Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi



Yüklə 9,53 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü9,53 Kb.
#197949
Tashqi Такриз Ped.Konfliktologiya


Toshkent amaliy fanlar universiteti “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi v.b.professor N.Yuldasheva va U.B.Saparova tomonidan ishlab chiqilgan “Pedagogik konfliktologiya” fan dasturiga
T A Q R I Z
Har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarining aqliy va ahloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog'liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Ta’lim muassasalarida malakali boshlang‘ich ta’lim mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda boʻlajak pedagoglarni pedagogik jarayonda yuzaga keladigan konfliktlar , ularni oldini olish yoʻllari bilan tanishtirishda Pedagogik konfliktologiya fani aynan shu maqsadni ko‘zda tutadi.
“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi v.b.professor N.Yuldasheva va U.B.Saparova tomonidan ishlab chiqilgan “Pedagogik konfliktologiya” fan dasturi Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra malakali pedagog kadrlarni tayyorlashga, ularda pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Dasturda “Pedagogik konfliktologiya” fanining pedagogik fanlar tizimidagi o‘rni, fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, didaktik tamoyillar va qoidalar va ularning mazmun mohiyati, ko‘rgazmali vositalarni tayyorlash metodikasi, talabalarning mustaqil faoliyatini, darslarni tashkil etishda didaktik yondashuv masalalari talqin etilgan.
Dasturda loyiha va keyslarni tayyorlash, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, o‘quv jarayonini modellashtirish masalalalriga ham alohida urg'u berilgan.
Toshkent amaliy fanlar “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi v.b.professor N.Yuldasheva va U.B.Saparova tomonidan ishlab chiqilgan “Pedagogik konfliktologiya” fan dasturi barcha talablarga javob beradi va undan amalda foydalanish maqsadga muvofiq.
Nizomiy nomidagi TDPU– “Boshlangʻich ta'lim pedagogikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Z.Muratxodjaeva
Yüklə 9,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin