Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish


Qog`oz va kartonni o’lchash usullari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə10/35
tarix17.02.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#52707
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Boshlang\'ich sinflarda texnologiya ta\'limida amaliy ishlar

Qog`oz va kartonni o’lchash usullari. Mehnat darslarida qog`ozni o‘lchash usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida qo‘llanadigan asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizgich, uchburchak chizg‘ich va sirkuldir.

Qog`oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu darsda buyumlarning umumiy ko‘rinishidagi yig`ma, chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.

O‘qituvchi o‘quvchilarning yig`ma chizmani o‘qishga, chizma va namunadan barcha detallarni, ularning o‘lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab olishga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani ko‘rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o‘lchami shakli qanday bo‘lishini aniqlaydilar.

Bolalar chizmaga qarab to‘g`ri burchak, uchburchak shaklida ekanligini aytadilar. Qog`oz va karton bilan ishlash mashg`ulotlari o‘quvchilar oldindan qo‘yidagi tayyorgarlik ko‘rishadi: stolning ustiga qog`oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg`ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg`ulotda kerakli bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.

O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda, sinf xonasini tozalab qo‘yishlari kerak.

Barcha fanlarda qo‘llanilganidek qog`oz bilan ishlash darslarida ham ta`limning ko‘rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, sxematik namuna, turli predmetlardan shuningdek texnik vositalardan foydalaniladi.




Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin