Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo‘nalishi 3 -bosqich talabasi Saidova Diyora Bahodir qiziga TAVSIYANOMA
2022 yildan Urganch davlat universiteti “Boshlang’ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishining 20/13-guruhida tahsil olib kelmoqda.
Saidova Diyora Bahodir qiziga talabalikka qabul qilingan dastlabki kunlaridan boshlab jamoat ishlariga ma’suliyat bilan yondashishi, zehnliligi, tirishqoqligi, ilmga chanqoqligi, tashabbuskorligi, na’munali xulqi hamda fakultetda faolligi bilan o‘zini namoyon qila oldi. Bugungi kunga qadar fakultet ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinib kelinayotgan loyihalar, tanlovlar va onlayn viktorinalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Saidova Diyora Bahodir qiziga faolligini nafaqat universitetimiz hayotida balki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilinib kelinayotgan mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga bag‘ishlab, o‘tkazilib kelinayotgan tanlovlarda ham munosib o‘ringa ega bo‘lib kelmoqda. Pedagogika fakulteti tomonidan 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Bayrog‘im-g‘ururim” nomli rasmlar tanlovida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Saidova Diyora Bahodir qiziga Universitetimizda va jamoat tashkilotlarning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan seminar va konferensiyalarda xam faol ishtirok etib, ilmiy salohiyatini universitetimizda yoki Respublikamizning nufuzli jurnallarida hamda xalqaro miqyosda chop etilayotgan ilmiy va ilmiy-ommabop to‘plamlardagi maqolalarida ishtirok etishida tinmay bilim egallamoqda. Bundan tashqari hozirgi talablarga muvofiq ingliz, rus tillarini yaxshi o‘zlashtirib olmoqda.
Saidova Diyora Bahodir qiziga Universitet, fakultet hayotida faol talabalardan ekanligi, qolaversa, hozirdanoq ilmiy ish ustidagi faoliyatini hisobga olib bugungi kunning iqtidorli talabalariga qo‘yilgan talablarga mos keladigan talaba sifatida o‘rin olishiga ishonamiz. Talaba xozirgi paytda Urganch shaxridagi ijara uylarida istiqomat qilayotganini inobatga olinishini bildirmoqchimiz.