3- va 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning badiiy
Darslikning 9-bo’limi “Go’zal fazilat-inson husni”deb nomlanib, unda Safo Ochilning “Ota-ona duosi”, Shuhratning “ Qalamning o’kinchi”, E.Vohidovning “Kamtarlik haqida”, T.Yo’ldoshning “Hunarni sev” nomli 5 ta she’rlari jamlangan.
Bolalar uchun yaratilgan she’riy asarlarda tabiat manzaralari, hayvonotu nabobat tasvirlaridan tashqari odob-axloqqa oid she’rlar ham keng o’rin egallaydi. Masalan. Tolib Yo’ldoshning “Salom” she’ri bolalarni odob-axloqqa undovchi asosiy vositalardan biri bo’lib, uning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Salom bilan boshlanar,
Bilsang odob va axloq.
Salom bilan begona
Bo’lar tezda do’s-inoq.
Salom chiqqan og’izdan
Chiqmas sira yomon so’z.
Salom-assalom mini-mini
So’zlar ichra yagona.
Salom har bir bolaning
Odobidan nishona.
Odob-axloqqa doir she’rlardan bolalar adabiyotida kengroq foydalaniladi. Bolalarga bag’ishlab bitilgan asarlar orasida tarbiyaviy ahamiyati yaqqol sezilib turadigan asarlarning ham o’ziga xos o’rni, vazifasi bor.
Insоnning go’zаlligi uning mа`nаviy оlаmidа, ya`ni insоn xulqidа mujаssаmlаngаn оdоb vа hаyo va kamtarlikdadir. E.Vohidovning “Kamtarlik haqida”gi she’ri insonni buyuklikka yetaklovchi, el o’rtasida hurmat-izzatga sazovor bo’lishida muhim hisoblangan insonnig ziynati ekanligi yosh qalbga uqtiriladi:
Garchi shuncha mag’rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan mag’rurlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo’l, hatto bir qadam
O/tma g’uru ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O’par doim peshonasidan.
Shoir she’r orqali choynak va piyolaning munosabatini insonlar o’rtasidagi munosabatga qiyoslab, xulosa chiqarishga undaydi. Mag’rur kishi ko’p pand yeyishi, yo’qotishlarga duchor bo’lishi mumkinligi ta’kidlanadi.
Bolalar shoiri kichkintoylar hayot tarzini, ichki dunyosini, fe’l-atvorini, ruhiy kechinmalarini, fikrlash darajasi va ko’lamini, eng asosiysi, uning shirin chuchuk tilini yaxshi bilishi asosiy mezondir.
Odob-axloqning sara sifatlaridan biri sabr-qanoatli bo’lish, nafsga erk bermaslik, ochko’lik illatidan yiroq bo’lish kabilar nisonning go’zal fazilatlaridan biri ekanligi shoirlarimiz she’rlarida tasviriy vositalar asosida badiiy ifodalangan. Anvar Obidjonning qalamiga mansub “Vatan” she’rida vayronada yashaydigan boyqish ham xuddi bulbul kabi o’z hayotidan mamnun, vayronasi bilan shod. Negaki vayrona bo’lsa ham o’z uyi bor:
-Senga bitta savol bor,
Menga quloq sol, hoy, qush,
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Aytchi-nahot sen boysan?
Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi,
Bu vayrona bo’lsa ham,
O’zimniki, hammasi,
Shuning uchun boyman.
She’rda ikki ma’no falsafiy ifodalangan. Birinchisi, Vatan tushunchasini chuqur va mantiqan anglash bo’lsa, ikkinchisi ochko’lik, nafsga erk bermaslikdir. Yaxshi, koshonada yashashni istab, o’zgalar mulkiga ko’z olaytirmaslik, hasadgo’ylikdan yiroq bo’lish, boylik orttirish uchun turli yo’llarga kirib ketmaslik tushunchalari aks ettirilgan.
Dunyoda eng yomon odat bu ochko’zlikdir. Nafsni tiyish. Ochko’z bo’lmaslik boylik hisoblanadi. Kimki nafsni tiyib, yon-atrofga quloq solib yashasa faqat yutadi, el-yurt o’rtasida obro’-e’tibori oshib boraveradi. Masalan, o’tmishda bir kampirning bir chiroyli tovug’I bor ekan. Bu tovuq har ikki kunda bir marta tuxum qo’yar ekan. Kampir ikki kunda bir marta tuxum olishga qanoat qilmabdi. Bir kuni u o’ziga o’zi:
-Tovug’im o’lgurning ichi to’la tuxum, qornida tuxum xazinasi bo’lsa ham, ikki kunda bitta tuxum berib meni aldab yuribdi. Undan ko’ra qornidagi hamma tuxumini chiqarib ola qolay, deb o’ylabdi. Darhol tovuqni so’yibdi. Lekin, uning qornidan bir dona ham tuxum chiqmabdi, boz ustiga nodon kampir tovug’idan ham ayrilib qolibdi. …
Mana sizga ochko’zlikning oqibati! Agar kampir sabr-sadoqatli bo’lganida, ochko’z bo’lmaganida, ertani o’ylab ish ko’rganida, o’z nasibasini o’zi qiymagan, tovuqni o’ldirmagan bo’lar edi. Anvar Obidjon o’zining bir qator she’rlarida kampir kabi o’chko’z bo’lmaslikka chinakamiga da’vat qilganini ko’ramiz. Bolalar shoiri kichkintoylar hayot tarzini, ichki dunyosini, fe’l-atvorini, ruhiy kechinmalarini, fikrlash darajasi va ko’lamini, eng asosiysi, uning shirin chuchuk tilini yaxshi bilishi asosiy mezondir.
Kishi yaxshi insоn bo’lib yеtishishi uchun yaxshilаr bilаn suhbаtdоsh bo’lib, yaxshilаrni qidirаdigаn, ulаrgа ergаshаdigаn bo’lishi lоzim. Аgаr kishi yaxshilаr bilаn hаmfikr, hаmqаdаm bo’lmаsа, undаy оdаmdаn yaxshilik kutib bo’lmаydi. Kishi shirinso’z, mulоyim bo’lishi, аtrоfidаgi kishilаrni qo’pоl, qаttiq so’z bilаn bеzdirmаsligi lоzim. Insоnning go’zаlligi uning mа`nаviy оlаmidа, ya`ni insоn xulqidа mujаssаmlаngаn оdоb vа hаyodаdir: