Boshlang„ich sinf “O„qish kitobi” darsliklarida bo„limlar
bilan ishlashning samarali usullari
Xalilov M. f.f.n.dotsent
Qosimova U. magistrant.
Boshlang„ich ta‟limda O„qish dasturining mazmuni kichik maktab yoshidagi
o„quvchilarga ona-vatanga muhabbat uyg„otish maqsadlariga xizmat qiladi. O„qish
bolalarning nutq boyligi o„stirish adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish,
mustaqil fikrlashga o „rgatishning muhim omilidir.Shu asnoda boshlang„ich sinf
o„qish kitobi darsliklariga mavzu doirasi: Vatan ,Vatan o„tmishi hozirgi ravnaqi,
xalq qahramonlari, tarixiy shaxslar, buyuk allomalar haqida, tengdoshlar hayoti,
ilm-fan, ma‟rifat va madaniyat, mavsumiy o„zgarishlarga oid bo„lgan matnlar
beriladi. Boshlang„ich sinf “O„qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan
mavzular o„quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishga, bolalar
ongu-shuurida milliy istiqlol g„oyasini shakllantirishga qaratilgan. Mavzular
g„oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olingan holda dastur qilib
tuziladi. Darsliklardagi o„quv materiallari mavzu doirasiga qarab, bir bo„lim ichida
beriladi. Bo„limlar mavsimiy va muhim sanalar hisobiga mos ketma-ketlikda
yozilgan bo„ladi.
Boshlang„ich sinf o„qish darsliklarining bo„limlar soni 1-4 sinfga qadar haftalik
o„quv rejasi ortib borishi hisobiga ko„payib boradi. Xususan 2-sinfda o„qish
darsligi 11 bo„limdan iborat bo „lsa, 3-sinf “O„qish kitobi” 13, 4-sinf “O„qish
kitobi” 14 bo„limdan tashkil topgan. 1-sinf “O„qish kitobi” esa savod o„rgatish
davridan keyin, 2-yarim yillikdan boshlab o„qitilgani hisobiga 7 bo„limdan
iboratdir.
Endi bevosita darsliklardagi bo„limlarni nomlanishiga kelsak, darsliklardagi
bo‟limlar mavzu doirasiga qarab tuziladi va nomlanadi. Bo„limlarning nomi
boshqa fanlarga bog„lanish mohiyatini anglatib turadi. 1-sinfdan 4-sinfga qarab
darsliklardagi bo„limlar g„oyaviy –mazmuniy jihatdan bir-birini takrorlab kelishi
mumkin, faqat mavzular ko‟lami jihatdan ancha kengayadi. Masalan: Bahor
mavzusidagi 1-sinf “Ko„klam- yashnaydi olam” bo„limida 7-ta mavzu,2-sinf
“Zumrad bahor bahridiling ochar” bo„limida 13 ta mavzu, 3-sinf “Keldi bahor
gulbahor” bo„limida 12 ta, 4-sinf “Zumrad bahor” bo„limida esa 11ta mavzu
berilgan. Faqat farqli tomoni shundaki 3-4 sinfdagi bo„limlarda o„quv materiallari
hajm jihatdan kengroq berilgan.
Boshlang„ich sinf o„qish darsliklarini tahlil qilib chiqsak, nomlanishda izchillik
bilan bir-birini takrorlanish holatlari ham uchraydi. Masalan:
1-sinf o„qish darsligida “O‟zbekiston- mening Vatanim”
4-sinf o„qish darsligida “O„zbekiston Vatanim manim”,
2-sinfda “Yoz o„tadi soz”
4-sinfda “Yoz o„tadi soz” bo„limi
3-sinfda “Kumush qish”
4-sinfda “Kumush qish” bo„limi
3-sinfda ham, 4-sinfda ham Xalq og„zaki ijodi bo„limlari nomlari
aynan takror berilgan.
1-sinf o „qish darsligidagi “Odob-insonga husn” bo„limi, 3-sinf o„qish
darsligidagi “Go„zal fazilat-inson husni”, 4-sinfda “Nima yaxshiyu-nima yomon”
bo„limlari mavzu jihatdan izchilikda berilgan. Lekin aynan 2-sinf darsligida shu
mavzularga mos asarlar alohida bo„limda berilmagan. 2-sinf “O„qish kitobi”
darsligida “Qushlar, hayvonlar bizning do„stimiz” bo „limi bo„lib, bu bo„limdagi
izchillik 4-sinf o„qish darsligida davom etgan. 3-sinf o„qish darsligida bu
mavzularga
alohida
bo„limda
to„xtalilmagan.
4-sinf
o„qish
darsligida
o„quvchilarga yangilik sifatida “Jahon bolalar adabiyoti” bo „limi berilgan va shu
asnoda 5-sinf “Adabiyot“ darsligiga uzviyligi bog „langan. Ulug„ allomalar, tarixiy
shaxslar haqidagi va bahor fasliga mos bo„limlar to„rttala sinf darsligida berilgan.
Bo„limlar bilan ishlashda o „qituvchi albatta bosh mavzudan anglashiladigan
go„yaviy bilimlarni o„quvchi ongiga singdira olishi kerak. O„qituvchi bo‟lim
boshlanayotganda bo„limni qaysi fanga bog„lashni bilishi kerak. Masalan:
”Tabiatni asrang, avaylang” bo „limini tabiatshunoslik faniga bog „lash mumkin
yoki “O„tmishni o„rganish burchimiz” bo„limini tarix faniga bo„glash mumkun.
O„qituvchidan talab shundaki bu fanlardan ham chuqur bilimga ega bo„lishi talab
qilinadi. Har bir bo„limning birinchi mavzusi o„tilayotganda yangi bo„lim
boshlanayotganini, bo‟lim nomi va unga moslab berilgan rasm izohlanishi
kerak.Yangi bo‟lim boshlanayotganda o‟tgan mavzuni takrorlashga kamroq vaqt
ajratiladi. Sababi o„tgan mavzu oldingi bo„lim yuzasidan takrorlash yoki nazorat
darsi bo„lishi mumkin. Ana shu vaqt hisobiga yangi bo„lim mavzusi izohi bilan
ishlanadi. Uning mazmun-mohiyati o„quvchiga tushuntirilib, darsga bo„lgan
qiziqishlari ortirilishi kerak bo‟ladi. Bo‟limdagi har bir mavzu o‟tilganda
xulosalashda bo‟limdan anglashilgan maqsad tushuntirilib, bo‟lim nomiga ishora
berib o‟tish darkor. Masalan: 2-sinf “o‟qish kitobi” darsligidagi “Zilol suv”
asarini o‟qib xulosalanib, bo‟lim mavzusi “Tabiatni asrang ,avaylang “ jumlasiga
bog‟lanadi. 3-sinf “o „qish kitobi” darsligida “Ulug„lardan o„rganmoq oqillik”
bo„limida “Donolarning donosi” matni Navoiy haqida aytish mumkin.Ulug‟
allomaning ezgu fazilatlarini o‟rganmoq, o‟rnak olmoq oqillik, yaxshi xislat
ekanligini bolalarga uqdirish lozimdir.
Darsliklardagi bo‟limlar hasriy yoki lirik (she‟riy ) ko‟rinishda berilgan.
Mavzu janrlari bir xil bo‟lishi ham goho bolaga zerikarli bo‟ladi. Misol qilib
aytsak, 2-sinf “o „qish kitobi” darsligida “Kumush qish misoli oqqush” bo‟limida 7
ta she‟riy matn, 3 ta nasriy matn berilgan. ”Otalar so‟zi-aqlning ko‟zi“ bo‟limida 1
ta she‟riy matn, 8 ta nasriy matn berilgan. Bo‟limlarni o‟rganishda o‟qituvchi shu
bo‟lim mavzusi g‟oyasi, maqsadidan kelib chiqqan holda, bukletlar va suratli
ko‟rgazmalar tayyorlasa, sinf xonasining xattaxtasiga to bo‟lim mavzulari
tugaguncha ilib qo‟yilsa yanada samarali bo‟ladi. Har bir bo‟limlar so„ngida bo
„lim yuzasidan takrorlash darsi o „tiladi. O„qituvchi mana shu darsda darsliklarda
keltirilgan savol-topshiriqlargagina tayanib qolmasdan qo„shimcha ishlashi lozim.
Hozirgi ilg„or maktab ta‟limining talabi shundan iboratki o„qituvchi zamonaviy
usullardan foydalanib dars berishda mohirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan
ta‟lim sohasi rivojiga hissa qo‟shishi darkor. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo„llash orqali iqtidorli o„quvchilarni aniqlash, bo„sh
o„zlashtiruvchi bolalarni o „z kuchiga bo „lgan ishonchni hosil qilish, o„quvchilar
o „rtasida do „stlik, o „zaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga erishishi lozim
bo„ladi. Shu talablarni nazarda tutgan holda bo„limlar bilan ishlashda ham
bolalarga qo„shimcha topshiriqlar berish yanada samarali usul hisoblanadi.
Masalan: bir guruhga bo„limdagi biror nasriy asardan eng qiziqarli qismini
sahnalashtirish, yana bir guruhga esa bo‟limdagi o‟zlariga yoqqan mavzularga
moslab rasm chizish, yana bir guruhga esa bo „lim nomiga oid kichik ma‟lumotlar
yig „ish (“Bilimdon”, “G„uncha”, “Dono-vord” jurnallaridan) topshiriqlarini berish
mumkin.
Ba‟zi bo „limlar yakunida bo„limdagi qaysi mavzu sizga ko„proq yoqdi? deya
savol beriladi. Ana shu savol har bir bo„lim yakunida berilishi kerak. Bolaga
oldindan o„ziga yoqqan asar haqida yozishi, yoki shu bo‟limdan nimalarni
o„rganganligi haqida matn tuzib yozish topshirig„i beriladi. Yana “Xalq og‟zaki
ijodi” bo‟limi o‟rganilayotganda bolalarga mustaqil ravishda maqol, latifa,
topishmoq, ertaklarni ota-onalari yoki buva-buvijonlaridan o‟rganib, to‟plab kelish
topshirig‟i ham berish mumkin. Bu topshiriqlar bo„lim yuzasidan takrorlash
darslarida nazorat qilinadi va baholanadi.
