Boshlang‘ich sinflarda so‘z tarkibini o‘qitish allayeva Gulraftor, Abduraxmonova Dinara



Yüklə 245,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.02.2023
ölçüsü245,91 Kb.
#85156
  1   2
3-sinf ona tili darslarida Asos asosdosh soʻzlar mavzusini oʻrganish



BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TARKIBINI O‘QITISH 
Allayeva Gulraftor, Abduraxmonova Dinara 
Jizzax davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi so‘zlarning tarkibiy qismlarini 
o‘rganib chiqish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini so‘z tarkibi bilan tanishtirish, so‘zlarning 
tarkibiy qismlari: o‘zak va qo’shimchalarni tanishtirish haqida fikr yuritiladi. 
Kalit sozlar: so’zning o‘zagi va qo‘shimchalari, so‘z, gap, tarkib 
Аннотация. В данной статье рассматривается изучение компонентов слов в 
узбекском языке, приобщение младших школьников к структуре слов, компонентам 
слов: ядру и суффиксам. 
Ключевые слова: основа слова и суффиксы, слово, предложение, содержание.
Annotation. This article examines the study of the components of words in the 
Uzbek language, introducing younger students to the structure of words, the components of 
words: the core and suffixes. 
Key words: word stem and suffixes, word, sentence, content. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan to bugungi kunga qadar barcha 
sohalarda ko‘plab islohotlar amalga oshib kelmoqda. Shu jumladan, 
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limga bo’lgan e’tibor yildan-yilga kuchayib 
bir qator yangiliklar kiritildi. Ma’lumki o‘zbek tili xalqimizning ma’naviyati 
va madaniyati rivojlanishi uchun asosiy rol o’ynovchi vosita sanaladi. Bunda 
birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov “Ayni paytda 
jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko‘p ish qilishimiz 
lizimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba’zan rasmiy muloqotlarda 
ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida 
ishlatiladigan sheva elementlarini qo’shib qapirish hollari uchrab turishi bu 
masalaning hali-hanuz dolzarb bo’lib qolayotganini ko‘rsatadi. Bu haqida 
so‘zlar yuritganda bobomiz Alisher Navoiyning “Tilga e’tiborsiz, elga 
e’tiborsiz” degan so‘zlarida naqadar chuqur hayotiy ma’no mujassam ekaniga 


yana bir bor ishonch hosil qilamiz”–degan fikrlari til o‘rganishga yetaklovchi 
omil bo‘lib xizmat qilmoqda. [1] 
Tilimizda uchraydigan bunday muammolarni hal qilish uchun
boshlang‘ich ta’limdan boshlab katta ahamiyat berishimiz lozim. Ona tili 
darslarida so’z tarkibini o‘qitishga katta ahamiyat berish lozim. 3-sinfda so‘z 
tarkibini o‘rgatishda dastlab so‘zning asosiy qismi haqida ma’lumot berish 
lozim. So‘zning asosiy qismi uning o’zagi sanaladi. Tilimizda minglab so‘zlar 
bor. Ular orasida bir umumiy qismga ega bo’lgan so’zlar ham mavjud. 
Masalan: bosh, boshliq, boshchilik; gul, gulchi, guldor, gulzor, gulla 
so’zlariga e’tibor bersak ular uchun bosh, gul qismlari umumiy ekanligini 
ko’ramiz. mavzu tushunarli bo‘lishi uchun o‘quvchilar bilan turli savol-
javoblar o‘tkaziladi. Masalan:

bog‘ so’ziga so‘roq bering. (qayer?) 

bog‘bon so‘ziga so’roq bering ( kim?) 

bog‘ deganda nimani tushunasiz? ( darxtlar ko‘p bo‘lgan joy) 

bog‘bon deganda-chi? ( daraxtlarni parvarishlovchi inson) 

bu so’zlar uchun umumiy bo’lgan so‘zni toping. ( bog‘) 
Bu so‘zlar o’zakdosh so’zlar deb ataladi. O’zakdosh so’zlar uchun 
umumiy bo‘lgan qism esa o‘zak deyiladi. Bir xil o’zakli so‘zlarning 
ma‘nolaridagi umumiylik o‘zakning umumiyligi tufayli vujudga keladi, ularni 
bir guruhga birlashtiradi; qo‘shimchalar esa so‘zning ma’nosiga o’ziga xos 
ma’no qo‘shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o‘zakli so’zlar ustida 
bunday ishlash usuli o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, ular 
diqqatini so‘zning umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish 
imkonini beradi. Masalan, o‘qituvchi kombayn rasmini ko‘rsatadi va 
“Kombayn boshqaradigan kishi nima deb nomlanadi?” savolini beradi. Javob 
doskaga yoziladi kombayn-kombaynchi.tushunchalarni taqqoslab quyidagi 
aniq, til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil 
o‘zakli so‘zlarning xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi. Avval so‘zlarni 
ma’no va tarkibiga ko‘ra taqqoslash asosida “O‘zakdosh so‘zlar” atamasi 


beriladi, keyin o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismi o‘zak deyilishi, 
o‘zakdosh so‘zlarni boshqacha qilib, bir xil o‘zakli so‘zlar deb nomlanishi 
ham tushuntiriladi. [2] 
Qoida: Ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega bo‘lgan so‘zlar 

Yüklə 245,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin