15.MAVZU. TA’LIMDA INNOVATSION JARAYONLAR VA O’QITUVCHI INNOVATSION FAOLIYATINING STRUKTURASI.
17. MAVZU. TA’LIM JARAYONINI INTEGRATSIYALASH MASALARI
2. Boshlang`ich ta’limni integrastiyalashtirishning zaruriyati.
3.Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasi.
O`quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali foydalanish ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag`ishlangan bo`lib, uning amaliyotga ta’siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi.
Ta’lim Integrastiyasi– fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni yaratishga imkon beruvchi vosita. Integrastiya tushunchasiga berilayotgan ta’riflar turlicha; ushbu ta’riflarning umumiylik tomoni - integrastiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga erishishdan iborat.
Integrastiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o`zining rivojini Integrastiya g`oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo`lgan predmetlarni o`rganish bo`lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta’minlovchi omil sifatida qaraladi.
Yu.M.Kolyagin fikriga ko`ra, ta’lim tizimida integrastiya ikki xil ma’noda qo`llanilishi mumkin:
1. O`quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish (bunda integrastiyaga ta’lim maqsadi sifatida qaraladi).
2. Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini topish (bu erda integrastiya-ta’lim vositasi hisoblanadi).
Birinchi ma’no bo`yicha integrastiya O`quvchi bilim dargohiga dastlabki qadamini qo`yishidanoq, dunyoni yaxlit, bir butun, uning barcha elementlari o`zaro bog`langan tizim sifatida tasavvur qilib olsin.
Ikkinchi ma’noda integrastiya O`quv fanlaridan beriladigan bilimlarning o`zaro to`qnash(uchrash)gan eri(nuqtasi)da yangi tasavvurlarni anglay olsin. Dastlab, fanlardagi fikr(g`oya)lar to`qnashgan nuqtada avvaldan bo`lgan tabaqalashgan bilimlardagi kamchiliklarni to`ldirishga, ular o`rtasida bo`lgan bog`lanishlarni tarkib toptirishga da’vat etsin.
Ta’limdagi integrastiyani quyidagicha ifodalashni lozim topdik:
1. Butun borliq haqida yaxlit tassavvur hosil qilish (bu erda integrastiya ta’lim maqsadi sifatida qaraladi);
2. Turli fan bilimlarini yaqinlashtirish uchun umumiy platforma topish (bunda integrastiya vosita sifatida ishlatiladi).
3. Rivojlantiruvchi ta’lim berish vositasi sifatida.
4. Umuminsoniy, milliy tarbiya vositasi sifatida.
Ikki O`quv fani o`rtasidagi aloqalarni o`rnatishda va ularning integrastiyasida vaqti-vaqti bilan u yoki bu fan tayanch bo`lib xizmat qiladi. Turli O`quv fanlardagi mavzularning uzviy bog`liqligi va mantiqiy o`zaro aloqadorligi integrastiyalashgan darslarning asosi bo`lishi kerak.
Integrastiyaning tarkibiy qismlari.
Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo`ldiki, integrastiya ma’lum bir tarkibiy qismlarga ega ekan. Quyida ana shu haqda fikr yuritiladi.
Ob’ektga doir integrastiya: bunda bir ob’ektning turli fanlardagi timsollari bir mavzu, bo`lim yoki kurslarga (yer, suv, havo, oziq-ovqat va boshqa) kiritiladi.
Tushunchaga oid integrastiya: bunda umumiy tushuncha (energiya, harakat, modda, axborot va boshqalar)lar mazmunini ochib beradigan mavzu yoki kurslar qamrab olinadi.
Nazariyaga oid integrastiya: u fizika, kimyo, biologiyadagi kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika, sotsiologiyadagi evolyusion nazariyaga asoslanadi.
