Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish


qayg’uradigan bo’lsak, avvolo, mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutlaqo o’zgartirishimiz kerak”.1



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə3/35
tarix17.02.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#52707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Boshlang\'ich sinflarda texnologiya ta\'limida amaliy ishlar

qayg’uradigan bo’lsak, avvolo, mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutlaqo o’zgartirishimiz kerak”.1

. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq.

Mehnat ta`limi darslarini pedagogik jihatdan bilimdon bo‘lgan o‘qituvchilargina ulkan pedagogik samara beradigan darajada olib borish mumkin. Bunday pedagog o‘qituvchi shaxsning manfaatlarini kasb tayyorgarligi manfaatlaridan yuqori qo‘yadi. Uning kasbkorlik va shaxsiy fazilatlari, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Mehnat ta`limida malakali o‘qituvchilar amaliy ish turlari bo‘yicha maqsad va vazifalarni yoritib berishlari bilan bigalikda darsni tashkil etish metodikasini ham to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi mumkin.

Boshlang`ich sinf mehnat ta`limida qog`oz bilan ishlash darslarini tashkil etish ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga hisobga olgan holda qo‘l mehnati asosida tashkil etiladi. Mehnat ta`limi darslarida o‘quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik va aqliy imkoniyatlarini aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom etilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi.

Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limi darslarida o‘quvchilar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari mahsulotlari, qog`oz va karton turlari bilan ishlaydilar.

O‘quvchilar qog`oz va karton turlari bilan ishlash darslarida qog`ozni buklash va unga ishlov berish kabi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, ularni ishlatishda foydalaniladigan asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari texnologiyalarini bilishlari kerak. Shu sababli bitiruv malakaviy ish mavzusini «Boshlang‘ich sinf mehnat darslarida qog‘ozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi» deb nomladim.

O‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg`ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari daftarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, bosiladigan qog`oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog`ozlaridir. Ta`lim jarayonida o‘quvchilar turli qog`ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni shimish xususiyati, sathining xarakteri – siliq g`adir-budirligi bilan tanishadilar.


Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin