Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə21/44
tarix15.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#155741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
AKT MA`RUZA MATNLARI.

3.Internet xizmati turlari.
Internet xizmati turlari – elektron sahifa, elektron pochta, telekonferentsiya, fayllarni uzatish, domen nomlari, Telnet, IRC, yoki Chat konferentsiya, ma`lumotlarni izlash xizmatlari tavsiflari keltiriladi.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dastur ta`minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma`lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki kontsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi komp'yuter tarmog’i.
IP manzil – Internet da komp'yuter tarmoqlari Internet manzili yoki IP manzilini belgilash bilan aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda va har bir biri 8 bitdan iborat to`rt qismdan tashkil topgan va har bir qismi 0 dan 255 gacha bo`lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nuqta bilan ajratiladi.
Internet resurslarini har xil ko’rinishdagi axborotlar tashkil etadi. Ulardan foydalanish Internetning har xil hizmatlari yordamida amalga oshiriladi.
Mavjud hizmatlarni bilish, konkret hizmatlarga murojaat qila bilish va qo’yilgan masalani yechish usullarini to’gri tanlash tarmoqda ishlash samarasini belgilaydi.
Internet hizmatlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin.
-Interaktiv hizmatlar;
-to’gri murojaat qilish hizmatlari;
- keyinchalik o’qishga mo’ljallangan hizmatlar.
World Wide Web (WWW, tarjimasi – Jahon o’rgimchak to’ri) Internetning eng yaxshi hizmatlaridan bo’lib, matn, grafik axborot, tovushli fragmentlardan tasgkil topgan hujjatlar bilan ishlash imkoniyatini yaratib beradi.
WWW foudalanuvchiga Internetning istalgan qismidagi serverdagi hujjatni topib o’qishni ta’minlovchi tizimdir.
WWWning muhim hossalaridan biri hujjatlarga gipermatn ishoratlari («Ссылка»лaри) kiritilishi mumkinligidadir.
Bu ishoratlarning afzalligi shundan iboratki, ular yordamida foydalanuvchi yangi hujjatni ekranga yuklash jarayonini juda oson yo’l bilan amalga oshiradi: ya’ni sichqoncha ko’rsatkichi gipermatndagi kerakli ishoratga keltirilib bosilishi kifoya.
Istalgan hijjat boshqa hujjatlarga ishoratlarni ma’lum ko’rinishda saqlashi mumkin.
Agar matnda boshqa hujjatlarga ishorat bo’lsa, bunday hujjat Gipermatn deyiladi.
Amalda WWW tizimida barcha hujjatlar gipermatn ko’rinishida bo’lib, ko’pchiligi grafik tasvir, tovush ma’lumotlari va videofragmentlarni o’z ichiga oladi.
nternet nima?
Internet – bu butun jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir, ya`ni yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog`idir.
Internet – minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi hisoblanadi.
4. Elektron pochtalar bilan ishlash .
WWW – World Wide Web – butun dunyo o`rgimchak to`ri hisoblanib, Internet resurslarini tashkil etish va undan foydalanishini ta`minlab beradi.
Internet va asosiy tushunchalar.
Internet va asosiy tushunchalari :
Internet – International network – xalqaro tarmoq ma`nosini anglatadi.
Web-sayt – biror bir sohaga, faoliyatga, voqea va hodisaga bag`ishlangan ma`lumotlarni o`zida jamlagan Internet sahifalar majmui.
Internet provayder – Internet tarmog`i xizmatlaridan foydalanishni ta`minlab beruvchi yuridik shaxs.
Elektron pochta – Internet tarmog`i orqali tezkor ma`lumotlar va xabarlar almashish tizimi.
Internet manzil (URL) – Internet tarmog`ida joylashgan axborot resurslarining murojaat manzillari.
Proxy – lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlarnibitta aloqa kanali orqali Internet xizmatidan foydalanishini tashkil etish xizmati.
Web-server – Web-sahifalarni joylashtirish, boshqarish va ulardan foydalanishni tashkil etish hamda foydalanuvchilar savollariga ishlov berish xizmati.
Internet bilan bog`lanish.
Internetga ulanish tartibi
Ulanish texnologiyasi bo`yicha abonentlar nisbati
Internetda ishlash texnologiyasi
Internet provayderlar
Internet operatorlari va provayderlari
Xalqaro Internet tezligi provayderlar kesimida
Internet xizmatlari
Internet provayderlar quyudagi xizmatlarni taqdim etadi:
WWW Internet resurslarini tashkil etish
E-mail Elektron pochta xizmati
Web hosting Shaxsiy saytlarni internetga joylashtirish
Internet conference Internet orqali video muloqot
Searching Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish
FTP Fayllarni almashish protokoli
IPTV Internet tarmog`i orqali raqamli televideniya
IP телефония Internet tarmog`i orqali telefon so`zlashuvlar
Web-brouzerlar va web-sahifalar
Web-brouzerlar – bu Internet resurslari va ma`lumotlaridan foydalanishni ta`inlovchi dasturlar bo`lib, ularning quyidagi turlari mavjud:
Internet Explorer, Firefox Mozilla, Netscape Navigator, Opera, Google Chrome, Safari
Web-sahifalar asosan o`zida ma`lumotlarni jamlovchi konteyner hisoblanib, ularning ikki turi mavjud:
Statik – O`zgarmas web-sahifalar
Dinamik – murojaatga nisbatan shakllantiriladigan web-sahifalar
Web-brouzerlar ko`rinishlari
Web-sahifalar va texnologiyalar
Statik web-saytlar
HTML, CSS, Java va VB skript
Dinamik web-saytlarHTML, CSS, PHP, MySQL, Java script, AJAX
HTML, CSS, ASP, SQL Server, Java script
Web-saytlar yartatish texnologiyalari
MS FrontPage, Dreamviewer, HomeSite, Adobe Flash
WAP texnologiyasi
WAP (wireless application protocol) – mobil telefonlar va qurilmalar orali Internet ma`lumotlarini uzatish protokoli.
WML (Wireless Markup Language) – simsiz qurilmalar uchun ma`lumotlarni joylashtirish tili.
WAP brauzer – WAP saytlarga mobil quilmalar orqali murojaat qilish dasturi.
Elektron pochta
Elektron pochta – bu internet tarmog`i orqali xabar almashish xizmati hisoblanib asosan ikkita komponent ishtirokida tashkil etiladi:
Elektron pochta serveri (SMTP, POP) – xabalarni jo`natishni va qabul qilishni ta`minlash
Elektron pochta kliyenti – xabarlarni yaratish, o`qish va javob qaytarish
Elektro pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa)
Xabarlarga qo`shimcha ma`lumotlarni ilova qilish
Xabarlarga rasm va multimedia ma`lumotlarini joylashtirish
Elektron pochta kliyenti
Elektron pochta manzili
Internet domen tizimi



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin