Boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi



Yüklə 33,51 Kb.
səhifə4/8
tarix17.05.2023
ölçüsü33,51 Kb.
#115167
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5413334654839171619

Kurs ishining tuzilishi: Mazkur kurs ishi 2 bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar majmuasidan iborat.

I.BOB. TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA VOSITALARI.
1.1. Boshlang’ich sinflardagi tarbiyaviy ishlarning o’ziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy ish uslublari.
Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb muamolardan biri ekan, ayniqsa bu masalaga mustaqillik yillarida jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblangan tarbiyaga bo‘lgan e’tibor yurtimizda har qachongidan ham muhim dolzarblik kasb etmoqda. O‘quvchi o‘quv jarayonining davomi sifatida bevosita tarbiyaviy ishlarda ishtirok etadi. Uning darsda olgan bilimi, dunyoqarashi, qiziqishi, imkoniyatlari tarbiyaviy ishlarda namoyon bo‘ladi, mustahkamlanadi. Eng asosiysi o‘quvchi tarbiyaviy ishlarda qatnashish jarayonida o‘z-o‘zini anglaydi, ijodkorligi o‘sadi, olgan bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rganadi, shuningdek, ularda jamoatchilik, uyushqoqlik, hamdardlik kabi ko‘nikmalar shakllanadi.
O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol topib borishida, shubhasiz, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayoni muhimdir. O’quvchilarni axloqiy tarbiyalashda, ularning ongiga, shuuriga ta’sir ko’rsatishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar katta ahamiyatga molik, bu ishni muvaffaqiyatli hal qilishda, albatta, o’qituvchilardan chuqur bilim, izlanish, fidoyilik talab qilinadi. Eng avvalo o’qituvchilar, jumladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’tkazish metodikasini chuqur bilishlari juda muhimdir. Biz kurs ishini yoritib berish jarayonida bir qator sinfdan tashqari tadbirlarni amalga oshirdik, unda yangi usul maktabi tarafdorlarining darsliklaridagi axloqiy tarbiyaga doir matnlarni asos qilib oldik.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish juda muhim. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
ma’naviy va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish lozimligi alohida ta’kidlangan. Bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shubhasiz, xalqimizning bir necha asrlarga borib taqaluvchi urf-odat, an’ana va qadriyatlari hamda pedagogik merosidan, umumbashariyat tafakkur xazinasiga katta hissa qo’shgan ma’rifatparvarlarimizning axloqiy asarlaridan ijodiy foydalanish juda muhimdir. Zero, sinfdan tashqari vaqtda o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar keng tarbiyaviy imkoniyatga ega bo’lib, so’z bilan ish birligini, axloqiy tushunchalarning xulqiy ko’nikma, odat, malakalarga aylanishini ta’minlaydi. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol topib borishida, shubhasiz, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayoni muhimdir.
O’quvchilarni axloqiy tarbiyalashda, ularning ongiga, shuuriga ta’sir ko’rsatishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar katta ahamiyatga molik, bu ishni muvaffaqiyatli hal qilishda, albatta, o’qituvchilardan chuqur bilim, izlanish, fidoyilik talab qilinadi. Eng avvalo o’qituvchilar, jumladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’tkazish metodikasini chuqur bilishlari juda muhimdir. Biz kurs ishini yoritib berish jarayonida bir qator sinfdan tashqari tadbirlarni amalga oshirdik, unda yangi usul maktabi tarafdorlarining darsliklaridagi axloqiy tarbiyaga doir matnlarni asos qilib oldik. Boshlang’ich ta’lim amaliyotida sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni quyidagi shakl-usullarda o’tkazish maqsadga muvofiq: axloqiy mavzudagi suhbatlar kitoblar ko’rgazmasi, adabiy ertaliklar, kitobxonlik konferensiyalari, qiziqarli savol-javob o’yinlari (viktorinalar). Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bilimdon, odob-axloqli, o’z kasbining fidoyisi bo’lishi zarur. O’qituvchi sinfdan tashqari o’tkaziladigan axloqiy mavzudagi suhbatlarga alohida e’tibor berishi kerak. Zero, sinfdan tashqari o’tkaziladigan ishlar jarayoni muhim bo’lib, o’quvchilarni axloqiy tarbiyalashda yetakchi ahamiyatga ega. Bizning kuzatishlarimiz, ilmiy-tajriba ishlarimizning
