o’quv materialini, o’quvchilarning o’zlashtirish jarayoni va o’qitish
natijalarini hisobga olish;
5)
jihozlash va o’quv qurollaridan foydalanish;
6)
darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o’qitishning moddiy bazasi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiat hodisalarini o’zaro
bog’lanishda va rivojlanishda o’rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik o’qitish
metodikasi barcha tabiatshunoslikka oid bo’lgan materialni o’rganishning o’ziga
xosligiga muvofiq holda barcha maktab fanlari uchun umumiy hisoblangan
pedagogika qoidalariga asoslanadi.
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining maqsadi
boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bugungi kun talabalari asosida yangi pedagogik
texnologiyalarni qo’llab yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga
tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlar
berish.
2.
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanini
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish.
3.
Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik
texnologiya haqida bilim berish.
4.
Talabalarni o’quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil
qilishga o’rgatish.
5.
Talabalarni boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning turli
uslublari va yo’llari bilan tanishtirish.
6.
Talabalarda mazkur fandan o’qitishning turli tashkiliy shakllarini,
uslublarini, zarur ko’rgazmali qurollarni to’g’ri tanlash malakalarini hosil qilish.
7.
Tabiatshunoslik
muammolariga
bag’ishlangan
maqolalar,
adabiyotlarga taqriz, annotasiya yozishga o’rgatish.
8.
Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik
jihatdan to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish.
9.
Fanlararo aloqalar va ta’lim-tarbiya integrasiyasi asosida turli dars
tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash.
10. Maktab tabiatshunoslik darslarining ekologik va tabiatni muhofaza
qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish.
11. Talabalarni sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab turgan tabiat
bilan aloqalariga bag’ishlangan asarlari ularning dunyoqarashlari bilan
tanishtirish. Shuningdek, tabiatga bag’ishlangan aforizmlari, ruboyilari,
she’rlaridan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o’rgatish.
Bundan tashqari tabiatshunoslik o’qitishning umumpedagogik va xususiy
metodlari, darsni to’g’ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan
tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o’rganish kabi masalalar ham, ushbu
fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu
metodikani yaxshi bilishi jarayoni hisoblanadi.
Metodika o’qituvchi tomonidan o’quv materialni o’qitishning (rasional)
muvofiq ravishdagi metod va vositalarni o’quvchilarni tabiat haqidagi eng sodda
bilimlarni egallashini, hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi o’quvchilar uchun
reseptlar va nasihatlar majmuasi emas, balki u ilmiy fan, uning qoidalari
tabiatshunoslik o’qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: |