Boshlang\'ich sinf o\'quvchilar diqqatining ayrim xususiyatlar mat-fayllar.org
Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai mavjud bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab ko`rinadigan bo`lsa, yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.