ko’rsatishicha, boshlang’ich sinflarda axloqiy mavzudagi suhbatlar o’tkazishning ahvolini qoniqarli holda deb bo’lmaydi. Bunga asosiy sabablar:
a) aksariyat maktablarning boshlang’ich sinflarida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida yangi usul maktabi tarafdorlarining merosiga doir axloqiy mavzudagi suhbatlar deyarli o’tkazilmaydi;
b) juda kam maktablarda sinfdan tashqari ishlar jarayonida axloqiy
mavzudagi suhbatlar o’tkazib turilsada, bunda juda katta xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Xususan: ko’plab o’qituvchilar axloqiy mavzuda suhbatlar o’tkazish metodikasini bilmaydilar, shu sababli ko’zlangan maqsadga erisha olmayaptilar;
-axloqiy mavzudagi suhbatlar har oyda, ba’zan har ikki oyda bir marta
nomigagina, yoxud turli xil sabablar bahonasida o’tkaziladigan hollar ko’p
uchraydi;
-bunday suhbatlar ko’pincha quruq nasihatbozlikka aylanib ketmoqda va
o’quvchilar shuuriga deyarli ta’sir ko’rsata olmayapti;
-bunday suhbatlarda xalqimizning ma’naviy-axloqiy mavzudagi boy
pedagogik merosidan juda kam foydalanilayotir;
v) o’qituvchilar uchun axloqiy mavzuda suhbatlar o’tkazish bo’yicha
metodik qo’lanma va tavsiyanomalar deyarli yo’q, borlari ham juda eskirib o’z
ahamiyatini yo’qotib qolganligini ta’kidlash joiz.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar sinfdan va maktabdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalashda bir qator afzalliklarga ega. Kurs ishimiz maqsadining ko’rsatishicha, bular asosan quyidagilardaniborat: bunday suhbatlar orqali o’qituvchilar o’quvchilar qalbiga yo’l topa oladilar. O’qituvchilar bilan o’quvchilar o’rtasida o’zaro yaqinlik, keyinroq esa hattoki, sirdosh bo’lish hollari uchraydi; boshlang’ich sinf o’qituvchilari har bir o’quvchining individual xususiyatlari, fe’l-atvori, xohish-istak, mayllari, xulqi va odobini o’rganishlari, ba’zi hollarda esa xulqida paydo bo’ladigan salbiy holatlarni bartaraf qilishda axloqiy mavzudagi suhbatlar yetakchi rol o’ynaydi:
-o’qituvchilar uchun bunday suhbatlar o’quvchilarning axloqiy tarbiyasigata’sir o’tkazishning muhim shakli bo’lib, shubhasiz o’zining ijobiy natijasini beradi.
Kurs ishimiz maqsadi va vazifasining ko’rsatishicha, axloqiy mavzudagi suhbatlar asosan ikki xil ko’rinishda - yakka va guruh tartibida o’tkazilib, bunda boshlang’ich sinf o’qituvchisi quyidagilarga alohida e’tibor bermog’i lozim:
- har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan
axloqiy mavzudagi suhbat mavzularini o’quv yili boshidayoq tanlab olishi va
maktab pedagogik kengashi, sho’ba yig’ilishlarida muhokamadan o’tkazib,
boshlang’ich sinflar (ishlari) bo’yicha direktor o’rinbosari tasdig’idan o’tkazishi;
- sinfdan tashqari o’tkaziladigan axloqiy mavzudagi suhbatlar qat’i reja va
aniq maqsad asosida bo’lishi;
- bunday suhbatlar uchun alohida daftar tutilishi va o’tkaziladigan suhbatlar unga tushirib borilishi;
- axloqiy mavzudagi har bir suhbatda ko’rgazmali qurollardan foydalanilishi,
axloqiy tarbiyaga doir asarlardan namunalar keltirilishi;
- axloqiy mavzudagi suhbatlarni ko’proq noan’anaviy tarzda o’tish va bunda munozarali, qiziqarli va erkin bo’lishiga e’tibor berish;
- axloqiy mavzudagi suhbatlarning davom qilish vaqti aniq bo’lishi kerak.
Bizningcha boshlang’ich sinflarda yakka tartibda 12-15 minut, guruh tartibida 25-30 minut bo’lishi lozim.
- har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi suhbatdoshining yoshi, bilim darajasi,
xulq-atvori, odob-axloqi kabilarni alohida e’tiborga olishi;
- odatda axloqiy mavzudagi suhbatlar o’quvchilarning xohish-istaklarini
o’zida ifodalashi, ular uchun bu suhbatlar dolzarb ahamiyat kasb etishini tushuna bilishlari;
- har bir axloqiy suhbat avvalgi mavzuni davomi va to’ldiruvchisi bo’lishi, o’zaro aloqador bo’lishi, osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga qoidalarga alohida e’tibor berish kerak.
Boshlang’ich sinflarda o’tkaziladigan axloqiy mavzudagi suhbatlarning
shakllari turli xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:
- axloqiy mavzudagi kitoblar tavsiyasiga bag’ishlangan suhbatlar;
- o’quvchilarning ijobiy yoki salbiy xulq-atvori, xatti-harakatlariga
bag’ishlangan suhbatlar;
- turli xil tadbir va bayramlarga bag’ishlangan axloqiy mavzudagi suhbatlar;
- buyuk allomalar, qahramonlarning hayoti, faoliyati va fazilatlariga bag’ishlangan suhbatlar.
“Usul” tushunchasi har qanday maqsadga erishish, harakat qilish usuli sifatida belgilanadi. Demak, tarbiya usuli bu tarbiyalashning xatti-harakati demakdir. Tarbiyalashning usullari – bu o’qituvchi-tarbiyachi bilan birgalikdagi faoliyatda (aloqada) pedagogik muammolarni hal qilish uchun maktab o’quvchilarining ongi, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir qilishning o’ziga xos usullari.
Tаrbiya jаrаyonining mоhiyatini chuqur bilib, uni tаshkil etishdа tаshаbbus ko’rsаtish, ishbilаrmоnlik vа epchillik, bаrchа yangi vа ilg’оr nаrsаlаrni аmаldа sаmаrаli qo’llаy bilish ta‘lim muassasasi o’quvchisi shахsini rivоjlаntirish jаrаyonigа rаhbаrlik qilish tamoyillаridаn biridir.
Sаmаrаli rаhbаrlik uslubini ta‘lim muassasasi hаyoti vа fаоliyatigа tаtbiq etishning nаmunаsi bo’lgаn kоllеgiаl vа yakkа rаhbаrlikning birgа qo’shib оlib bоrilishi o’quvchilаr tаqdiri, ulаrning tаrbiyasigа pеdаgоglаr jаmоаsi jаvоbgаrligini vа dirеktоrning shахsiy jаvоbgаrligini tа‘minlаydi.
Rаhbаrlikning zаrur qonun-qoidalari rеjаlilik bo’lib, uning yordаmidа pеdаgоgik tа’sirlаr tizimi vа tаrbiyaviy ishdа izchillikkа erishilаdi. Rеjаlilik dirеktоrgа tаrbiyaning bаrchа mаsаlаlаrini аniq аmаlgа оshirish istiqbоllаrini nаmоyon qilаdi.
Mаzkur tа‘limоtgа аsоsаn ta‘lim muassasasidаn tаshqаri ishlаrni rеjаlаshtirish vа uning аmаlgа оshirilishigа rаhbаrlik hаmdа nаzоrаtni uyushtirib bоrish ta’lim muassasasi ichki bоshqаruv tizimidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi.
Guruhdаn vа ta‘lim muassasasidаn tаshqаri ishlаrning umumta‘lim muassasasi rеjаsini mа‘nаviy vа mа‘rifаt bo’yichа dirеktоr o’rinbоsаri rаhbаrligidа, guruh rаhbаrlаri, mеtоdik birlаshmаsi, tаjribаli o’qituvchilаr, ta‘lim muassasasi kutubхоnаsi, o’quvchi-yoshlаr tаshkilоti, o’quvchilаr uyushmаsi, оtа-оnаlаr qo’mitasi hаmdа to’gаrаk rаhbаrlаrining fаоl ishtirоkidа tuzish hаmdа uni ta‘lim muassasasining yig’ilishidа muhоkаmаdаn o’tkаzib, tаsdiqlаsh mаqsаdgа muvоfiqdir. Rеspublikаmizdаgi qаtоr ta‘lim muassasalаr ilg’оr dirеktоrlаrining ish tаjribаlаridа o’qituvchilаr vа guruh rаhbаrlаrining tаrbiyaviy ishigа pеdаgоgik rаhbаrlikning yaхshilаnishini tа‘minlаydigаn kоmplеks tizim tаrkib tоpmоqdа.
Dirеktоr o’qituvchilаr, guruh rаhbаrlаri, tаrbiyachilаr vа o’quvchilаrgа nisbаtаn tutgаn qonun-qoidalari yo’li vа fаоliyatidа birlik bo’lishigа erishаdi, ta‘lim muassasasining оilа, kаttаlаrning mеhnаt jаmоаlаri, jаmоаt, tаshkilоtchilаri bilаn uzviy hаmkоrlik qilishigа intilаdi.
Ta‘lim muassasasining tаrbiyaviy jаrаyonigа rаhbаrlik qilishdа dirеktоr bоshlаng’ich vа o’quv guruhlаri tаrbiyaviy ishidа izchillikkа riоya qilishgа аlоhidа e‘tibоr bеrаdi, bu bilаn tа‘lim jаrаyonidа hаm, shuningdеk, dаrsdаn tаshqаri vаqtdа hаm tаrbiyaning uzluksizlik vа prinsipini аmаlgа оshirаdi.


Yüklə 33,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin