―Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi asarlarni zamonaviy


 Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnik vositalar va ulardan



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix23.03.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#89358
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
1.3. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnik vositalar va ulardan 
foydalanishning ahamiyati 
Hozirgi axborot texnologiyalarning jadal suratda rivojlanishi ta‘lim tizimi va 
ta‘lim jarayoniga zamonaviy yondoshuvni toqozo etaqdi. Ya‘ni bugungi kunda
ta‘lim betrish mazmuni va sifati taraqqiyot natijasida o‘zgarib yangilanib borar 
ekan endilikda ta‘lim berish usullari va vositalarini ham o‘zgartishimiz va 
yangilashimiz lozim bo‘ladi. Ma‘lumki, ta‘limda turli usullar va o‘qituvchi 
hikoyasi bilangina ta‘lim sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchilarga 
tegishli bilimlarni berishda va ularni har tomonlama o‘zlashtirishlariga erishishda 
turli ta‘lim vositalaridan foydalanamiz. Ular orasida texnik vosialar o‘qituvchini 
ishini yengillashtiruvchi va ta‘limni sifatli amalga oshiriishini ta‘minlovchi muhim 
vosita hisoblanadi. Bugungi kunda, ayniqsa, ta‘lim sifatini oshirish maqsadida turli 
xildagi texnik vositalar ishlab chiqilmoqda yoki ta‘lim yo‘nalishlarida foydalnish 


21 
uchun moslashtirilmoqda. Ushbu texnik vositalariga avvallari magnitafon
kadaskop, televizor, filmaskop kabi bir qator vositalar kirgan bo‘lsa, bugungi 
kunda ular o‘rnini videoproyektor, kompyuter, kompyuter ekranlari kabi 
zamonaviy texnik vositalar egallamoqda. Texnik vositalar deganda faqatgina 
yuqorida keltirib o‘tilgan vositalarnigina tushunmasligimiz lozim. Texnika 
vositalari qaysi fanda qo‘llanilishiga qarab turli tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, 
fizika yoki kimyo fanlarida qo‘llaniladigan yoki biologiya fanlarida qo‘llaniladigan 
ayrim texnik vositalar o‘rnini kompyuter ham bosa olmaydi. Masalan: mikroskopni 
olaylik. Mikroskop o‘ta mayda detallarni kattalshtirib beruvchi qurilma
hisoblanadi. U bajaradigan vazifani jonli tarzda kompyuter amalga oshira olmaydi.
Lekin ijtimoiy fanlarni o‘tishda kompyuter yoki shunga o‘xshash texnik vositalar 
yetarlidir.
Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samararadоrligini оshirish ko`p 
jihatdan ta`lim vоsitalari bilan qay darajada ta`minlanganligiga bоg`liq bo`ladi. 
Ta`lim vоsitalari – o`qitilishi va o`rganilishi lоzim bo`lgan bilimlarni beruvchi har 
qanday axbоrоt tashuvchi vоsitalardir. Ta`lim vоsitalarini fоydalanilishi jihatidan 
quyidagi 3-qismga ajratish mumkin:
- ta`lim beruvchi uchun
- ta`lim оluvchi uchun; 
- dars o`tkazish uchun. Quyidagi chizmada (2-ch izma) ta`lim vоsitalarining turlari 
keltirilgan. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin