O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti
Ellikqala PEDOGOGIKA fakulteti BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI 3-KURS TALABASI Azatbayeva Madinaning MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI fanidan KURS ishi
Mavzu: O’nlik sonlarni no’merlashni o’qitishning tayyorgarlik davri
Qabul qildi: _________________
Nukus- 2022 MUNDARIJA KIRISH ASOSIY QISM 1."O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri.
2. 1-sinfda matematika bilan shug'ullanishning asosiy o'quv-tarbiyaviy vazifalari
3. .Daftar bilan ishlash
4. Tayyorgarlik davri mashqlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYHATI
KIRISH Mustaqillik yillarida yurtimizda orttirgan taraqqiyot tajribasi tahlil qilinib, milliyistiqlol g’oyalari tamoyillariga asoslanib ijtimoiy hayotining muhim tarkibiy qismisifatida ta’lim - tarbiya jarayoni o’zgardi. Bu jarayon ta’lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini yaratib berishdan boshlandi. Boshlang’ich sinflarda ta’limva tarbiyani istiqlol g’oyalari asosida yuksak darajaga ko’tarish - ham davrimizningqat’iy talabi, ham jamiyatni ijtimoiy topshirig’idir. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida (1997 yil 29 avgust) “Ta’lim to’g’risida“gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu hujjat ta’limsohasida muhim burilish yasadi. Hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiyprinsiplari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning huquq vaburchlari aniq belgilab berildi. Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-odatlari, shuningdek,umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni mazmunini tubdano’zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatochib berishdan iboratdir. Muhtaram Birinchi Prezident Islom Karimov: “Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohatning chegarasi yo’q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotganyangi-yangi talablarga ko’ra muttasil ravishda o’zgarib-yangilanib boraveradi” debta’kidlab o’tganidek mustaqillik sharoitida mamlakat xalq ta’limini qayta qurishningyangi yo’li ta’limning yangi modeli yaratildi.