ADABIYOTLAR TAHLILI Ikki yoki undan ortiq fanlarni birlashtirish g‘oyasi yangi emas. Uni progressiv ta'limning elementlaridan biri - XIX asr oxirida boshlangan pedagogik harakat sifatida ko‘rish mumkin. Jon Lokk, Jan Jak Russo va Jon Dyui kabi ilg‘or ta'limning kashfiyotchilari o‘quv dasturlari va tadbirkorlikni ta'limga integratsiyalashuviga urg‘u berishdi. Tayler (1949) integratsiyani izchil o‘quv dasturi uchun zarur bo‘lgan gorizontal aloqalar sifatida ko‘rdi va Bloom (1958) "imkoniyatlarni ochadigan (tahrir)", tushunish va dolzarblikni ta'minlovchi so‘rovga yo‘naltirilgan, integratsiyalashgan o‘quv dasturini yoqladi Mathison va Freeman, (1998). Vaqt o‘tishi bilan, 1960-yillarga kelib, butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik xalqlar bilimni murakkab va o‘zaro bog‘liq tizimlar deb hisoblashgan. Bilimlarning o‘zgaruvchan tabiatiga dosh berish va o‘quvchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘pchilik mamlakatlar 1970-yillarga kelib integratsiyalashgan dasturga e'tibor qaratdilar.5 Integratsiya" atamasi lotincha "integrare" so‘zidan olingan bo‘lib, "yangilash" yoki " butunlashtirish " degan ma'noni anglatadi. Oksford Amerika lug‘ati (2001) integratsiyaga quyidagicha ta'rif beradi: "kattaroq, kengroq birlik hosil qilish uchun qo‘shilish" va "aralashtirish, uyg‘unlashtirish, sintez qilish, tartibga solish, qo‘shish, birlashtirish, muvofiqlashtirish va tartibga solish". Integratsiyalashgan ta'lim dasturi odatda ikki yoki undan ortiq oliy ta'lim muassasalari (OTM) tomonidan (ba'zan turli mamlakatlar yoki fanlardan) birgalikda ishlab chiqilgan va muayyan ko‘rsatmalar to‘plami bilan tartibga solinadigan o‘quv dasturini anglatadi Chetan, (2016).6 Integratsiya-umumiyat, birlikka erishishga yo‘naltirilgan jarayon yoki faoliyat natijasidir.
Integratsiya-o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangicha yondashuv demakdir.
Integratsiya- ta’lim jarayonini optimallashtirishning muhim tamoyili hisoblanadi.
Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir.
Integratsiya jarayonni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga ta’minlashni ifodalaydi.
Shuni alohida qayd aytish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogika asoslanadi. Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarida ko‘rsatish zaruratini keltirib chiqaradi.7Integratsiyaning afzalliklarini xalqaro miqyosda ko‘rish mumkin; Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) shkalalarida birinchi o‘rinni egallagan mamlakatlarda integratsiya siyosati qoidalari mavjud Drake & Savage, (2016). Kvebek va Kanada kabi PISA reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan mamlakatlar o‘z ta’lim tizimida integratsiyalashgan o‘quv dasturlari xususiyatlariga ega. Koreya yaqinda qayta ko‘rib chiqilgan siyosatining ko‘p bosqichlarida integratsiyalashgan o‘quv dasturini taklif qiladi Koreya Ta'lim, fan va texnologiya vaziri, (2009).8 Ta'limni integrasiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta'limga bog‘liq «Integratsiya» tushunchasi 2 ta ma'noga ega:
1. O‘quvchida atrof-olam to‘g‘risidagida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida ko‘riladi).
2. Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda integratsiya - ta'lim vositasi).
Integratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog‘lik yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o‘rgatish kerak. Bu maqsadni boshlang‘ich maktab amalga oshirishi kerak.
Integratsiya-predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarni qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashni bilimlar orasida bilmagan joylarni to‘ldirish, ular orasidagi aloqalarni o‘rganish lozim.9 Integratsiya - “butun’’degan ma’noni bildiradi, demak, u tafakkurning o‘sish jarayonlari turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona narsaning yaratilishilidir.
Maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarda integratsiyalashning ma’lum bir imkoniyatlari aks etib, darsni integratsiyalashgan holda tashkil etish bir qator shartlarga bog‘liq. Shuning uchun pedagok va metodistlar yangi dasturni yaratishdan avval, ana shu holatlarning barchasini e’tiborga olishlari lozim. Buning uchun eng avvalo o‘qituvchi sinfning tayyorgarlik darajasini, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olishi zarur.10