Bo „limlar bilan ishlashda yana testlar tuzish, sayohat-dars o„tish, qo„shimcha
adabiyotlardan bo„lim mavzusiga mos materiallardan foydalanish yanada samarali
natijalar berishi mumkin. Masalan: 4-sinf “o„qish kitobi” darsligida prezidentimiz
I.A.Karimovning “Yuksak –ma‟naviyat yengilmas kuch” asaridan parchalar
keltirilgan. Bu uslublar bolalarni tafakkurini o„stirish bilan birga, prezident
asarlarini o„qib o„rganishga bo‟lgan qiziqishini ortiradi .Yana bunga qo„shimcha
ravishda o„qituvchi bo„lim mavzulariga mos Konstitutsiyamizdan moddalarni,
ulug„ allomalarimiz va taniqli yozuvchilarning fikrlarini o„rgatib borishi mumkun.
Misol uchun: 2-sinf “O„qish kitobi” darsligidagi “Maktabim-qutlug„ makonim,
kitobim-oftobim” bo„limi uchun Konstutsiyamizning 41-moddasini “Har kim
bilim olish huquqiga ega. Bepul ta‟lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir” jumlasini, buyuk allomamiz Navoiyning
“Yigitlig„da yig„ ilmning maxzani, qarilig„ chog„i xarj qilg„il ani”
hikmatli so„zini namuna qilib keltirish mumkin. Yana misol qilib aytsak shu sinf
darsligidagi “Tabiatni asrang, avaylang” bo„limi uchun Konstutsiyamizning 50-
moddasi “Fuqorolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo„lishga
majburdirlar” jumlasini hamda Ibn Sino bobomizning “Agar chang va g‟ubor
bo‟lmaganda inson ming yil umr ko‟rardi” hikmatli so‟zini misol keltirish
mumkun. 3-sinf “O„qish kitobi” “Go„zal fazilat inson husni“ bo„limiga
Konstitutsiyamizni 66-moddasi “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar
o„z ota-onalari haqida g„amxo„rlik qilishga majburdirlar” jumlasini, “Vatan
Himoyachilari” bo„limi uchun Amir Temurning “Askari quvvatli mamlakat boy
bo„lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo„lur” so„zlarini, yana shu darslikdagi
“O„tmishni o„rganish burchimimiz” bo„limi uchun “49-modda. Fuqorolar
O‟zbekiston xalqining tarixiy, ma‟naviy va madaniy merosini avaylab asrashga
majburdirlar.” kabi konstitutsiya yoki yoki tarixiy shaxslarning mashxur so„zlariga
bo„glab, o„rgatib borilsa yanada samarali natijalarga erishish mumkin. Bu
usulga yana ko„plab misollar keltirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, boshlang„ich sinf o„qish darsliklarida bo„limlar bilan
ishlashda noananaviy usullardan foydalanish bolalarning intelektual
qobiliyatlarini o„stirishga, tushuncha va tasavvurlarini boyishiga xizmat qiladi.
Dars jarayonida o„quvchilarning faol bo„lishiga, ma‟naviy-ma‟rifiy bilimlarini
oshirishga hissa qo„shadi. Zeroki “Ta‟lim to„grisida”gi Qonunda ham, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”da ham o„quvchining mustaqil fikrlashiga alohida e‟tibor
berilgan. Buning uchun o„qituvchilardan o„quvchilarda kitobxonlik,
mushtariylik darajasini oshirish, izlanuvchanliklarini tarbiyalash borasida
targ„ibot-tashviqot va hamkorlik ishlarini kengaytirish talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Uzviylashtirilgan Davlat ta‟lim standartlri va o„quv dasturi. Toshkent-2010.
2.Qosimova K., Matchonov S., Gulomova X va boshqalar. Ona tili o„qitish
metodikasi. Boshlang„ich ta‟lim fakulteti talabalari uchun darslik. Toshkent.
”Noshir” nashriyoti 2009.-33 b.
3.G„offorova T. Shodmonov E. Eshturdiyeva G. 1-sinf “O„qish kitobi”
darsligi. Toshkent “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2014 y.
4.G„offorova T., Nurullayeva Sh.,Mirzahakimova Z. 2-sinf “O„qish kitobi”
darsligi. Toshkent. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2014 y.
5.Umarova M., Hamroqulova X.,Tojiboyeva R. 3-sinf “o„qish kitobi”
darsligi. Toshkent “O„qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2014 y.
6.Matchonov S., Shojalilov A., G„ulomova X. Toshkent. “Yangiyo„l poligraf
servis” 4-sinf “o„qish kitobi” darsligi.
7.Tillaboyeva M., Xo„jayeva M.,va boshqalar. ”Atrofimizdagi Olam”
O„qituvchilar uchun metodik qo„llanma. Toshkent. “Extremum-Press” nashriyoti
2014 y.
8. Xalq ta‟limi Jurnali. 2014 yil. 6-son. 15 b.
Dostları ilə paylaş: |