O`yin tartibi:
5-6 nafar o`quvchidan iborat 2 guruh saflanadi. Xattaxtaga 2 xil meva nomi ilib qo`yiladi. Guruhlar musobaqa tarzida xattaxtada ilingan mevalar sifatini yozib boradilar.
Namuna:
Olma Anor
Shirin olma qizil anor
Ko`m-ko`k olma chuchuk anor
achchiq anor katta anor
Achchiq olma shirinanor
Qumloq olma dumaloq anor
Qizil olma kuzgi anor
Erta pishar olma achchiq anor
Shuningdek, xattaxtaga hayvonlar, parrandalar va narsalarning rasmlari ilinib, ularning sifatini yozilishi mumkin.
Masalan:
Ayiq bo`ri
Katta ayiq yirtqich bo`ri
Kichik ayiq ochko`z bo`ri
Bahaybat ayiq och bo`ri
“Sonning otini ayt” o‟yini
O‟yin tartibi:
O‟yinda ikkitadan o‟quvchi ishtirok etadi. Bir o‟quvchi sonni, ikkinchi o‟quvchi bu songa bog‟langan otni aytadi. Beshtadan so‟z aytilgach, o‟quvchilar o‟zaro almashadilar.ot so‟z turkumiga oid so‟zni aytolmagan o‟quvchi o‟yindan chiqib, navbatdagisi o‟yinga kirishadi.
H a m u n a
o‟quvchi 2- o‟quvchi
besh baho
o‟nta yong‟oq
ikkita qalam
“Nima qiladi?” o‟yini O‟yin tartibi :
O‟yinda 2 tadan o‟quvchi ishtirok etadi. Birinchi o‟quvchi narsa nomini, bildirgan so‟z-fe‟lni aytadi. 5 tadan birikma aytilgach, o‟quvchilar almashadilar. O‟yinda adashgan o‟quvchi boshqasi bilan almashadi.
N a m u n a
o‟quvchi 2- o‟quvchi
qushlar uchadi
baqa vaqillaydi
ot kishnaydi
quyon chopadi
qo‟y ma‟raydi
“ Birga uch” o‟yini:
O‟yin tartibi:
O‟yinda ikkitadan o‟quvchi ishtirok etadi. Birinchi o‟quvchi narsa nomini, ikkinchi o‟quvchi narsaning 3 xil harakatini bildirgan so‟z-fe‟llarni aytadi.
N a m u n a
1-o‟quvchi: 2- o‟quvchi
it vovullaydi
ot chopadi
eshak tishlaydi
«Undalmanitop»o`yini Ushbu o`yinni o`tkazishda undalmali va undalmasiz gaplar aralashtirilib beriladi. O`quvchilar ikki guruhga bo`linib undalmali gaplarni aniqlab daftarlariga ko`chirib yozadilar. Ikkala guruhga ikki matn beriladi. Ba`zan ikkala guruhga ham bitta matn berilishi mumkin.
Matn