Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda pedagogik



Yüklə 287 Kb.
səhifə10/12
tarix27.04.2023
ölçüsü287 Kb.
#103360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Azizova Nafisa shoyusupova (2)

Izohli o’qishga XIX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos slogan, u o’qishda o’quvchilarni “ongli, tushunib, o’ylab o’qishga” o’rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni “Izohli o’qish” deb nomlaydi.
Izohli o’qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa,
boshqaruv yo’llarini bеlgilab oladi. O’z faoliyati va o’quvchilar faoliyatini tashkil etish yo’llarini, o’quvchilar bilimini nazorat etish yo’lLarini aniq ishlab chiqadi. Ta'lim natijasini tеkshirib, maqsadning nеchog’li amalga oshganini aniqlaydi va kеyingi loyihani tuzishda korrеktirovkalar kiritib, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etadi. O’qish darslarini tashkil etishda o’qituvchidan quyidagilar talab qilinadi:
Mustahkamlash-umumlashtirish darslarining maqsadi esa o’quvchilarning bo’lim yuzasidan o’rgangan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirishga xizmat qiladi, bundan tashqari o’quvchilar bilimini nazorat qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ham bunday darslar loyihasini qiziqarli yoki noan'anaviy tarzda ishlashga e'tibor qaratilsa ancha samarali bo’ladi.
Pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol usullarning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu borada, pedagogik texnologiyalar muvofaqqiyatlarni kafolotlovchi omilligini ta’kidlagan holda, izlanishlarimiz, bir qancha tajribalarimizni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali olib bordik va bir qancha natijalarga erishdik. O’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida qurish o’quvchilar bilimini oshirish, og’izaki nutqini o’stirish maqsadida “Reklama” metodidan foydalandik. Bu metod boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llanilsa o’quvchilarning kitob o’qishga bo’lgan ishtiyoqi, og’zaki nutqi shakllanadi, so’z boyligi oshadi, har bir mavzuga savol tuza olishga, erkin va mustaqil fikrlashga o’rganadilar. Ushbu metod orqali o’quvchilar ertaklarni, badiiy asarlarni reklama qiladilar. Reklama qilish jarayonida ertak, asar qahramonlariga xos sifatlarni ochib beradilar. Ya’ni asarni o’qib, asardagi voqea-jarayonlarni reklama qiladilar. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.



Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin