Alfraganus universiteti magistranti Shavkatov Shaxboz Shavkatovichning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishning nazariy jihatlari tahlili” mavzusidagi maqolasiga
TAQRIZ
Butun dunyo ta’lim tizimlarida axborot bilan ishlash kompetensiyasi muhim tushunchaga aylandi. U hayotning turli sohalarida axborotdan samarali foydalanish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va tajribalarni birlashtiradi. Maktab o'quvchilari allaqachon raqamli texnologiyalar davrida, o'zgarishlarga moslashish va tez o'zgaruvchan dunyoda muvaffaqiyatli bo'lish uchun axborot kompetensiyasini rivojlantirishlari zarur.
Zamonaviy ta’lim paradigmasi har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim natijalari sifatida kompetensiya to'plamiga ega bo'lishidan iborat. Pedagogika fani va amaliyotida “kompetentlik” va “kompetensiya” tushuncha - kategoriyalari XX asr oxiridangina amal qila boshlandi. Aynan shu narsa ilmiy-pedagogik adabiyotlarda va dissertatsiya tadqiqotlarida uchraydigan ta’riflarni izohlashdagi nomutanosiblikni tushuntirishi mumkin.
Sh.Shavkatov ushbu maqolada axborot bilan ishlash kompetensiyasi kichik yoshdagi o'quvchilarning ta’lim yutuqlariga bevosita ta’sir qilishi hamda axborotni samarali o'rganish va undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'lgan o'quvchilar maktabdagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishlari va muammolarni hal qilishda ijodiy yondasha olishlari haqida xorij tajribasiga tayangan holda bir qator amaliy tavsiyalarishlab chiqqan. Shu bilan birga o’quvchilarda axborot bilan ishlay olish ko’nikmasini shakllantirilishi o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, o'quvchilarga ma'lumotni tahlil qilish va baholash, faktlarni fikrlardan ajratishga yordam berishi bilan bog’liq nazariy tahlillar paradigmasini asoslab bergan.
Maqola yakunida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan:
-boshlang’ich ta’lim o'quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bilan bog’liq masalalarni ta’lim dasturlariga kiritish;
-o’quvchilar kutubxonalarda va internetda ma'lumot izlash, shuningdek, ma'lumotlarning ishonchliligini baholash asoslarini o'rganishlari bilan bog’liq uslubiy qo’llanmalar yaratish;
- o’quvchilarni oddiy hujjatlar, taqdimotlar va boshqa turdagi axborot mahsulotlarini yaratishga o'rgatish;
-o’quvchilarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kiberxavflarni tushunishlari va ularni qanday qilib oldini olish hamda axborot va tehnik vositalar bilan maqsadli ishlashni o’rgatish maqsadida maxsus kurslarni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish.
Alfraganus universiteti magistranti Shavkatov Shaxboz Shavkatovichning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishning nazariy jihatlari tahlili” mavzusidagi maqolasi dolzarb masalalar muhokamasi tadqiqiga bag’ishlanganligi, mavzu doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etishda asosli tavsiyalar berilganligini inobatga olib ushbu maqolani nashrga tavsiya etaman.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Boshlang’ich ta’lim nazariyasi kafedrasi vb dotsenti, pffd (Phd)