3. Alifbe darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish
Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qamrab olib, mazkur bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta'limiy-tarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va yozma mam haqida, gap, matnning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning so‘zlardan tashkil topishi, ya'ni matn tuzish va uni bo‘laklarga bo‘lib matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlami idrok etishga o‘rgatish, bo‘g‘in, tovush, harf haqida ma'lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar haqida ma'lumot berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajralishini o‘rgatish, alifbedagi rasmlar, o‘qimvchi yoki o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, o‘quvchilar bilgan she'r, hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalami yoddan ayttirish, ularga yangi she'r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilami o‘rgatib borish, alifbe darsligidagi so‘zlar, uning ma'nolari ustida ishlash, tanish so‘zlar asosida o‘quvchilarni gap tuzishga o‘rgatish, harf va tovush orasidagi inu-tanosiblik va farqni tushuntirish ishlari olib boriladi.
Mazkur Alifbe darsligiga kiritilgan jumboqli topshiriqlar ко'lami birmuncha keng bo‘lib, u o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Zero, Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Bolalarimizni qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatimiz, urf-odatlarimiz bilan tanishtirish kerak»ligini o‘ylab ko‘rishimiz lozimligini, ularda mustaqil fikrlashga rag‘bat uyg‘otish uchun pedagogik jihatdan ta'sirchan vositalami izlab topish, o‘quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar.
Darslikda 20 dan ortiq jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan. Jumboqli topshiriqlami yechishda o‘qimvchi o‘quvchilar jamoasining imkoniyatlarini hisobga olishi, ba'zi topshiriqlami yechishga bolalami oldindan tayyorlashi, ya'ni jumboqli topshiriqni kattalashtirilgan nusxasini ko‘rsatib, undagi ba'zi o‘rinlarni izohlashi maqsadga muvofiqdir. Masalan, darslikning 12-13-betlaridagi jumboqli topshiriq, «Оnа-bola ish ustida» va «Erkin jonivorlarni sevadi» mavzusi asosidagi mazmunli rasm ham matn tuzish topshiriqlariga bog‘lab berilgan bo‘lib, ushbu mazmunli rasmlarda Erkin ismli bolaning oiladagi hayoti tasvirlangan.
Darslikka jumboqli topshiriqlaming kiritilishi o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojiantirishda, ulami topqirlikka va bilmdonlikka un-dashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol qo‘llaniladigan yoki ularga yaxshi tanish bo‘lgan «та», «ma-па» (14-bet), kabi ba'zi so‘zlarning darslikka kiritilishi ham, awalo, alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimlarni mustahkamlashda, ularga tavsiya qilinayotgan o‘quv materiallarning yetarli darajada bo‘lishiga, ya'ni ko‘proq so‘z o‘qish imkoniyatini hosil qi-Ushga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so‘zlar (fe'l)ga oid boshlang‘ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan. O‘qituvchi darslik mate-riallari bilan cheklanib qolmay, ushbu so‘zlar mazmunini toiiq izohlashda turli mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Darslikning 17, 33-betlarida T va Y tovush-harflarini o‘rganishda mustahkamlash darslari uchun tavsiya qilingan «Bekinmachoq o‘yinida harflarni top» rebusining kattalashtirilgan nusxasini tayyorlab, ushbu nusxa asosida harflarni toptirish, rebusda berilgan harflardan so‘zlar tuzdirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, T tovush-harfini o‘rganish uchun tavsiya qilingan rebusdagi OTMA so‘zini bolalar osongina topa oladilar, uning tarkibida О, T, M, A tovushlari qatnashgan, ushbu harflar ishtirokida ОТ, MOT, TOM kabi so‘zlarni tuzish mumkin. 33-betdagi rebuslarni ham har ikkovini yonma-yon xuddi darslikda berilganidek, kattalashtirilgan nusxasini sinf xattaxtasiga ilib, berkitilgan harflarni (1-rebusda u, b, m, о, 1; ikkinchi rebusda у, 1, о, I kabi) ular birgalikda uy so‘zini hosil qilishini toptirish, ushbu harflar ishtirokida ol, mol, yoy, bol, loy kabi so‘zlarni tuzdirish mumkin bo‘lib, bunday mashg‘ulotlar bolalarning aqliy faoffigini rivojlantiradi, mantiqiy va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Darslikda ertakdan rasm-lavhalar, ular asosida matn berib borishga ham e'tibor berildi. Xususan, darslUaung 18, 31-betlarida LI, Uu harf-tovush-larini o‘rganishga mo‘ljallangan darslar uchun «Qaynar хитспа», «Bo‘ri bilan turna» ertaklaridan rasm-lavha va matnlar berilgan. Ushbu o‘rinda o‘qituvchi rasndarning qaysi ertak asosida chizilganligi va uning mazmunini bolalarga hikoya qildirishi, eslatishi maqsadga muvofiqdir. Xususan, Alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida o‘rganish uchun «Qaynar хитспа» ertagiga chizilgan rasm-lavha va matnni quyidagi tarkibda o‘rganish mumkin.
O‘qituvchi bu ertakka ishlangan bir necha rasmlarni o‘quvchilarga ko‘rsatadi. (rasmlar sinf xattaxtasiga ilib qo‘yiladi).
Qani, bolalar, bu rasmlar sizga qaysi ertakni eslatyapti?
«Qaynar xumcha» ertagini.
Yaxshi. Kim «Qaynar xumcha» ertagini aytib beradi?
Albatta, o‘quvchilarning javobini to‘ldirgan holda, o‘qituvchi ertakni qayta, obrazli va jonli ohangda aytib beradi, rasmlar asosida suhbat o‘tkazadi. Keyin darslikdagi rasm-lavha tasviri asosida berilgan matn o‘qitilib, gaplar tuzdiriladi.
Ana oltin.
Bobo oltinni ko‘rdi, kabi.
Shuningdek, har bir tovush-harf uchun tavsiya qilingan rasmlar osti-da ularning so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular asosida so‘zlarni tovush -bo‘g‘in tahlilini muntazam o‘tkazib borish o‘quvcHlarning yangi bilim-larni mustabkam o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi.
Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida so‘zlarning bo‘g‘inlab berilishidan maqsad, awalo, kelajakda o‘quvcliining orfografik savodxon-ligini ta'minlashga, to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmalarini tarkib toptirish-ga, qolaversa, uning lug‘at boyligini, so‘z zaxirasini oshirishga qaratilgan. Ushbu materiallar yangi bilimlarni mustahkamlashga oid mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rishda asqotadi. O‘qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvcMlarning to‘g‘ri yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: В harf-tovushini o‘rganish uchun 3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan.
Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni dars-likdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘qituvchi:
Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi. O‘quvchilar:
Be-shik.
O‘qituvchi:
- «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan? O‘quvchilar:
-Ikkita. O‘qituvchi: -Juda to‘g‘ri.
Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovush-lari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish o‘quvchi da orfografik savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta'lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar.
Ma'lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur. Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilishi, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab va baholash jarayonida qo‘llanishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darsla-rini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur.
Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba'zi didaktik o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz:
I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash mumkin. O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alo-hida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harflari uchun o‘quvchilar: I - ilon, S - sigir, M - maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi. O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir ras-mini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma'lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi.
Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harflar o‘quvchilarga quyidagi tartibda taqdim etiladi:
Demak, birinchi qatorda to‘rtta, keyingisi uchta, undan keyingisida ik-kita harf mavjud. Mazkur harflar ishtirokida kim ko‘proq so‘z topish o‘yini o‘ynaladi. O‘quvchilar daftarlariga topgan so‘zlarini yozadilar: mol, tol, mis, kino, zirak, va h.k. Agar mazkur o‘yin alifbegacha bo‘lgan davrda o‘tkazilsa, unda o‘yin shartlari o‘quvchilarga og‘zaki tushuntiriladi va boshqa ishlar ham og‘zaki bajariladi. Bunda qatorlardan birortasida harf o‘rnida bitta bo‘sh katakcha shaklini tavsiya etish hamda o‘quvchilarga bo‘sh katakchaga o‘zi ma'qul ko‘rgan harfhi qo‘yish imkoniyatini berish mumkin. Albatta, bu holda o‘quvchida mustaqil fikrlash uchun ko‘proq imkoniyat yuzaga keladi.
Bo‘g‘in ustida ishlashga oid didaktik o‘yinlardan savodga o‘rgatish davrida, imkoniyatga qarab og‘zaki yoki yozma tarzda quyidagi top-shiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi sinf xattaxtasiga birgina so‘zni yozadi. Masalan: kaptar so‘zi. Uni bo‘g‘inlarga ajratiladi: кар-tar. Endi har ikki bo‘g‘indan yana yangi so‘zlar tuziladi. kap-gir, tar-vuz. O‘yinni o‘quvchilar jamoasining qiziqishini, tayyorgarlik dara-jasini hisobga olgan holda davom ettirish, yozma ishlar o‘tkazish mumkin. «KatakIarni to‘ldiring» topshirig‘iga asosan tayyorlangan quyidagi rebus o‘yin ham o‘quvchilarning bo‘g‘inga oid bilimini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |