o’quv materialini, o’quvchilarning o’zlashtirish jarayoni va o’qitish natijalarini hisobga olish; 5) jihozlash va o’quv qurollaridan foydalanish; 6) darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o’qitishning moddiy bazasi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiat hodisalarini o’zaro bog’lanishda va rivojlanishda o’rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi barcha tabiatshunoslikka oid bo’lgan materialni o’rganishning o’ziga xosligiga muvofiq holda barcha maktab fanlari uchun umumiy hisoblangan pedagogika qoidalariga asoslanadi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bugungi kun talabalari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlar berish.
2. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanini ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya haqida bilim berish. 4. Talabalarni o’quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga o’rgatish. 5. Talabalarni boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning turli uslublari va yo’llari bilan tanishtirish. 6. Talabalarda mazkur fandan o’qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko’rgazmali qurollarni to’g’ri tanlash malakalarini hosil qilish. 7. Tabiatshunoslik muammolariga bag’ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotasiya yozishga o’rgatish. 8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish. 9. Fanlararo aloqalar va ta’lim-tarbiya integrasiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash. 10. Maktab tabiatshunoslik darslarining ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish. 11. Talabalarni sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag’ishlangan asarlari ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish. Shuningdek, tabiatga bag’ishlangan aforizmlari, ruboyilari, she’rlaridan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o’rgatish. Bundan tashqari tabiatshunoslik o’qitishning umumpedagogik va xususiy metodlari, darsni to’g’ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o’rganish kabi masalalar ham, ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu metodikani yaxshi bilishi jarayoni hisoblanadi. Metodika o’qituvchi tomonidan o’quv materialni o’qitishning (rasional) muvofiq ravishdagi metod va vositalarni o’quvchilarni tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashini, hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi o’quvchilar uchun
reseptlar va nasihatlar majmuasi emas, balki u ilmiy fan, uning qoidalari tabiatshunoslik o’qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga asoslangan.