Boshlang'ich sinf ona tili fanidan darslik va multimedialar tahlili reja


II.Bob.Boshlang'ich sinf ona tili fanidan darslar va multimedialar tahlili



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə4/9
tarix01.06.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#121878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshlang\'ich sinf ona tili fanidan darslar va multimediyalar tahlili

II.Bob.Boshlang'ich sinf ona tili fanidan darslar va multimedialar tahlili

2.1 Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda multimedia vositalarining ahamiyati


O‘zbekiston milliy ta`lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash tajribasi shakllanib bormoqda. Negaki bu ayni vaqtda zamon talabidir. Bugungi kunda boshlang‘ich ta`lim sifatu va samaradorligini oshirishda kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanish asosiy omil hisoblanmoqda. “Multimediali darslar”dan foydalanish boshlang‘ich ta`lim dars jarayonida sifat va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Multimedia yoki raqamli o‘quv resurslari o‘quvchilarga axborotni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil media elementlaridan foydalangan holda aqliy tasavvurlar bilan yaxshi munosabatda
bo‘lishga yordam beradi. Ta`lim uchun multimediadan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rasm va so‘zlarni birlashtirishgan o‘quvchilarda faqat so‘zlardan foydalanadiganlarga qaraganda ko‘proq ijobiy natijalar kuzatilgan.[2] Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qitish va o‘rganish jarayonida multimedia qo‘llash vositalarining ba`zi afzalliklari quyidagicha umumlashtiriladi:
1. Mavhum tushunchalarni aniq tarkibga aylantirish qobiliyati
2. Cheklangan vaqt ichida katta hajmdagi ma`lumotlarni kamroq harakat bilan
taqdim etish qobiliyati
3. Qobiliyatli o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish
4. O‘qituvchiga o‘quvchilarning ta`limdagi pozitsiyasini bilish qobiliyatini
beradi.
Multimedia vositalari pedagogik nuqtayi nazaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta`lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida yangicha yondashuv hisoblanadi. Shu orqali, o‘quvchilarda ta`lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu sababdan boshlang‘ich sinf darslarini o‘rganishda rivojlantiruvchi muammoli va pedagogik texnologiyalarni asosiy jihatlarini o‘zida ifodalovchi “Multimedia-dars”, “Slaydli dars”, “Seminar dars” kabilarni qo‘llash tavsiya etiladi. Seminar dars o‘quvchilarning mustaqil chiqishlarini jamlovchi, lozim topilgan paytda munozaraga asos yaratuvchi dars hisoblanadi. Bunday darslarda o‘qituvchi boshqarib, yo‘naltirib turish vazifasini bajaradi, o‘quvchilar esa mustaqil ijodiy ishlovchi o‘z fikriga ega shaxs sifatida o‘quv faoliyatiga kirishadilar. “Multimediali darslar” dan foydalanish ta`lim dars jarayonida sifat va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi:
- O’quv materialini ko‘rgazmali taqdim etadi;
- Yangi materialni jadallik bilan yetkaza oladi;
- Axborotlar tezligi va hajmini animatsiyalar ko‘magida boshqara oladi;[1] Boshlang‘ich ta`limda multimedia texnologiyasining barcha fanlar kesimida
keng ko‘lamda qo‘llanilishi natijasida ta`lim tizimining sifatiga ta`sir ko‘rsatish tushuncha va bilimlarni tezroq o‘zlashtirishini ta`minlab beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili fanidan o‘rganiladigan o‘quv materiallarini osonlashtirish maqsadida o‘quv materiallari bir-biri bilan bog‘liq qismlarga ajratiladi, so‘ngra ta`limni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish uchun vazifalar ketma-ket bajarilishi rejalashtirilgan bo‘ladi. Masalan, ona tilidagi maktab so‘zi dastlab ikki bo‘g‘inga mak-tab, so‘ngra tovushlarga m,a,k,t,a,b ajratiladi. Ushbu tovushlarning birikishidan mak birinchi bo‘g‘in, tab ikkinchi bo‘g‘in hosil bo‘ladi va bu bo‘g‘inlar birikib maktab so‘zi hosil qilinadi. Bu bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z boyligi oshib, nutqida maktab so‘zining mazmun-mohiyatini, maktabning ta`lim beruvchi maskan ekanligi, o‘quvchilar maktabda o‘qish va tarbiya topadigan joy ekanligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi.Bunda monitor ekranida maktabning umumiy
ko‘rinishi, maktab atrofida gullarning ochilib turishi, xush kelibsiz, degan so‘zning maktab peshtaxtasiga yozib qo‘yilganligi, bolalarning maktabga sumkalarini ko‘tarib borishlari monitor ekranida harakatlar bilan namoyish etilishi qiziqarli tarzda kechadi. Muhim tomoni shundan iboratki, ushbu texnologiyada o‘rganilayotgan o‘quv materiallari multimedia asosida bajariladi.
Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur`atda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ayniqsa, “...boshlang‘ich ta`limning sifatini oshirish, ta`lim standartlari, o‘quv dasturlari,darslik va qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini keng joriy etish masalalari” bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimida ayniqsa, ona tili ta`limida dolzarblik kasb etmoqda.[3] Ona tili ta`limini audio, vedio va multimediali vositalar yordamida amalga oshirish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish innovatsion faoliyatlardan biri sanaladi.
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta`lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto, har bir oila multimedia vositalarisiz, hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish samarasi an`anaviy usulga qaraganda 2 barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin ekan. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib,olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30% gacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, vedio va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.[4] Bunga multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik.
Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib shuni aytish lozimki, boshlang‘ich ta`limning sifat va samaradorligini rivojlantirishda o‘qituvchining kasbiy kompetentligi va o‘qimishlilik darajasi, bolalar psixologiyasi, zamonaviy pedagogik axborot texnologiyalarini puxta bilishi muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan, hozirgi paytda pedagog va dastur tuzuvchisi mutaxassislarning birlashib, turli fanlardan multimedia darsliklari yaratish ta`lim samaradorligini oshirish uchun kutilgan natijalarni berishini unutmasligimiz kerak.

Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin