O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik
ma’nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘llash hollari ham uchrab turadi.
Ularning qo‘llanilishidagi asosiy o‘rinlar quyidagilardan iborat:
1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma-
ket qo‘yiladi.
— Axir, ablah, — derdi Yunus, — birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani
ibo qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A. Qahhor)
2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita
yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. Ey, purviqor tog‘lar!
Nega jimsizlar,
nega!!! (A. Cho‘lpon)
3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa,
mazkur belgilardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi.
«Ertaga! — deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi — xo‘sh, ertaga nima
bo‘ladi?..» (N. Qilichev) Berkinboy tuyqusdan
tilla topganday quvonibsuyunib,
turgan joyida dik-dik sakray boshladi:
4. Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket
ishlatilishi mumkin.
«Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan
yozuvchi olmaga tushgan
qurtdan farq qilmaydi»,— deb yozgan edi A. Qahhor.— Topdi-mm!.. Topdi-im!..
(Sh. Bo‘taev).
MAVZU YUZASIDAN TEST SAVOLLARI.
1. So‘roq gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi?
A. Nuqta
B. Undov
C. So‘roq
D. So‘roq yoki nuqta
2. Buyruq gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi?
A. Ko‘p nuqta
B. Undov
C. So‘roq
D. Nuqta
3. His- hayajon gaplarning oxirida qanday tinish belgi qo‘yiladi?
A.Ikki
nuqta
B.Nuqta
C.Undov
D. Nuqta
yoki undov
4. Achchiq savol berib shirin javob kutma () Gapning oxirida qanday tinish belgi
qo‘yilishi kerak?
A.Undov
B. Nuqta
C.Undov va nuqta
D.Ko‘p nuqta
5. Bugungi ishni ertaga qo‘yma () Gapning oxirida qanday tinish belgisi qo‘yilishi
kerak?
A. Nuqta
B. Ikki nuqta
C.Nuqtali
vergul
D. Undov
6. Ma’rifat, yuksak didli bolalardan kelajakda yetishib chiqsa ne ajab () Gapninmg
oxirida qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?
A. Nuqta
B. Undov
C. Ko‘p nuqta
D. Nuqtali vergul
7. Kelishning ketishi bordir dunyoda() So‘zingni ezgu qil umring ziyoda()Qanday
tinish belgilari ishlatiladi?
A.Vergul, undov
B. Undov, vergul
C. Nuqta. nuqtali vergul
D. Vergul, nuqta
8. Kelishning ketishi bordir dunyoda, so‘zingni ezgiu qil , umring ziyoda! Misralar
muallifi kim?
A. Nosiruddin Rabg‘uziy
B. Lutfiy
C. Yusuf
Xos Hojib
D. Firdavsiy
9. Tinish belgilarini o‘rganadigan bo‘lim nima deb nomlanadi?
A. Leksikologiya
B.Morfologiya