Metodologik integrastiya: u falsafa metodologiyasi kabi ilmiy bilishning alohida metodlariga taalluqli integrastiya bo`lib, ularga tizimli yondashuvning qo`llanilishi va uning mohiyati, tabiatshunoslikka oid muammolarning qo`yilishi va ularning hal etilishi; fandagi tushuntirish va prognoz qilish; kuzatish, tajriba, modellashtirishning tuzilish mohiyati va qo`llanilishi kabilar kiritiladi.
Muammoli integrastiya: u turli kenglik darajasidagi fanlararo muammolarni qamrab oladi (atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish va boshqalar).
Faoliyatga oid integrastiya: munozara, guruhlar tarkibida ishlash, fanlararo reja va loyihalar tuzish va boshqalar.
Amaliy integrastiya: turli jarayon yoki texnik mahsulotlarni har tomonlama ko`rib chiqish, antibiotiklar, sintetik moddalar, biotexnologiya kompyuterlar va boshqalar.
Ta’limda O`quvchilarga ma’lum bilimlar tizimini etkazib, ularni faqat eslab qolishning o`zi bugungi kunda etarli bo`lmay qoldi. Zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg`otish, mustaqil bilim olish ishtiyoqini hosil qilish, integrastiya asosida ta’lim berish dolzarb vazifalardandir. Pedagogik texnologiya ana shunday talabni ro`yobga chiqarishga qaratilgan ta’lim tizimidir. Texnologiyaning asosiy talabi-O`quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o`zlashtirishda faollik ko`rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta’limda aniq samarador natijaga erishishdir.
Ta’limni integrastiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta’limga bog`liq «Integrastiya» tushunchasi 2 ta ma’noga ega:
O`quvchida atrofdagi olam to`g`risida yaxlit tasavvur hosil qilish (bu erda integrastiya ta’lim maqsadi sifatida ko`riladi).
Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu erda integrastiya - ta’lim vositasi sifatida ko`riladi).
Integrastiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog`liqligini ko`rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog`liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o`rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang`ich maktab amalga oshirishi kerak.
Integrastiya - predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarini qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan bilimlar orasida bilmagan joylarni to`ldirish, ular orasidagi aloqalarni o`rnatish lozim. U ta’lim oluvchining bilimini oshirishga, ta’limdagi tor ixtisoslashtirishni yangilashga yo`naltirilgan. Shu bilan birga integrastiya ta’limining klassik O`quv predmetlari o`rnini egallashi kerak emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos. Muammoning qiyin tomoni integrastiyaning ta’lim boshidan oxirigacha dinamik rivojlantirishdadir. Agar boshida «hamma narsa to`g`risida ozgina bilish» lozim bo`lgan bo`lsa, keyinchalik tarqoq bilim va ko`nikmalarni birlashtirish kerak bo`ladi va oxiriga kelib «ozgina narsa to`g`risida hammasini bilish» kerak bo`ladi, ya’ni bu yangi integrastiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.
Ma’lumki, «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» e’lon qilingandan buyon O`quv rejasidagi fanlarning soni boshlang`ich ta’limda 10 dan ortdi. O`quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat o`zgarishlarining ham bo`lishini taqozo etmoqda. Bu jihatdan rivojlangan davlatlarning tajribasiga tayanmoq lozim. Ularning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi O`quv dasturlari va darsliklardan foydalanmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo`lsa, Koreya va Shveytsariyada integrastiyalashgan fanlar, Vengriyada madaniyat yo`nalishidagi O`quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha O`quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o`qitiladi1.
Respublikamizda etuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo`naltirilgan ta’lim tizimi barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladigan ijodkor shaxsni tarbiyalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun ta’limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, O`quv darsliklari yaratilmoqda. Ta’lim muassasalari, xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta’lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda. Ta’lim jarayoniga innovastiyalar kirib kelmoqda. Bu tushuncha «yangilik» ma’nosini bildirib, ta’lim islohotlarida nazarda tutilgan ta’limda totalitarlikdan demokratik ta’lim tizimiga o`tish, shaxsning qiziqishlari, qobiliyatini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish, ta’lim tizimini jamiyatning iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish, bilimlarni chuqur o`zlashtirishni ta’minlaydigan ta’lim tizimini shakllantirishga sharoit yaratish kabilarni hisobga olish zarur..
2.Boshlang`ich ta’limni integrastiyalashtirish zaruriyati.
Integrastiya - «butun» degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o`sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish bo`lib hisoblanadi. Integrastiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib chiqishi, kashfiyotdir. Alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog`lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir.
Bugungi kunda biror bir lug`atda integrastiyaning metodik jihatdan mazmuni haqida bironta so`zni uchratish mumkin emas. Lekin integrastiya so`zining ma’nosi hammamiz uchun yaxshi tanish. I. Kololojvari, L. Sechenikova lar integrastiyani metodik xarakterini «Integrativ darslarni qanday tashkil etish mumkin?2» nomli maqolalarida quyidagicha tasniflaydilar: «...integrastiyalashgan darslarning imkoniyatlarini to`rt yil o`rganish natijasida bu metodikaning kelajagi katta ekanligiga ishonch hosil qildik. Unga ko`ra O`quvchilar ongida bizni o`rab turgan dunyo haqida yanada to`liq va atroflicha keng tasavvur hosil qilish imkoniyati tug`iladi. Bolalar o`z bilimlarini amaliyotda yanada faol qo`llash imkoniyatiga ega bo`ladilar, chunki bunda bilimlarning tub mohiyati yanada keng ochib berish imkoniyati, olamni bir butunlikda tasavvur qilish imkoniyati mavjud. O`qituvchi fanga oid bilimni berishda uni boshqa fanlar ma’lumotlari bilan solishtirish asosida uni yanada boyitadi, to`ldiradi”.
Maktabda o`qitiladigan barcha fanlarda integrastiyalashning ma’lum bir imkoniyatlari mavjud bo`lib, uni integrastiyalashgan holda tashkil etish bir qator shartlarga bog`liqdir. Shuning uchun pedagoglar va metodistlar yangi dasturni yaratishdan avval, ana shu holatlarni barchasini e’tiborga olishlari lozim. Buning uchun eng avvalo o`qituvchi sinfning tayyorgarlik darajasini, O`quvchilarning psixologik xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olishi lozim. O`quv faoliyatidagi qiyinchiliklarning sabablaridan biri integrastiya metodidan foydalanish ham bo`lishi mumkin. O`quvchilarning bir fanni muvaffaqiyatli o`zlashtirishlarining sababi, boshqa bir fandan yaxshi bilimga ega bo`lishlari bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin. Misol uchun katta hajmdagi matnni savodli ko`chirib olish uchun uni tez va to`g`ri o`qiy olish malakasi talab qilinadi. Agar bunday imkoniyat haqida gapirmasdan turib, o`qituvchi o`rgatiladigan har bir fanni boshqasi bilan solishtirmasdan, taqqoslamasdan, uning ma’lumotlaridan foydalanmasdan o`rgatishi anchayin qiyin va zararli bo`lishi mumkinligini his qilishi zarur.
Axir biz dunyo yagona bir butun ekanligini his qilib borayapmiz, sababi bir mavzuni yoritish uchun boshqa bir sohalarga murojaat qilmasdan iloji yo`qligi kunday ravshan bo`lib bormoqda. Bunday hollarda taqqoslash, qarama-qarshi qo`yishdan foydalaniladiki, bu esa integrastiya hisoblanadi.
Dasturdagi ko`plab fanlarda «to`qnashish» mavjud: bunda ma’lum bir ob’ektni o`rganishda mavzular, muammolar, savollar bir xilligiga ro`para bo`linadi. Bularning barchasi esa hyech bo`lmaganda bitta mavzuga doir integrastiyaga bo`lgan «talab»ni ifodalaydi.
