Ota-onalarga pedagogik bilim berish: Inson kamoloti shunchalik murakkabki unga hayotiy tajriba yetarli emas uning uchun o‘rganish, bilim, o‘qish nihoyatda zarurdir. K.D.Ushinskiy «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» hamda «Pedagogik adabiyot orasida»gi risolalarida Ota-ona uchun pedagogik bilim dastlab pedagogik adabiyotlar o‘rganishdan boshlanadi. Bola tarbiyasidagi bilim xalq ruhi bilan sug‘orilgan-xalqchilik g‘oyasiga asoslangandagina ota-ona bilimdon tarbiyachilik san’atiga ega bo‘la oladilar», – deyilgan. Pedagogik bilim ota-onalar uchun nihoyatda zarur. Bu bilim maktabda, mahallada va kundalik axborot vositalari orqali berib boriladi. Lekin hayotimizdagi yangi-yangi muammolar pedagogik bilimini yanada kuchaytirishni, chuqurlashtirishni talab etadi. Maktabdagi pedagogik bilim turli shakllarda amalga oshiriladi: Pedagogik ma’ruza, ilmiy, metodik kengash. «Savollaringizga javob beramiz» (ota-onalar kuni).
Ota-onalar uchun ma’ruzalar tashkil etishning shakllari: Ma’ruza ota-onalarga pedagogik bilim beradigan turlardan biridir. Ota-onalar uchun mo‘ljallangan ma’ruza ta’limi-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Ota-onalar uchun pedagogik bilim beradigan ma’ruzalar mavzulari: – milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish va barkamol inson tarbiyasida ota-onalar o‘rni. – oilada iqtisodiy tarbiya. – ma’naviy meros va oila. – siz o‘tmish avlodlaringizni bilasizmi? Oilada tarbiya masalalari. – mutafakkirlar ijodiyotida oila tarbiyasi. – farzand tarbiyasida xalqimiz qo‘llagan usullar. – oiladagi adolat–to‘g‘ri tarbiya asosidir. – farzandingiz sahiy, muruvvatli bo‘lsin desangiz? – oilada iymon-e’tiqod tarbiyasi. Ota-onalar uchun tanlangan mavzular quyidagicha rejalashtiriladi. Mavzu: «Ma’naviy meros va oila». Maqsad: Ota-onalarga o‘tmish merosimizdan bolani oilada tarbiyalash haqidagi mutafakkir va ma’rifaparvarlar asarlaridagi ta’limotlar haqida bilim berish. Ma’ruzani ta’minlovchi manbalar: a) O‘tmish ma’rifatparvar va mutafakkirlarning asarlari (Abu Ali Ibn Sinoning «Tadbir al-manozil», Alisher Navoiyning «Mahbub-ul qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqiy Muxsiniy» asarlaridagi oila tarbiyasidagi g‘oyalar. b) Ko‘rgazmalar-allomalarning rasmlari va kitob namunalari. v) Didaktik materiallar, dono so‘zlar yozilgan kartochkalar, faktlar.