Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, Hikoya muallifi hayotini o’rganishdan oldin filьm namoyish qilinsa, o’quvchilarning Hikoyani idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda “Gulzorda” hikoyasini o’qishda ”Mehrobdan chayon” filьmidan parcha ko’rsatilishi, 3-4-sinflarda Ibn Sino haqidagi Hikoyalarni o’rganishda ”Ulug’bek xazinasi”, Alisher Navoiy haqidagi Hikoyalar bilan tanishtirishda “Alisher Navoiy” filьmi namoyish etilishi mumkin.
Kinofilьm va diafilьmlardan o’quvchilarni Hikoyani o’qishga tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o’quvchilarning tasavvur qilishlariga, tushunchalarini oydinlashtirishga, ongli o’qish va hissiy idrok etishlariga yordam beradi.
O’quvchilarning filьm namoyishida tug’ilgan ayrim savollariga ularning o’zlari yangi o’qiydigan Hikoyalardan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini ham oshiradi.
O’qituvchi hikoyasi. Bu metod Hikoya muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Hikoya muallifi shoir va yozuvchilar haqida so’zlab berilayotganda ularning portretlari, bolalar uchun yozgan Hikoyalari namoyish etilsa,
o’quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Boshlang’ich sinfda shoir, yozuvchilarning o’z tilidan o’qigan Hikoyalari yoki ular haqida boshqalar aytgan fikrlarni magnit tasmasidan eshitttirilsa yoki video tasmadan ko’rsatilib, unga o’qituvchi hikoyasi qo’shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4-sinfda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mathiyasi aytilgach, A. Oripovning o’zi aytgan ”O’zbekiston” she’ri qo’yib eshittirilishi mumkin. O’qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlarni o’quvchilar saviyasiga mos qilib, hajonli qilib hikoya qilsa, o’quvchilarning badiiy Hikoyani o’qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o’qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma’lumot 1- sinfdan 4- sinfga borgunga qadar ko’paytirilib, chuqurlashtirilib boriladi. Hikoyani o’qishga tayyorgarlik bevosita o’quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4-sinf) Hikoyaini o’qishga tayyorgarlikda o’quvchilarning o’tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o’quvchilar xayolan sayohatga olib chiqiladi. O’qituvchi o’quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o’quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlarni o’qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi).
O’quvchilarni mustaqil izlanishga o’rgatishning yana bir usuli o’quvchilarga oldindan yozuvchi yoki Hikoya yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar to’platish, alьbomlar tayyorlatish, so’ng o’quvchilar o’zlari aniqlagan ma’lumotlarni o’qib, so’zlab berishidir.
Sinfdan sinfga ko’chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o’quvchilar bilimi ortib boradi. Hikoya muallifi bilan tanishtirishga qo’yilgan talablar ham ko’payadi. O’qituvchi qisqa ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to’liqroq tanishtirishga o’tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning Hikoyalaridan nimalarni o’qiganligini hisobga oladi.