Boshlang`ich ta’limdagi o`qish darslarini ona tili, odobnoma, shuningdek, rasm, tabiatshunoslik, mehnat fanlari bilan bog`lab o`qitish uchun modulli dars texnologiyalariga amal qilmoq joiz. Chunki bunday darslar O`quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikrlashga o`rgatadi.
Hozirgi kunda integrastiyaning bir necha usullari qo`llaniladi. Ulardan biri bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish g`oyasidir. Bugungi kunda mazkur masalada ko`plab xorijiy mamlakatlar olimlari boshlang`ich maktablarining o`ziga xos xususiyatini integrastiyalash muammolarini tadqiq etmayotganliklarida ko`rish mumkin.
Ular ilgari surayotgan ayrim ta’limotlar mohiyatiga to`xtalamiz. Integrativ ta’limning bosh maqsadi bolani tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan, bir so`z bilan aytganda dunyo bilan suhbatga tortish, mazkur suhbat mobaynida faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o`simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan tildan foydalanishga yo`naltirish g`oyasi, kichik maktab O`quvchisiga fikr doirasi keng bo`lgan muloqot san’atining boshlang`ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o`z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o`z-o`zi bilan muloqotdan to atrof-muhitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi, integrativ ta’limning maqsadlaridan yana biri o`zi yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog`liqlik, o`zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg`u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko`rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o`zini o`rganuvchi, tekshiruvchi o`rniga qo`yadi.
Integrativlik insonning olam bilan o`zaro aloqalarida aks etuvchi mavzularga kiritilgan: bola idrokida abstrakt bo`lgan uzoq va (kosmos, yulduzlar, er planetasi, katta bo`shliqlar va vaqt qa’ri) yaqin olam (mikroolam, uy oldidagi hayvonlar va o`simlik dunyosi, ona Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati) haqida yaxlit tasavvur hosil qilishi. Insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya markazlari, insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari, insonning ichki dunyosi); madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi odamlarning ishlari).
Bir so`z bilan aytganda, shu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarining o`ziga xos xususiyatlarini ochish - integrativ ta’limning asosiy mantiqidir.
Integrativ ta’lim oddiydan murakkabga, bilishdan - ilmga, tartibsizlikdan uyg`unlikka, chanqoqlikdan mohirlikka va ijodga bo`lgan harakatni taklif qiladi. Bola dunyo yaralishining «g`ishtchalari» bilan tanishadi, olamning boshlanishiga, insonning erda paydo bo`lishiga murojaat qiladi. So`zlarni, sonlar sirini, yashil barglar, qadimiy afsonalar sirlarini ochishga intiladi. U makon va zamon bo`ylab sayohatga otlanadi. Shunday qilib, bola har kuni ochilishi kerak bo`lgan olamning go`zalligini va turli-tumanligini his qiladi.
Murakkab dunyoqarashlar ilmiy, badiiy g`oyalar bola tushunishi uchun qulay, obrazli mavzularda o`z aksini topgan, ular yil mundarijasini tuzishga imkon beradi. Bir tartibga solingan tizim bu integrativ ta’limning o`ziga xos xususiyatidir. Bunday o`yinlarga yondoshish 6-10 yoshdan boshlanadi. Bu xol ularni turli o`yin orqali murakkab bilim orttirish, badiiy, axloqiy masalalarni hal qilishiga yordam beradi.
Yil va chorak mundarijasiga turli ertak qahramonlarini kiritilishi ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ular bolani mavzudan mavzuga etaklab yurgandek, ular bilan bola inson bilan muloqot qiladi va yangi narsalarni bilib oladi.
Integrativ ta’lim shaxsga moslangan yo`nalishga ega faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ahamiyat beriladigan qilib ishni tashkil etishni nazarda tutiladi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko`rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. Shu maqsadda «O`z yulduzingni yoq», «Guldastada sening guling», «Sen sevgan kitob» kabi o`yinlardan foydalanish mumkin. O`yin davomida diqqat-e’tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, tug`ilgan kuni munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki katta guldasta bayram egasiga yoqadigan gul bilan boyiydi). Sevimli kitob esa sinf kutubxonasini to`ldirish bilan birga egasiga (imzosi) ega bo`ladi.
Kichik maktab yoshidagi O`quvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy hayotiy masalalalarni hal qilishda o`ziga xoslikni, uddaburonlikni, epchillikni rag`batlantirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan bolalarning she’r va hikoyalar yozish, yangi raqs o`ylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob yaratish, o`simliklardan shakllar yaratish kabi ishlar bilan rag`batlantirib borish taqozo etiladi.
Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Darslar bolalarda ko`rish va eshitish qobiliyatlarini (materiallar sifatini, materialini ushlab ko`rib ajrata bilish qobiliyati), sezish tuyg`ularini (hid va ta’mni ajrata olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga yordam beradi. «Ovchilar», «Hayvonlar», «Izquvarlar» o`yinlarini o`ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo`lish, masalalarni mantiqan hal eta bilishgina emas, insonga berilgan barcha his-tuyg`ular ham muhim ekanligini ko`rsatib beradi. Ularni rivojlantirish o`ta nozik tuyg`ularning shakllanishiga yo`ldir. Bunga yorqin obrazlarga, san’at asarlariga, tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish mumkin. Bolalarda salbiy, xunuk, yomon narsalarga ham emotsional munosabatini rivojlantirish lozim.
Bunga ertaklar o`qish, turli sahna ko`rinishlari qo`yish yordam beradi. Bolaning his-tuyg`ulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bog`liq holda bolani faol harakat qilishga, o`z xolatini tana harakatlari, imo-ishoralar, raqs orqali ko`rsatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim.
3.Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasi
Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish uchun avvalo qaysi darslar integrastiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslarning asosi – turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalarida ko`rinadi.
Savod o`rgatish darslari (o`qish va yozishga o`rgatish).
Integrastiyalangan darslar. Bunday integrastiyalangan ta’lim – bu sinfdan tashqari o`qish. Bu erda yaxlit jarayon kechadi:
a) kitob o`qish asbobi sifatida o`qish darslarida olgan o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish;
b) matn ustida ishlash;
v) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
Integrastiyalangan darslarga quyidagi fanlarning birikishini ko`rsatish mumkin: o`qish-rus tili, o`qish-tabiatshunoslik, o`qish-tasviriy san’at, o`qish-musiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-mehnat ta’limi, matematika-mehnat ta’limi, matematika-jismoniy tarbiya.
Didaktik tizimda predmetlararo asosda integrastiyalash o`qituvchi (ta’lim berish) va O`quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko`zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o`qituvchi va O`quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida integrastiyalashgan darslarni tashkil etishning quyidagi bosqichlari mavjudligi aniqlandi:
1-jadval
№
|
Bosqich nomlari
|
Amalga oshiriladigan vazifalar mazmuni
|
|
Maqsadli bosqich.
|
O`qituvchi umumiy maqsadni qo`yadi. O`quvchilar o`qituvchi boshchiligida predmetlararo bog`liqliklarni tushunib etishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular e’tiborlarini, fikrlarini faqat umumiy bilimlarni o`zlashtirishga emas balki, ko`chirish tahlil qilish shaxsning belgilari qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
|
|
Isbotlash bosqichida
|
O`qituvchi O`quvchilarni dunyoqarashini o`stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag`barlantiradi. O`quvchilar o`z irodalarini dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo`naltiradilar.
|
|
Mazmunli bosqichi
|
O`qituvchi yangi O`quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O`quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o`zlashtiradilar.
|
|
Vositalarni tanlash bosqichi
|
O`qituvchi bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi turli predmetlarni, ko`rgazmali vositalarni, darsliklarni, jadvallarni, savolnomalarni, amaliy vazifalarni tanlaydi. Bu vositalar O`quvchilarga ko`chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakteridagi integratsion masalalarni hal qilishga yordam beradi.
|
|
Natijali bosqich
|
O`qituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integrastiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo`llaydi. O`quvchi bilimlar tizimida, umumlashtirib ularni amalda qo`llaydi.
|
|
Nazorat qilish bosqichi
|
O`qituvchi bir-biri bilan bog`langan predmetlarga O`quvchilarning tayyorgarligini nazorat qiladi, o`zlashtirishlarini baholaydi. O`quvchilar o`z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo`yicha o`z-o`zini ham, ularni birlashtirish ko`nikmalarini ham nazorat qiladilar.
|
Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida boshlang`ich ta’limda integrastiyani amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalar aniqlandi:
2.1 -jadval
№
|
Usul va vositalar nomi
|
|
Evristik suhbatlar.
|
|
Umumiy suhbatlar.
|
|
Ekskursiyalar.
|
|
Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asar materiallari asosida nutq o`stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar.
|
|
Ta’limning ko`rgazmali metodlari.
|
|
Mustaqil ishlar.
|
|
O`qish, matematika darslarida og`zaki rasm chizish.
|
|
Imo-ishorali ko`rinishlar (pantomimalar).
|
|
Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o`qish.
|
|
Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda).
|
11.
|
O`lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish, echish va boshqalar.
|
Ta’limni tabaqalashtirishni rad etmaydigan, uni to`ldiradigan integrastiyani ta’lim tizimiga kiritish, jamiyatga yaxlit dunyoqarashga, o`zidagi bor bilimlarini mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondoshish qobiliyatiga ega bo`lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalab, kamolga etkazishda an’anaviy predmetlarga bo`lib o`qitishga nisbatan ko`proq yordam beradi.
O`quvchilar nutqini “Tabiatshunoslik” hamda “Ona tili” fanidan atamalar bilan boyitishda berilgan umumiy ma’noli atamalarning xususiy ma’nolarini topish, ularni esa o`z navbatida, muayyan uyadosh so`zlarga ajratish, “Tabiatshunoslik” sohasiga oid atamalarning ma’nosini sharhlash va izohlash, bunday atamalarning kichik izohli lug`atini tuzish, berilgan atamalar uyasini davom ettirish, atamalarni alifbo tartibida joylashtirish, har ikki fanga oid atamalarning talaffuzi va imlosi ustida ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar nutqni rivojlantirishda muhim o`rin tutadi. Ayniqsa, berilgan maqollardan “Tabiatshunoslik” faniga oid atamalarni topish, ularni izohlash, ular asosida matnlar yaratish, bunday matnlarni dialoglarga aylantirish kabi ish turlari O`quvchilarning so`z boyligini oshirishga imkon yaratadi.
Sub’ekt fikr bayon etishi uchun uning o`z so`zlari bilan qayta hikoya qilishga doir mashqlar bajartiriladi. Bunday mashqlar O`quvchilarning nutqiy malakasini oshiradi, berilgan topshiriqqa ijodiy yondashtiradi, ularni fikrlashga undaydi. O`quvchilarning nutqiy ta’sirchan, mantiqiy jihatdan asosli, yoqimli bo`lishi uchun ularning nutq ijodlariga to`liq erkinlik berish taqozo etiladi. Buning uchun esa darsda xalq maqollaridan foydalanish ham samarali usul hisoblanadi.
Chunki o`zbek xalq maqollari, hikmatli so`zlar, ma’naviyatimizning go`zal ifodasidir. “Tabiatshunoslik” hamda ona tili darslarini uyg`unlashtirishda maqollardan foydalanish maqsadga muvofiq, bo`lib, bundan darsning mustahkamlash bosqichida foydalanish o`rinlidir. Maqoldan foydalanishning boisi shuki, u xalq donishmandligining lo`nda va ixcham ifodasidir. Ular O`quvchilarni mantiqiy fikrlashga, qissadan hissa chiqarishga, o`z maqsadini bayon etishga undaydi. Maqollar o`zbek tilining eng go`zal, boy, nozik badiiy xususiyatlarini bilib olishda va so`z boyligini oshirishda katta ahamiyati ega. O`qituvchi O`quvchilardan maqolning mazmunini sharhlatib qolmasdan, balki, maqolaga mos hikoyat, rivoyatlar ayttirishlari mumkin yoki maqolga mos rasm chizishlari, shuningdek, Tabiatshunoslikdan o`tilgan qaysi mavzuga shu maqol mos tushishi ham so`ralsa, fanlararo integrastiya metodi ham amalga oshadi.
Maqol kishi esida qoluvchi, o`ylashga fikr mulohaza yuritishga undaydigan janrdir. Shuning uchun ham “Tabiatshunoslik” hamda ona tili darslarida undan foydalanish, uni bahs-munozaraga aylantirish, ma’nosini izohlatish kabilar foydadan holi emas.
Bunda sinf O`quvchilariga maqollar bo`lib beriladi. O`qituvchi darsning bu qismiga «Maqol – chaqilmagan yong`oq» deb sarlavha qo`yadi. O`quvchilarga o`ziga tushgan maqollarni ma’nosini aytib berishlari talab qilinadi. Berilgan maqollarning tarkibida albatta o`simliklarga oid atamalar mavjud bo`lib, avvalo o`sha atamaning ma’nosi izohlanadi, so`ngra maqol sharhlanadi. Masalan,
Tol eksang, tagini ho`l qil,
Uzum eksang, tagini cho`l qil.
Maqolni quyidagicha izohlash mumkin:
Ma’lumki tol suvga chanqoq o`simlik bo`lib, u suv bo`ylarida yaxshi rivojlanadi. Uzum daraxti esa har doim ham suv talab qilavermaydi. Uni ba’zi-ba’zida sug`orib turish maqsadga muvofiqdir. Ho`l-namlik, cho`l-quruqlik. Daraxtlarning asosiy farqlanadigan xususiyati ho`l va cho`l ekanligi bo`lib, ular antonimlik xususiyatiga egadir. Har ikki so`z bir tovush bilan (h - ch) farqlanadi.
Ma’lumki, atrofimizni o`rab olgan tabiat tirik va o`lik jismlardan iborat. Ona tili ta’limi jarayonida tovushlarni o`rganishda ham “Tabiatshunoslik” darsi bilan bog`lash mumkin. Ya’ni talaffuzda bir-biriga o`xshash so`zlarni farqlashda, ularga ma’nodoshlar, uyadoshlar, zid ma’noli so`zlarni topishni talab qiluvchi topshiriqlar berish samarali usullardan sanaladi.
Masalan, daraxt so`zining ma’nodoshlari: daraxt, nihol, ko`chat…uyadoshlari: terak, tol, archa, qayrag`och…
O`quvchilarga talaffuzimizdagi bir-biriga o`xshash so`zlarni farqlashda (“Tabiatshunoslik” faniga oid), ularga ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so`zlarni topishni talab qiluvchi topshiriqlar berib, ushbu topshiriqlarni bajartirsak, bu O`quvchilarning kamol topishida, fikrlash darajasining o`sishida, bilim olishga havasini uyg`otishda nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuni o`zlashtirish uchun savollar:
1.Integrastiya-tafakkurni rivojlantiruvchi omil bo`la oldimi? .
2. Boshlang`ich ta’limni integrastiyalashtirishga nima uchun zaruriyat yuzaga keldi?
3.Integrastiyalashgan darslarni tashkil etishning qanday metodikalari bor?
Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari
Integratsiyalashgan namunaviy dars ishlanmalarini tuzish texnologiyasi.
Dostları ilə paylaş: |