Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda o`qish ko`nikmasini shakllantirish Djabbarova Muqaddas Boltayevna
Xorazm viloyati Xonqa tumani 14-maktab
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi
Annotatsiya: maqolada o`sib kelayotgan yoshlarni barkamol shaxslar etib shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammosi ekanligi, ilm fanning rivojlanishi, hayotga avtomatika va telemexanika, kompyuter texnikasining joriy etilishi, iqtisoddagi bozor munosabatlari keng va asosiy bilimga ega bo`lishni talab etishi, zamon talabiga mosyashay oladigan shaxs o`z bilimini muttasil boyitish bilan mashg`ul bo’lishi kerakligi haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: ko’nikma, ravon, bosqich, bo’g’inlab, harflab, tinish belgilari.
Bilim olish ko`nikmasini shakllanishida boshlang`ich sinf muhim bosqichdir. Maktabga munosabat, ilm olishga o`qishga qiziqish, tez ravon, tushunib o`qish ko`nikmasi boshlang`ich sinfda hosil bo`ladi. Boshlang`ich sinfning o`qish texnikasi bo`yicha miqdoriy ko`rsatkich: – bir daqiqada 80-90 so`zni o`qiy olish. Talablar: harflarni to`g`ri talaffuz etish: so`zlarni tog`ri o`qishlarni tasahkil etadi. Bundan tashqari, tinish belgilariga e`tibor berib, ravon, tushunib o`qish va boshqalar talab etiladi.
Ko`rinib turibdiki boshlang`ich sinfda egallanadigan o`qish ko`nikmalari juda murakkabdir. Bolaning savod o`rganishi bilangina o`qish ko`nikmasi shakllanib qolmaydi.O`qish ko`nikmasi o`qituvchining savod o`rgatish davrida foydalangan barcha ish usullariga o`quvchilarning maktabga qanday tayyorgarlik bilan kelganligi, ta`lim jarayonida o`qishga faol intilishi, yani qiziqishiga bog`liq bo`ladi.
O`qituvchi savod o`rgatish davrida turli ish usullaridan foydalanib, o`quvchilarning o`rgatilayotgan tovush va harflarni to`g`ri idrok etishini ta`minlashi tovush va harflarni mustahkam esda olib qolishiga erishishi, bog`in va so`zlarni tog`ri o`qish ko`nikmasini shakllantirishi kerak.
O`qituvchilar tajribasida “Alifbe” kitobidan, undagi rasmlardan va o`qish materiallaridan, kesma harflar, bo`g`inlardan, harflarni eslab qolishni ta`minlovchi rasmlardan so`z plakatlardan , harflar haqidagi she`rlardan , ko`chma qora taxtalardan o`rinli foydalanishni kuzatish mumkin .
Lekin har qancha mukammal ish tashkil etilmasin, o`quvchilarning ma`lum qismida o`qish ko`nikmasi talab etilgan darajada shakllanmaydi. Shuning natijasida boshlang`ich sinfni tugatib, 5-sinfga ko`chgan o`quvchilar orasida matnni yetarlilicha tezlikda , tushunib , ifodali o`qiy olmaydigan o`quvchilar uchraydi.
Bunday o’quvchilarni qo`shimcha o`qitish ham juda qiyinchilik bilan otadi. Ularda faollik yetishmasligi, sust harakat qilish kuzatiladi.
Bunday o’quvchilarning o`qishga intilishini kuchaytirish, o`qish texnikasini mukammallashtirish uchun o`ziga ishonchini shakllantirish yo`llarini topish kerak edi. Buning uchun o`quvchilar bilan oson so`zlarni o`qishdan boshladik.Ularga o`qilishi oson bo`lgan 2 harfli so`zlar tanlab ,ayrim varaqqa bosma shaklda yozib beriladi. Masalan:
Ot
osh
os
oq
it
un
ip
ol
ish
ich
O`quvchilarga 25 ta shunday so`zlarni bosma shakli beriladi. O`quvchilar ularni tez va ravon o`qigandan keyin 3 harfli
tom
tosh
bol
suv
bog`
sut
tog`
bosh
loy
mol
qon
sol
sir
choy
til
non
boy
zor
5 harfli ( vatan, parta, taxta, terak, parda, qalam, safar, bozor) kabi, 6 harfli ( duldul, tandir, tokzor) kabi, 7 va 8 harfli ( pomidor, kamalak, kapalak, Bahodir, sumalak, paxtazor, yaxmalak………….. kabi ) so`zlar berib boriladi.
Dastlabki davrda bo`sh o’quvchilar shu oson so`zlarni ham o….t- ot, o….sh- osh, u….n-un shaklida o`qishga intiladi.Agar oddiy so`zlarni tez va sidirg`a o`qishga o`rgatilmasa, harflab o`qish keyin ham davom etaveradi. O`quvchilarga ko`p marta takrorlatib bo`lsa ham so`zlarni sidirg`a o`qishiga erishish kerak. Bunda avval o`quvchilarga tushunish oson, yaqqol tasavvur etish mumkin bo`lgan so`zlardan boshlash va keyin ma`nosi mavhumroq bo`lgan so`zlarga o`tish foydalidir. Quyida to`rt harfli so`zlarni o`rgatishga taklif etilgan tizimni keltiraman.
dala
lola
Bola
ipak
elak
Etak
O`quvchilar sana, shama, teri, suli,tug`i kabi so`zlashuvda kam qo`llaniladigan so`zlarni o`qishda qiyinchilikka uchraydilar. Shuning uchun so`zlar mazmunan asta-sekin murakkablashib borsa, o`quvchilarning o’qishi yengillashadi. Bolalar bilan ishlashda ular o`qish ko`nikmasini qanday muvaffaqiyat bilan egallayotganini , qiziqishini hisobga olish muhimdir. Shunga erishish kerakki, o`quvchi to`g`ri, tez, qiynalmay o`qiy olishigacha yetishi kerak. Bolaning muvaffaqiyatiga qarab bir bosqichdan ikkinchisiga o`tiladi.
O`quvchi bu so`zlarnio`qish ko`nikmasini egallagandan so`ng to`liq jumlalarni o`qishga o`tish foydalidir.Masalan: Xo`roz qichqirdi. Rustam keldi. Osh pishdi. Bunday jumlalarni tez va tog`ri o`qigandan so`ng 3 so`zli, 4 so`zli, va 5, 6, 7 so`zli jumlalarni tavsiya etish mumkin. Bu jumlalarni sinf taxtasiga yozib ham o`qitish mumkin.
O`qituvchi chidam bilan izchil ravishda taklif etilgan ishlarni o`tkazsa, o`quvchilarning tez, to`g`ri va ravon o`qish ko`nikmasi mukammallashib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ishmuxamedov R. J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent - 2004
2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi - 2000.
3. Saydahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). - T. : Moliya, 2003.