Boshlang'ich sinfda matematika o'qitish metodikasi fan sifatida Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, Xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar «Тa’lim to‘g‘risida»


Boshlang'ich sinf matematika kursining mazmuni



Yüklə 16,87 Kb.
səhifə2/4
tarix06.12.2022
ölçüsü16,87 Kb.
#72551
1   2   3   4
Atabekova Kamola. 1-2-3-4 savol

2. Boshlang'ich sinf matematika kursining mazmuni
Endi matematika mazmuni va eng asosiy tushunchalarni ochib berish xususiyatlarini qarab chiqamiz.
Arifmetik material butun manfiy bo’lmagan sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish, kattaliklar haqida, ularni o’lchash va kasrlar haqida, ismli sonlar va ular ustida amallar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu materialni o’rganish O’quvchilarni matematik tushunchalar tizimsini o’zlashtirishda, shuningdek puxta, ongli, O’quv va malakalarini egallashga olib kelishi kerak.
Boshlang’ich kursining asosiy tushunchalaridan biri natural son tushunchasidir. U ekvivalent to’plamlar o’zining miqdoriy xarakteristikasi kabi talqin etiladi. Bu tushuncha to’plamlar ustida amallar va kattaliklarni (kesmaning uzunligi, massa, yuz va h.k.) o’lchash natijalari asosida ochib beriladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, natural son tushunchasining faqat predmetlarini sanash jarayonida emas, balki kattaliklarni, miqdorlarni o’lchash jarayonida ham shakllanishi bu tushunchaning mazmunini boyitadi, boshidan boshlab O’qitishni bolalarning amaliy faoliyatlari bilan bog’liq, ulardagi son to’g’risidagi mavjud tasavvurlarga tayanib tashkil etishga imkon beradi.
Boshlang’ich kursda nol soni bo’sh to’plamlar sinfining miqdoriy xarakteristikasi sifatida talqin etiladi. Matematikaning boshlang’ich kursiga nol sonining va raqamning kiritilish sonlar sohasini o’zlashtirishlariga zarur sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Matematikaning tizimtik kursini o’rganishga tayyorgarlik ko’rish maqsadida boshlang’ich kursda kasr haqida yaqqol tushuncha beriladi. 1-sinfda ulush tushunchasi (butunni doirasining bo’lagi va h.k.) teng bo’laklarga bo’lish sifatida tarif berib kiritiladi. Ulush tushunchasining mohiyati sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonning o’zini topishga doir masalalarda ochiq-oydin ochib berilgani sababli, bu masalalar II sinfda o’rganiladigan kursga kiritiladi. 3-sinfda kasr ulushlarning to’plami sifatida kiritiladi, shuningdek, kasrning yozuvi, ko’rgazmalilik aosida kasrlarning shaklini o’zlashtirish va taqqoslash(1/2=2/4; 3/5<4/5) hamda sonning kasrini topishga doir masalalar kiritiladi.
Sanoq tizimsi to’g’risida tushuncha kursning kontsentrik tuzilishida natural sonlarni nomerlashni va ular ustida arifmetik amallarni o’rganish aytilganidek, xona, sinf, xona va sinf birliklari, xonali son tushunchasi kontsentrdan kontsentrgacha rivojlanib boradi, ya’ni asta-sekin yangi xonalar va sinflar, ularning nomlari kiritila boradi va shu munosabat bilan ularning nomi yozilishi va o’qilishi, o’nli tarkibi qaraladi.
Arifmetik amallar matematikaning boshlang’ich kursida markaziy o’rinni egallaydi. U murakkab va ko’p qirrali masala arifmetik amallarning, amallarning qonunlari va xossalarining amallar komponentalari va natijalari orasida hamda amallar orasidagi aloqa va bog’lanishlarning konkret ma’nosini ochib berishdan, shuningdek hisoblash o’quvi va malaklarini, arifmetik masalalar yechish o’quvlarini shakllantirishdan iboratdir.

Boshlang’ich matematika kursida o’quvchilarda hisoblash malakalarini ishlab chiqishga mo’ljallangan mashqlar tizimsi ko’zda tutiladi: jadval holidagi qo’shish va ko’paytirish hamda ularga teskari amal bo’lgan ayirish va bo’lish to’la avtomatizm darajasiga olib kelinadi, (o’quvchilar 3+8=11, 7*6=42, 12-5=7 56/7-8 larni tez va to’g’ri hisoblashlari kerak). Qolgan amallarni bajarish ham avtomatizmga olib keladi. Masalan, 18 va 7 qo’shishda 8+7-15, 10+15=25, yoki 7=2+5, 18+2=20, 20+5=25 amallar tez bajariladi. Arifmetik amallarni xossalarini o’rganish hamda ayrim amallarni bajarish bilan bir vaqtda to’plamlar va sonlar ustida amallar asosida komponentlar va arifmetik amallarning natijalari orasidagi bog’lanish (masalan, yig’indidan qo’shiluvchilardan birini ayirsak, ikkinchi qo’shiluvchi xosil bo’ladi), komponentdan birining o’zgarishi (masalan, qo’shiluvchilardan birini bir necha birlikda ortadi) ochib beriladi.
Arifmetik materialni o’rganish munosabati bilan algebra elementlari kiritiladi: konkret misollar asosida tenglik, tengsizlik, tenglama, o’zgaruvchi tushunchalari ochib beriladi, 1-sinfdan boshlab sonli tenglik va tengsizlik (3=3, 5=1+4, 7+2>7, 9-3<9-2 va h.k.) qaraladi, ular kontsentrdan kontsentrga murakkablashib boriladi. Ularni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan bevosita bog’liq bo’lib, uni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi. Bu yerda yana dastlab x+6=9, 10-x=2 va h.k. ko’rinishda eng sodda tenglamalar, keyinroq esa 2-sinfdan boshlab murakkabroq masalan (48+x)-24=36 ko’rinishdagi tenglamalar qaraladi.
Geometrik masalalar asosan o’quvchilarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish va ularning fazoviy tasavvurlarini o’stirish maqsadida xizmt qiladi. Shunung uchun 1-sinfdan boshlab matematika kursiga quyidagi geometrik figuralar kiritilgan: to’g’ri chiziqlar va egri chiziqlar, siniq chiziqlar, nuqta, to’g’ri chiziq kesmasi, ko’pburchak (to’rtburchak, uchburchak va boshqalar), ularning elementlari (uchlari, tomonlari, burchaklari) to’g’ri burchak, to’g’ri to’rtburchak (kvadrat), aylan, doira, doiraning markazi va radiusi. O’quvchilar bu figuralarni bir-biridan farqlash, ularning nomlarini aytishning hamda chizg’ich, go’niya va tsirkul yordamida katak qog’ozda, chiziqsiz qog’ozda eng sodda yasashlarni bajarishlarni o’rganishlari kerak. Bundan tashqari ular kesmaning, shuningdek siniq chiziqning uzunligini, to’rtburchakning perimetrini, to’g’ri to’rtburchak (kvadratning) yuzini topish malakasiga ham ega bo’lishlari kerak. Matematika kursi o’quvchilarning fazoviy tsavvurlarini shakllantirishga qaratilgan geometrik xarakterdagi turli-tuman masalalarni bilishni ham ko’zda tutadi.Barcha geometrik material ko’rgazmalik asosida ochib beriladi. Arifmetik, algebraik va geometrik materialni o’rganish bilan uzviy bog’liq ravishda kattalik (miqdor) tushunchasi va kattaliklarning g’oyasi ochib beriladi. Uzunlik, massa, vaqt, sig’im, yuz kattaliklarni o’lchash bilan tanishish amaliy asosida bajariladi va son, o’nlik sanoq tizimsi va arifmetik amallarning shuningdek geometrik figura tushunchasini shakllantirish bilan chambarchas aloqada bo’ladi. Ana shunday bog’lanish tufayli o’qitishni yuqori darajaga ko’tarish o’quvchilarning amaliy faoliyatlari bilan bog’lab olib borishga imkon tug’diradi.

Yüklə 16,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin