Boshlang’ich sinf matematika darslarida timss xalqaro baholash dasturidagi masala va misollarni yechishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Boshlang’ich sinf matematika darslarida TIMSS xalqaro baholash dasturidagi masala va misollarni yechishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi turi bo’libgina qolmay, balki ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi birinchi pog’ona hamdir. Mamlakatimiz kelajagini qurishda asosiy ishtirokchi bo’ladigan boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunga kelib o’quvchilar bilan dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolardan biri vaqt muammosi hisoblanadi. Ayniqsa masala yechish mavzusiga kelganda, masalaning o’zi ancha vaqtni ‘’yutib’’ yuboradi. Nаzаriy mаsаlаlаr mаshqlаrni yеchish dаvоmidа аmаliy аhаmiyat kаshf etаdi, bu bilаn mаshqlаr nаzаriya bilаn аmаliyotni o‘zаrо bоg‘lоvchi vаzifаsini bаjаrаdi.
Masalalarni o’quvchilarga o’rgatish mobaynida intensiv usuldan foydalansak, ayni muddao bo’ladi. Bu orqali ham bir xillikdan yiroqlashamiz, ham vaqtdan yutamiz,. Biz intensiv yondashuv orqali o’quvchilarning har birining shaxsiy “masalalari’’ paydo bo’ladi. O’zlarining ichki potensiali orqali nimaga qodir ekanliklarini ko’rsatadilar. Ular o’zlarining dunyoqarashi bilan yondashadilar. Buning amaliy natijasini ko’rib chiqsak.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida eng asosiy bo’lgan ‘’muammolar’’-kasr, masala, matnli masalalar. Nega muammo degan savol yuzaga kelishi mumkin? Bu turdagi ‘’muammolar’’ asosan o’quvchilarni fikrlashga, mulohaza yuritishga, tasavvurini kengaytirishga undaydi. Bu ‘’muammolar’’ matematik misollardan farq qiladi. Hozir nega ekanligini sizlar bilan birgalikda ko’rib chiqsak.
Birinchi bo’lib kombinatorikaga to’xtalsak. Kombinatorika aslida nima? Kombinatorika (lot. Combinare-birlashtirish), kombinator analiz, kombinator matematika-matematikaning chekli to’plamlar ustida bajariladigan amallarni o’rganuvchi matematika bo’limi. Kombinatorikada qandaydir kombinatsiyalar amalga oshadi. Endi biz o’sha kombinatorikaga oid bo’lgan masalalardan namuna olgan holda yechish metodikasini o’rganamiz: