tas‘hih masofot il-masokin‖ (―Turar joylar (orasidagi) 
masofani aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash‖) ―Geodeziya‖ 
nomi bilan yirik kitobi mashhur bo‗lib ketgan. 
O‗sha davr ichida Beruniy falsafiy pedagogika maktabini yaratgan. Uning 
pedagogik qarashlari va faoliyatini o‗rganishda olimning o‗zidan ilgari o‗tgan 
pedagoglarga nisbatan qanday yangi, nekbin fikrlar bildirganiga hamda ijodidagi 
ilgarilab boradigan pedagogik qarash va fikrlari rivojlanishiga e‘tiborni qaratish 
juda muhimdir. Beruniy rahbarlik qilgan bu ilmiy dargoh qariyb 10 yil faoliyat 
ko‗rsatgan. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta‘lim-
tarbiyasi, kamolati bosh masala bo‗lgan. Buyuk pedagog olim tarbiyaning 
maqsadi, vazifalari va roli, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari 
chin ma‘noda insonparvarlik va insonshunoslik asosiga qurilgan. Beruniyning 
pedagogik g‗oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash 
zarurligidir. Mana, oradan ming yildan otiq vaqt o‗tishiga qaramasdan
Beruniyning ilg‗or hayotiy pedagogik va falsafiy g‗oyalari hozir ham g‗oyatda 
qimmatlidir.
Shunday qilib, xulosa qilsak, Beruniyning pedagogik qarashlari asosan: 
-oilada bola tarbiyasi; aqliy ta‘lim; 
-ahloqiy va jismoniy tarbiya: 
-mehnat va insonparvarlik tarbiyasi: 
3. Abu Nasr Farobiy (873-950) O‗rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri, 
qadimgi yunon ilmi va falsafasining Sharqdagi eng yirik targ‗ibotchisi va uning 
rivojiga hissa qo‗shgan olim. Farobiy o‗z davrining qator ilmlarini chuqur 


12 
o‗rganib, turli sohalarga oid ilmiy asarlar yozib qoldirdi. U o‗z davrining birinchi 
faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi bo‗lib nom qozondi. U ―Aql 
haqidagi risola‖, ―Falsafani o‗rganishdan oldin nimani bilish kerak?‖,
―Substansiya haqidagi so‗z‖, ―Falsafaning ma‘nosi va kelib chiqishi‖, ―Mantiq 
ilmiga kirish‖, ―Masalalar mohiyati‖ kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. 
O‗zida o‗n ikki tug‗ma hislatni birlashtirgan kishigina axloqli odam bo‗la oladi: 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin