Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə25/35
tarix17.02.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#52707
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Boshlang\'ich sinflarda texnologiya ta\'limida amaliy ishlar

Syujetli applikatsiya. Syujetli applikatsiya asariga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Murakkab syujetli applikatsiya – ertaklar, hikoyalar va shu kabilarga illyustratsiya sifatida yasaladi. Agarda syujet oddiy bo‘lsa, tasvirlarni oldindan belgilamasdan qirqish mumkin.

Murakkab syujetli applikatsiya ham syujet tanlashdan boshlanadi. Agarda syujetni o‘quvchining o‘zi o‘ylab topgan bo‘lsa, bu rasmni chizish malakasiga ega bo‘lsa, unda avval syujetni rasmi, so‘ngra rasmlar detallari chiziladi va qirqib olinadi. Ayrim detallar turli rangdagi qog`ozlardan kirkiladi. Agarda o‘quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, u tanlagan rasmdan kora qog`oz yordamida nusxa ko‘chirishi mumkin. Bu rasm ayrim detallarga ajratiladi, xar bir detalni rangli qalam bilan atrofi chizib chiqiladi. Ularni kirkib olib, syujet yoki narsa detallari qog`ozga yig`iladi. Syujet yoki predmetning tabiiy ko‘rinishiga putur etmasligi uchun ularni qaysi tartibda elimlanishi belgilanadi va ishga kirishiladi. Ko‘chaytirish va kattalashtirish usuli yordamida rasmlardan kattalashtirib yoki kichiklashtirib applikatsiyadan foydalanish mumkin.




Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin